Tarmoq topologiyasi - bu grafik konfiguratsiyasi boʻlib, uning choʻqqilari tarmoqning soʻnggi tugunlariga (kompyuterlar va aloqa uskunalari (marshrutizatorlar)), qirralari esa choʻqqilar orasidagi fizik yoki axborot aloqalariga mos keladi. Tarmoq topologiyasi, shuningdek, kompyuter tarmogʻining turli elementlarini (bogʻlanishlar, tugunlar va boshqalar) joylashtirishdir. Asosan, tarmoqning topologik tuzilishi fizik yoki mantiqiy jihatdan tavsiflanishi mumkin.
Tarmoq topologiyasining quyidagi koʻrinishlari mavjud.
Fizik - tarmoq tugunlari orasidagi haqiqiy joylashuv va ulanishlarni tavsiflaydi.
Mantiqiy - signalning fizik topologiya doirasidagi harakatini tavsiflaydi.
Axboriy - tarmoq orqali uzatiladigan axborot oqimlarining yoʻnalishini tavsiflaydi.
Almashinuv boshqaruvi - tarmoqdan foydalanish huquqini oʻtkazish prinsipi.
Bunda har bir kompyuter boshqa barcha kompyuterlarga bevosita ulangan taqmoqqa biriktiriladi. Biroq, bu variant noqulay va samarasizdir. Chunki tarmoqdagi har bir kompyuter boshqa barcha kompyuterlar bilan aloqa qilishi uchun yetarli boʻlgan koʻp sonli aloqa portlariga ega boʻlishi talab etiladi.
Shina (bus) topologiyasi
Ushbu turdagi topologiyada barcha ish stansiyalari(avtobus yoki magistral deb ataladi) umumiy bir kabelga parallel ulanadi. Signalning aks etishini oldini olish maqsadida kabelning uchlariga terminatorlar joylashtiriladi.
Shina topologiyasi tarmoqlarining afzalliklari:
Kabel iste’moli sezilarli darajada kamayadi;
Tugunlardan birining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatmaydi;
Tarmoqni sozlash oson;
Tarmoq alohida tugunlarning ishdan chiqishiga chidamli.
Shina topologiyasi tarmoqlarining kamchiliklari:
Kabelning uzilishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatishi mumkin;
Kabel ulagichlari bilan bogʻliq muammolar tufayli tarmoqning ishonchliligi yetarli darajada emas;
Barcha abonentlar oʻrtasida boʻlinishi tufayli kanal past tempda ishlashi mumkin
Hozirgi kunda dunyo miqyosida 800 dan ortiq standartlashtirish tashkilotlari bo’lib, ular global tarmoqlarni loyihalash, qurish, yangi standartlarni ishlab chiqish, tadbiq etish, muammolarni o’rganish, yechimlar va tavsiya ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Umuman olganda standartlar, tavsiyanomalar, tartibga soluvchi yo’riqnomani ishlab chiqish doimiy yangilanib boradigan jarayon hisoblanadi. Misol uchun, yangi protokol, yangi avlod mobil texnologiyasi (3G, 4G, 5G) ishlab chiqilishi, ma’lumot uzatish tezligini oshirilishi, axborot xavfsizligini takomillashtirilishi, yangi WiFi texnologiyasini ishlab chiqilishi yoki telekommunikatsiyada lokal, shahar yoki global tarmoq uchun ishlab chiqilgan har qanday fizik yoki dasturiy maxsulot o’zining standartiga ega bo’ladi.
Shuningdek, standartlashtirish tashkilotlari yoki qo’mitalari xalqaro, hududiy va milliy ko’rinishlarda bo’ladi. Standartlashtirish tashkilotlotlari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Dunyo miqyosida yirik standartlashtirish tashkilotlariga quyidagilar kiradi:
ISO – International Organization for Standardization