O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti «Sport menejmenti va iqtisodiyot» kafedrasi iqtisod fanlar doktori, professori M. Boltaboyev, iqtisod fanlar doktori, professori I. Axmedov, I f



Yüklə 16,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü16,5 Kb.
#166644

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti «Sport menejmenti va iqtisodiyot» kafedrasi iqtisod fanlar doktori, professori M. Boltaboyev, iqtisod fanlar doktori, professori I.Axmedov, i.f.n., dosent J.Narziev, i.f.n., dosent K.Ziyadullayev, i.f.n., dosent У.Тurdibekov tomonidan «Raqamli iqtisodiyot» fanidan magistratura talabalarining mustaqil ta’limini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan uslubiy qo‘llanmaga


T A Q R I Z
Rivojlanishning barcha jabhalarida tobora kuchayib borayotgan global raqobat sharoitida bugungi kunda dunyodagi har bir mamlakat inson kapitali sifatini yaxshilash zarurati bilan duch kelmoqda, bu esa millat sog‘lig‘ini saqlashga aqliy, jismoniy, ma’naviy, intellektual yondoshuvlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni va aholining jismoniy sog‘lig‘ini mustahkamlashga doimiy e’tiborni talab qiladi.
Jamiyat oldida turgan o‘rta va uzoq muddatli strategik vazifalarni samarali bajarish barcha kuch va mablag‘larni birlashtirishni, ularni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun yo‘naltirishni, inson hayoti davomida uzluksiz jismoniy tarbiya va ommaviy sportning afzalliklarini va davlatning ishtirokini ta’minlashni talab qiladi.
Jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkillashtirishni boshqarish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish taqozo etiluvchi dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
Yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir.
Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir.
Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi. “Raqamli texnologiyalar” tomon burilishga butun jahon internet tarmog‘i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo‘ldi.
 Bu xizmat bo'lib, unda targ'ib qilinadigan element jismoniy mahsulot yoki brend nomi bo'lishi mumkin. Ushbu fanning maqsadi bo‘lib talabalar tomonidan raqamli iqtisodiyot zamonaviy sport bozorini boshqarishning asosiy tushunchalari va ahamiyatli masalalarini o‘rganish va o‘zlashtirish, ushbu sohadagi asosiy ko‘nikmalarni egallash, sport bozori boshqaruv muammolarini tahlil qilish va hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, boshqaruv jarayonlarining mohiyatini tushunishga yordam beradigan kasbiy fikrlashni shakllantirish hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Mazkur uslubiy qo‘llanma magistratura 70412501-Marketing (sport marketingi), 60411200 sport menejment mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning mutataxassis sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti «Sport menejmenti va iqtisodiyot» kafedrasi iqtisod fanlar doktori, professori M. Boltaboyev, iqtisod fanlar doktori, professori I.Axmedov, i.f.n., dosent J.Narziev, i.f.n., dosent K.Ziyadullayev, i.f.n., dosent У.Тurdibekov tomonidan fanidan bakalavryat talabalarining mustaqil ta’limini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan uslubiy qo‘llanma qo‘yilgan talablarga javob beradi va universitet o‘quv – uslybiy Kengashida muhokama qilish va tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.


O‘zDJTSU “Sport tadbirlarini tashkil etish”
kafedrasi professori, p.f.n. K.Yarashev
Yüklə 16,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin