O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə1/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

«Himoyaga tavsiya etaman»


Tarmoq markazi direktori:
__________ S. Madiyev
“____” _____________ 2022 yil

Ijtimoiy-madaniy faoliyat” yo’nalishining


NASIRDINOV MURODJON TOYSHIBOEVICH
MILLIY URF-ODAT VA MAROSIMLARNI TA'LIM TIZIMIDA O‘RGANISH MASALALARI
mavzusidagi
BITIRUV ISHI

Ilmiy rahbar: ____________
O’zDSMI professori O’. Toshmatov
Toshkent-2022


MUNDARIJA
Kirish ……......……………………………………………………………………


I. BOB. MILLIY URF-ODAT VA MAROSIMLARNING ILMIY -NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Nomoddiy-madaniy meros sifatida milliy urf-odat va marosimlarning ilmiy –nazariy, huquqiy asoslari ………………………………………………
1.2. Nomoddiy madaniy meros fanida an’ana, urf-odat, marosimlarni oqitish masalalarini yoritilishi …………………………………………………………


II. BOB. MILLIY URF-ODAT VA MAROSIMLARNI O’RGANUVCHI NOMODDIY MADANIY MEROS FANI VA UNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
2.1. Milliy urf-odat va marosimlarni o’rganuvchi Nomoddiy madaniy meros fani mazmuni………………………………………………………………………
2.3. Nomoddiy madaniy meros fani bo’yicha seminar mashg’ulotlari mazmuni va nazorat test savollari…………………….................................…...
2.3. Nomoddiy madaniy meros fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metodikasi……………………………………………
Xulosa………………………………………………………...……………………
Fodalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati………………………...…………


KIRISH
Bitiruv ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichi jamiyat moddiy va ma'naviy hayotining barcha jabhalarida tub sifat o‘zgarishlarni amalga oshirilayotganligi bilan belgilanadi Mustaqillik nafaqat iqtiodiy-siyosiy, fan, ta'lim,madaniyat va san'at sohalarining rivojlanishi, balki, insonning ma'naviy ongini oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning barqarorligini ham taminlaydi.
Zero O‘zbekiton Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, biz bugungi kunda ta'lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidenie, internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot musiqa, rassomchilik va haykaltaroshlik san'atigacha, bir so‘z bilan aytganda insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta'sir o‘tkazadigan barcha sohalardagifaoliyatimizni xalqning ma'naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur.1
Bugungi O‘zbekistonning ma'naviy yangilanishida nomoddiy madaniy merosning ahamiyati katta bo‘lib, u xalq ijtimoiy hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Ayni shu nuqtai nazardan ham O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida nomoddiy madaniy merosga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, uni muhofaza qilish va rivojlantirish borasida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi, ularning ijrosi keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ayni ana shu masalalar zamonaviy ilm-fan oldiga nomoddiy madaniy merosni o‘rganish va targ‘ibot jarayonlarini tahlil qilish masalasini qo‘yadi. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan ham izohlanadi.
Birinchidan, 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning уеttita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha taraqqiyot strategiyasida ham nomoddiy meros masalasi e'tirof etiladi. Ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi.2
Ikkinchidan, 2010 yilning 7 oktabrida Vazirlar Mahkamasining «2010— 2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 222-sonli qarori qabul qilindi. Mamlakatda davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng tahlil va targ‘ib qilish lozim.
Uchinchidan, nomoddiy madaniy meros o‘zbek xalqining ijtimoiy hayotida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, u kishilarni ijtimoiy hayotda o‘z o‘rinlari topishlariga yo‘naltiradi va milliy xarakterni shakllanishiga olib keladi.
Har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi haqli ravishda shu mamlakat xalqi xisoblanadi.1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 sonli qarorlari, 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmoni oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma'no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.2 Bu qaror ijtimoiy-madaniy faoliyat ta'lim yo‘nalishida ta'limni tashkil etishni isloh qilish zaruratini ko‘rsatadi.

Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin