O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan mustaqil ishi mavzu: tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorliklar bajardi


Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro hamkorlikining asosiy yo'nalishlari



Yüklə 56,49 Kb.
səhifə3/9
tarix23.11.2022
ölçüsü56,49 Kb.
#70144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ekologiya

Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro hamkorlikining asosiy yo'nalishlari


Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha xalqaro hamkorlikining asosiy yo'nalishlari O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi bilan aniqlanadi. Tashqi siyosat strategiyasining asosiga mamlakatning milliydavlat mafaatlari, xalqaro huquq ma’yorlari, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik, barcha baxsli masalalarni tinch yo'l bilan hal etishdek ustivor umumqabul qilingan tamoyillar mustahkamlangan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi halqaro faoliyatni yuritish va muvofiqlashtirish uchun O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi qoshida Xalqaro aloqalar va dasturlar bo'limi tashkil etilgan.
Xalqaro aloqalar va dasturlar bo'limi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi bo'linmalari tomonidan xalqaro, davlatlar va hukumatlararo konvensiyalar, kelishuvlar va tegishli dasturlarning bajarilishi, rioya etilishi bo'yicha muvofiqlashtirish hamda nazoratni amalga oshiradi, shuningdek,
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro, davlatlar va hukumatlararo konvensiyalar, kelishuvlarga muvofiq davlat organi va tashkilotlar, xalqaro, davlatlararo hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Respublika konvensiyalar doirasidagi o'z majburiyatlarini atrof tabiiy muhit holatini yaxshilash hamda barqarorlashtirishga yo'naltirilgan milliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirish yo'li bilan bajaradi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ikkitomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan qator ikkitomonlama hamda ko'ptomonlama kelishuvlar imzolandi, ularning orasida:

  • O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Ozarbayjon Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi Kelishuv (2008 y.);

  • O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog'iston Respublikasi Hukumati o'rtasida sayg'oqlarni muhofaza qilish, ko'paytirish va barqaror rivojlantirish bo'yicha Kelishuv (2010 y.);

  • O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Koreya Respublikasi Atrof-muhit vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi o'zaro anglashuv Memarandumi (2010 y.);

  • O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va ekologiya vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi Kelishuv (2013 y.);

  • O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Latviya Respublikasi Atrof-muhitni muhofza qilish va mintaqaviy hamkorlik vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi Kelishuv (masala ko'rib chiqilmoqda);

  • O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Gruziya Atrof-muhit vazirligi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risidagi Kelishuv (masala ko'rib chiqilmoqda);

  • O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Xalq universitetlari Nemis Assotsiatsiyasi (IIZ/DVV) vakolatxonasi o'rtasidagi o'zaro anglashuv Memarandumi (masala ko'rib chiqilmoqda);

  • O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Germaniya Federativ Respublikasi, Mixael Zukkova jamg'armasi o'rtasidagi o'zaro anglashuv Memarandumi (masala ko'rib chiqilmoqda) eng so'nggilari hisoblanadi.

O'zbekiston Orolni qutqarish Xalqaro jamg'armasi (OQXJ), Barqaror rivojlanish bo'yicha Markaziy Osiyo Davlatlararo komissiyasi (BRDK), Davlatlararo muvofiqlashtirish suv xo'jligi komissiyasi, Markaziy Osiyo
Mintaqaviy ekologik markazining ta’sischisi hisoblanadi.
O'zbekiston xalqaro miqyosda 1992 yil Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) a’zosiga aylandi va uning qator dasturlari hamda maxsus muassasalari bilan hamkorlikni boshladi: BMT Atrof-muhit bo'yicha dasturi (YUNEP), BMT Taraqqiyot dasturi (TD), BMT Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO), Butunjahon meteorologiya tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO), BMT Sanoat rivoji bo'yicha tashkiloti (YUNIDO), shuningdek, uning ikkita mintaqaviy komissiyasi: BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasi va Osiyo hamda Tinch okeani uchun iqtisodiy-ijtimoiy komissiyasi shular jumlasidandir.
O'zbekiston barqaror rivojlanish sohasida, shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT), Yevropa ittifoqi (YEI), Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Qurg'oqchil hududlar uchun qishloq xo'jaligi tadqiqotlari Xalqaro markazi, Xalqaro hamkorlik bo'yicha Koreya agentligi (KOICA), Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yaponiya agentligi(JISA) va boshqalar bilan samarali hamkorlikni amalga oshiradi.
O'zbekiston barqaror rivojlanish bo'yicha ko'p sonli xalqaro shartnomalar, chora-tadbirlar rejalari va anjumanlarning ishtirokchisi hisoblanadi, xususan, Atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha Deklaratsiya, XXI asrga kun tartibi, Mingyillik rivojlanish maqsadlari to'g'risida BMT Deklaratsiyasi, Bali harakatlar rejasi va boshqalar.

Yüklə 56,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin