O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan mustaqil ishi mavzu: tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorliklar bajardi


Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik



Yüklə 56,49 Kb.
səhifə5/9
tarix23.11.2022
ölçüsü56,49 Kb.
#70144
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ekologiya

Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik.
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor va eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasiining birinchi Prezidenti I.A.Karimov nafaqat mamlakatda, balki mintaqadagi ekologik barqarorlikni, uning xavfsizligini ta’minlashning tashabbuskori sifatida ekologik xavfsizlik muammolari allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanganligi to‘g‘risida bir necha bor, shu jumladan BMT Bosh Assambleyasi majlislarida, boshqa nufuzli xalqaro va davlatlararo tashkilotlarning sammitlarida jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirib, ularni hamkorlikda faoliyat olib borish bo‘yicha aniq takliflar bildirgan edi.
Hususan qayd etilganidek: “Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublikada qonunchilik faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy qoidalaridan biri. Bu hol faqat qonunlarimiz doimo umum qabul qilingan xalqaro normalar va qoidalarga muvofiqlashtirib kelinayotganligi va yaqinlashtirilayotganligi bilangina emas, balki mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlaydigan hamma majburiyatlarni o‘z zimmasiga olayotganligi bilan ham ro‘yobga chiqarilmoqda”.
Mamlakatimizda ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida mavjud xalqaro konvensiyalar va bitimlarga qo‘shilish, bu sohadagi milliy qonunchilik bazani xalqaro ekologiya huquqi talablariga moslashtirish, xalqaro huquqning samarali va ta’sirchan normalarini
O‘zbekiston qonunchiligiga implementatsiya qilishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro shartnomalar bazasini kengaytirish va rivojlantirish borasida bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohadagi 11 xalqaro konvensiya va ular doirasidagi 7 ta ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarga qo‘shildi.
Hususan, “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi konvensiya, “Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq joylari to‘g‘risida”gi konvensiya, “Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risida”gi konvensiya, “YOvvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiya va uning doirasidagi yovvoyi hayvonlarning alohida turlari bo‘yicha 5 ta ko‘p tomonlama xalqaro kelishuv va memorandumlar, “Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiya” va uning Kioto protokoli, “Ozon qatlamini himoya qilish to‘g‘risida”gi konvensiya va uning Monrealь protokoli, “Transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish hamda foydalanish bo‘yicha” konvensiya, “Xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish huquqi to‘g‘risida”gi konvensiya, “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va yo‘q qilishni nazorat qilish to‘g‘risida”gi konvensiya, “CHo‘llanishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi konvensiya va “Butunjahon madaniy va tabiiy me’rosni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi konvensiya kabilar.
O‘tgan davrda mazkur xalqaro shartnomalarga rioya etish va belgilangan majburiyatlarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha respublikada tegishli huquqiy, institutsional va tashkiliy sharoitlar yaratildi.
Hozirgi paytga kelib mamlakatda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurlardan oqiona foydalanishga qaratilgan, jahon andozalariga to‘la mos keladigan mustahkam milliy huquqiy baza shakllantirilib, uni 30 ga yaqin qonunlar va 100 ortiq qonunosti hujjatlari tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro shartnomalarning amaliy jixatdan bajarilishini tashkil qilishning samarali mexanizmi bo‘lib milliy strategiya va davlat dasturlari hisoblanadi.
Faqatgina so‘ngi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari bilan bir qancha davlat dasturlari qabul qilingan. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi PQ-1958-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“2013 - 2017 yillar davrida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish choratadbirlari dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 31 oktyabrdagi 292-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi dasturi”, 2013 yil 27 maydagi 142-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017 yillarda
O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha harakatlar dasturi”, 2015 yil 29 avgustda 255-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Orolbo‘yi hududlarni tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan Kompleks dasturi” va boshqalar.
Mazkur dasturlar atrof-muhit holatining kafolatlangan sifatli darajasiga erishish borasidagi chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatdan foydalanish boshqaruvini takomillashtirish va samarali iqtisodiy usullarini tatbiq qilish, atrof-muhit ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik ilm-fanni olg‘a surishga va barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta’limni joriy qilishga, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilishga, shuningdek ekologik madaniyatni oshirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadlariga qaratildi.
Xalqaro konvensiyalarning ijrosini ta’minlashda xalqaro texnik ko‘maklashuv mexanizmlari mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 15 noyabrdagi “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ulardan amaliyotda keng foydalanib kelinmoqda.
Xalqaro loyihalarga oid faoliyatni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni (grantlar) jalb qilish borasida faqatgina Global ekologik jamg‘arma tomonidan bugungi kunga qadar jami 21 ta milliy va 20 ta mintaqaviy loyixalar ma’qullangan. Masalan, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan “Ustyurt platosida O‘zbekistonning neftь va gaz tarmog‘iga bioxilma-xillikni saqlab qolish tamoyillarini integrallashtirish”, “Qo‘riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash”, “Ijtimoiy binolarda energiya samaradorligini tadbiq qilish”, “Erlarni barqaror boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari tashabusi”, “Iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan mamlakatlar mintaqasida ozonni buzuvchi gidroxlorftor-uglerodlarni dastlab jadal tarzda qisqartirilishini bajarish” shular jumlasidan.
Bu o‘rinda, 2015 yilda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan bir qator xalqaro hamda milliy miqyosdagi loyihalar amalga oshirilib, biologik xilma-xillikni saqlash, ozon qatlamini muhofaza qilish, atrof tabiiy muhitni monitoring qilishni rivojlantirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini tatbiq etish, sobiq uran konlarini rekulьtivatsiya qilishdek masalalar qamrab olindi.
Shu bilan birga 2016 yilda ikkitomonlama aloqalar va xalqaro huquqiy shartnomalarni kengaytirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borildi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Avstriya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, atrof muhitni muhofaza qilish va suv resurslarini boshqarish federal vazirligi o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida Kelishuv, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda «Eco World Styria» klasteri o‘rtasida ekologik texnologiyalar sohasida o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Bundan tashqari, hozirgi paytda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning BMT Evropa iqtisodiy komissiyasining “Havoning katta masofalarga transchegaraviy ifloslanishi to‘g‘risida”gi konvensiyaga hamda uning “Yevropada havo ifloslantiruvchilarining katta masofalarga tarqalishi monitoringi va baholashning birgalikdagi dasturini uzoq muddatli moliyalash to‘g‘risidagi Protokol”iga qo‘shilishining maqsadga muvofiqligi o‘rganib chiqilmoqda.


Yüklə 56,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin