Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport


FAN DASTURI O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə2/60
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#206427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
brend UMK (2)

FAN DASTURI


  1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Kuchli ijtimoiy siyosat respublikamizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning eng muxim tamoyillaridan biridir. Ijtimoiy siyosat orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari roʻyobga chiqishini ta’minlashga, oilalarning, xar bir insonnining farovonligini oshirishga oid tadbirlarni keng miqiyosda amalga oshirish mumkin. Ushbu masalalarni amalga oshirishda “Sportda brendni boshqarish va reklama faoliyati” fanida oʻrganiladigan mavzular, nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Brend – bu tom ma’nodagi savdo belgisi emas, balki mahsulot sifatining timsoli, obrazidir. Brendni shakllantirish jarayoni esa brending deb yuritiladi. Brendni boshqarishda iste’molchi u yoki bu mahsulotga qanday munosabatda ekanini aniq baholash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan “Sportda brendni boshqarish va reklama faoliyati” fani ishlab chiqaruvchi va iste’molchi oʻrtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan oʻzgarishlarga tezda moslashish, brend siyosati, brending va rebrending masalalari, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, reklama siyosati, uning turlari, reklamaning tamoyillari, reklama maqsadlarini aniqlash, reklama uchun xarajatlar,reklama dasturini boshqarish va dasturini ishlab chiqish, reklama byudjetini aniqlash, reklama samaradorligini aniqlash usullari, reklama strategiyasini oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda “Sportda brendni boshqarish va reklama faoliyati” fanida oʻrganiladigan mavzular muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fan umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib 3 va 4 kurslarda oʻqitilishi maqsadga muvofiq.
Fan boʻyicha talabalarning tasavvur, bilim, koʻnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʻyiladi. Talaba:
- “Sportda brendni boshqarish va reklama faoliyati” fanida brendni boshqarish usullarini, brend va reklama siyosatini amalga oshirish yoʻllarini oʻrgatish,
- brend kapitali, milliy brendlarni halqaro va global brendlarga aylantirish strategiyalarini ishlab chiqish boʻyicha hamda ularni amalda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilish,
- yoʻnalishiga mos bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir haqida tasavvurga ega boʻlishi;
– brend, reklama, brend siyosati va reklama siyosatini amalga oshirish brendni boshqarish;
- brend tovarlarni yaratish va ularni bozordagi oʻrnini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish;
- iste’molchilar hulq-atvorini oʻrgatishda amaliy koʻnikmalarni hosil qilishdir

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin