51
O’yin tasviri. Onaboshi qilib tayinlangan o’ynovchidan boshqa hamma o’yinchilar katta
davra hosil qiladilar va oldindan chizib qo’yilgan kichik doirachalarga turadilar. Rahbar
o’ynovchilarni beshtadan qilib ajratadi va ularga nomerlar berib har kim o’z nomerini unutmasligini
uqtiradi.
Onaboshi o’yinchilar saflangan katta doira o’rtasiga borib turadi. Shundan keyin rahbar
istagan tertibida birdan beshgacha bo’lgan nomerlarni chaqiradi. Nomerlari aytilgan o’yinchilar bir-
birlari bilan joylarini almashtirishga majburdirlar. Onaboshi bo’sh qolgan o’rinni egallashga
intiladi. Agar u bunga muvaffaq bo’lsa, doirachadan chiqib ketgan o’yinchining nomerini oladi.
Joysiz qolgan o’yinchi esa onaboshi bo’ladi. O’yin maydonida bir marta ham onabosh bo’lmagan
yoki boshqa qatnashchilarga qaraganda kamroq onaboshi bo’lgan o’yinchilar yutib chiqadi. O’yin
natijalarini hisoblab chiqishda birinchi onaboshining roli hisobga olinmaydi.
O’yin qoidalari. 1. Joy almashinish vaqtida doirachaga boshqa o’yinchidan oldin oyoq
qo’ygan (hatto bitta oyog’ini qo’ygan bo’lsa ham) o’yinchi doirachani egallagan hisoblanadi. 2.
Egallangan doirachadan o’yinchini itarib chiqarish, o’yinchilarni bir doirachadan ikkinchi
doirachaga yugurib o’tish paytida ushlab qolish taqiqlanadi.
Eslatma. Birdaniga ikkitadan nomerni chaqirish, o’yin oxirida esa joylarni almashtirish
uchun o’yinchilarning hammasini yoki yarmini “Juft nomerliklar!”, “Toq nomerliklar!” deb
chaqirish mumkin.
O’yinchilar turadigan doirachalar boshqa bironta belgilar bilan almashtirilishi ham
mumkin.
O’yinning o’ziga xos harakatlari. Tez va qisqa-qisqa yugurishlar.
Dostları ilə paylaş: