O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi


ISO – International Organization



Yüklə 371,73 Kb.
səhifə5/5
tarix16.09.2023
ölçüsü371,73 Kb.
#144382
1   2   3   4   5
Durdona kurs ishi

ISO – International Organization for Standardization. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Organization for Standardization – ISO). ISO – turli xil milliy standartlar tashkilotlari vakillaridan tashkil topgan xalqaro standartlarni belgilovchi tashkilotdir va u mahsulotlar, xizmatlar va tizimlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini ta'minlash uchun standartlarni ishlab chiqadigan mustaqil, nodavlat xalqaro tashkilot hisoblanadi. ISO 1947 yil tashkil topgan bo’lib, uning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Ushbu tashkiloti 165ta standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarni o’z ichiga oladi va jami 164ta a’zosi bor. Tashkilotning a'zolari o’zaro bilimlarni almashish va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlaydigan va global muammolarga echimlarni taklif qiladigan ixtiyoriy, konsensusga asoslangan bozorga mos xalqaro standartlarni ishlab chiqish uchun mutaxassislarni birlashtiradi.

ITU – The International Telecommunication Union. Xalqaro elektr aloqa ittifoqi 1865 yil 1 mayda tashkil etilgan eng dastlabgi standartlashtirish tashkiloti bo’lib, o’sha paytlarda telegraf qurilmasi uchun birinchi standartni ishlab chiqqan va xalqaro telegraf tarmog’i tashkil etilgan. 1947 yil 15 noyabrdan boshlab ITU birlashgan millatlar tashkiloti kiritilgan va ixtisoslashtirilgan tashkilot maqomini olgan. Ushbu tashkilotning bosh ofisi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo’lib, ITUning 193ta mamlakatdan va 900 ga yaqin biznes, ilmiy muassasalar va xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar uning a’zoligiga kiradi. ITU uchta asosiy sektordan tashkilot topadi: Radio aloqa (ITU-R), Standartlashtirish (ITU-T) va taraqqiot (ITU-D).


5.XULOSA
Men bu mustaqil ishdan tarmoqni standartlashtirish va tarmoq arxitekturasi haqida ma`lumotga ega bo`ldim. Demak, tarmoqni standartlashtirish bu butun apparat davomida ham, dasturiy ta'minotni ham doimiy ravishda ushlab turishni anglatar ekan. Ushbu strategiya kompyuterlar, noutbuklar va mobil qurilmalarning bir xil modellaridan hamda har qanday turdagi mashinalar uchun bir xil operatsion tizimlardan foydalanishni anglatar ekan. Tarmoq arxitekturasi esa bu kompyuter tarmog'ining dizayni. Bu tarmoqning fizik tarkibiy qismlari va ularning funktsional tashkil etilishi va konfiguratsiyasi, uning ishlash printsiplari va protseduralari, shuningdek foydalaniladigan aloqa protokollari uchun asosdir degan tushunchalarni oldim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. “Kompyuter tarmoqlari va ulardan foydalanish qoidalari” Kamolov N


2. “Tarmoqlar va ularning xavfsizligi” jurnali.

3. Abduqodirov A.A., Hayitov A.G., SHodiev R.R. Axborot texnologiyalari T. «O`qituvchi». 2002.

4. www.ziyonet.uz



5.www.kitob.uz

6. fayllar.org


Yüklə 371,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin