Quyonlar polizga tushdi
O’yin tasviri. Ikkita doira chiziladi. Bunda doiralardan biri ikkinchisining ichiga chizilgan
bo’ladi. Tashqi doiraning diametric 7-9 m, ichki doiraniki esa 3-4 m bo’ladi. Bitta onaboshidan
boshqa o’yinchilar qiyon bo’lib, katta doiradan tashqarida turadilar. Onaboshi (qorovul) ingichka
rezinaga bog’langan qog’oz koptokchani ushlab kichik doiraning o’rtasida turadi. Kichik doira poliz
bo’ladi. Quyonlar ikki oyoqlab sakrab, goh polizga tushadilar, goh katta doira chizig’ining narigi
tomoniga o’tadilar.
Qorovul poliz ichida va katta doira chizig’I bilan chegaralangan butun maydonda yugurib
yuradi. U har gal o’ziga qaytib keladigan rezinali koptok bilan quyonlarni “otish”ga harakat qiladi.
Quyonlar har tarafga sakrab-sakrab chap berib qochadilar va tez-tez polizga tushishga intiladilar.
Qorovul koptogi tekkan quyon otilgan hisoblanadi. Otilgan quyon katta doiradan chiqishi va “o’q
tekkan” joyini 5-6 marta shoshmasdan silashi kerak. Quyonni otgan qorovul boshqa o’yinchilar
qatoriga kiradi va ular bilan birga o’yinda qatnashadi.
Rahbar polizga ko’proq tushib, qorovulning “o’qiga” kamroq duchor bo’lgan yoki sira
ham “o’q” yemagan quyonlarni aniqlaydi. Bunday bolalar eng chaqqon o’yinchilar bo’lib
hisoblanadilar.
O’yin qoidalari. 1. Quyon bo’lib qatnashayotgan o’yinchilarga bir oyoqda yugurish va
sakrash man etiladi. 2. Onaboshi (qorovul) o’yinchilarga poliz va katta doira maydoni ichidagina
koptok tegiza oladi.
O’yinning o’ziga xos harakatlari. Turgan joydan oldinga, orqaga sakrashlar, chap berib
qilinadigan harakatlar.
Dostları ilə paylaş: |