Yuklamalar va dam olishni tizimli uyg’unlashtirish tamoyili
Jismoniy tarbiya jarayonida yuklamalar va dam olishni tizimli uyg’unlashtirish juda muhim qoida bo’lib, mashg’ulotlarning umumiy samarasi oxir-oqibat unga bog’liq bo’ladi. Mashg’ulotlar orasida turli xil dam olish variantlarini (to’liq, qattiq va supertiklanish), shuningdek, yuklamalarning kattaliklari hamda yo’nalishlarini boshqara turib, mashg’ulotlarni yetarlicha tez-tez, nisbatan katta shiddat bilan o’tkazgan holda maksimal samaraga erishish mumkin. Buning ustiga, tezkor ish qobiliyati har xil tomonlarining tiklanishi geteroxron tarzda (har xil vaqtda) sodir bo’lishini e'tiborga olib, haftalik sikl yoki bir kunlik mashg’ulotlar tizimini shunday tuzish kerakki, unda hech qanday salbiy oqibatlar bo’lmasligi hamda ijobiy samaraga erishilishi zarur.
Organizm har xil tizimlarining yuqori darajada ishlashini saqlab turishi uchun qat'iy belgilangan muddatli dam olish tanaffuslaridan so’ng yuklamalarni takroran bajarish kerak.
Yuklamalar orasida dam olish oralig’i uzoq vaqtni tashkil qilganda, qayta moslashish sodir bo’ladi – organizm avvalgi darajasiga qaytishi mumkin. Dam olish oraliqlari qisqa bo’lganda, organizmning ish qobiliyati tiklanib ulgurmaydi.
To’liq tiklanmaslik sharoitida yuklamalarni muntazam takrorlab borish zahiraning kamayib ketishi natijasida organizm ish qobiliyatining pasayishiga
olib keladi. Avval bu fiziologik doirada sodir bo’ladi va o’ta mashqlanganlikka va chuqur patologik holatlarga olib kelishi mumkin. Supertiklanish (superqoplanish) fazasi paydo bo’lishi uchun talab qilinadigan vaqt oralig’i optimal hisoblanadi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda hamma hollarda faqat optimal dam olish tanaffuslaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Qator vaziyatlarga qarab, ma'lum bir paytlarda ham to’liq, ham qisqartirilgan “qattiq” tanaffuslar foydali bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, jismoniy tarbiyada aniq tizimni va “iz qoldirish” qoidasini e'tiborga olgan holda ta'sirlar ketma-ketligini tuzish yuklama va dam olishni tizimli uyg’unlashtirish tamoyilini amalga oshirish uchun xosdir. Tamoyilni amalga oshirishning quyidagi metodik yo’llari shu bilan tushuntiriladi: