O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro boqliqligi



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə7/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ

Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro boqliqligi
O’zbekistonning Nomoddiy madaniy merosi fani ijtimoiy fanlar tizimidan o`rin olgan tarix, madaniyatshunoslik, san`at tarixi, qadriyatshunoslik, o’zbek va jahon adabiyoti, ma`naviyat asoslari fanlari bilan o`zaro bog`liqlikda olib boriladi.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar.
Fanni o‘qitishda “Fikrlar hujumi”, “Klaster” metodi, “Ajurli arra”, “Debat” va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan. Shuningdek, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi. Seminar mashg‘ulotlarida “Aqliy hujum”, “Tarozi”, “Bumerang” kabi pedagogik texnologiyalaridan, kichik guruhlar musobaqasi kabilardan foydalanish nazarda tutiladi.
O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul'timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
“O’zbekistonning Nomoddiy madaniy meros” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta'lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin