O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə3/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ

Ish tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


I. BOB. MILLIY URF-ODAT VA MAROSIMLARNING ILMIY -NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Nomoddiy-madaniy meros sifatida milliy urf-odat va marosimlarning ilmiy –nazariy, huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning barcha sohasi borki, ular taraqqiyoti birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlab qo‘yilgan. Jumladan, boshqa sohalar kabi madaniyat sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar birinchi galda mazkur asosiy qonunimizga tayanadi. Xususan, nomoddiy madaniy meros masalasida ham ayni shu tendensiya mavjud. Jumladan, Konstitutsiyaning 49-moddasida shunday norma kiritilgan: -“Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.”1
O‘zbekiston Respublikasida har qanday faoliyatning kafolati bo‘ladigan mexanizm bu mazkur faoliyatga doir qonun va qonunosti hujjatidir. Nomoddiy madaniy meros masalasi bilan bog‘liq qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida qonuni, O‘zbekiston Respublikasining «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2014 yil 21 iyuldagi «Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 200-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi «Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaragaberish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 53-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 11 sentabrdagi «Buxoro shahrining tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish masalalari to‘g‘risida»gi 191-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi «madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 269-sonli qarori va boshqa shu kabi qonun va qonunosti hujjatlari nomoddiy madaniy merosni asrab avaylash va uni rivojlantirish uchun huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunida ham nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish masalasi yoritilgan.1
Qoraqalpog‘iston Respublikasida nomodiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar bayon etilgan. Ya'ni, ansambllar —tarixan tarkib topgan hududda aniq ko‘zga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, me'moriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan, ijtimoiy, ma'muriy, diniy, ilmiy, o‘quv-ta'lim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san'ati, me'morchilik asarlari bilan bog‘liqlikda alohida yoki o‘zaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bog‘-rog‘ san'ati asarlari (bog‘lar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar, sayilgohlar);
Nomoddiy madaniy meros obyektlari -tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so‘z, raqs, musiqa, tomosha san'ati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'ati bilan bog‘liq bilimlar, ko‘nikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar.1
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshiradi, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini tasdiqlaydi, moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va Nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritish tartibini belgilaydi, madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi, respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros obyektlarining, shu jumladan Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarning hududlari va muhofaza tegralaridan foydalanish tartibotlarini tasdiqlaydi.2
Shuningdek, tarixiy-madaniy qo‘riqxonalarni, muzey-qo‘riqxonalarni va tarixiy manzilgohlarni tuzish tartibi va saqlash tartibotini, madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, Madaniy meros obyektlarining aniqlanishi, hisobga olinishi, muhofaza qilinishi, targ‘ib qilinishi va ulardan foydalanilishini ta'minlaydi, Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini va nomoddiy madaniy meros obyektlarining ro‘yxatini yuritadi, madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi.1
Mamlakatimizda milliy madaniyatni, xususan nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, rivojlantirish va uning ahamiyatini targ‘ib etishga alohida e'tibor berilmoqda. Chunonchi, 1999 yilda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan YuNESKO tomonidan xalq og‘zaki ijodining nodir durdonasi bo‘lmish “Alpomish” dostonining 1000 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 14 martdagi Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” unvoni ta'sis etildi, bu esa xalqimizning madaniy merosiga bo‘lgan yuksak ehtiromning yorqin misolidir. 2001 yil 30 avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi qo‘shiqchilik yo’nalishida har yili “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish haqidagi Qarori buning dalilidir.
O‘zbekiston Respublikasi 2007 yil 1dekabrda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qildi va 2008 yil 29 apreldan boshlab uning to‘la huquqli ishtirokchisiga aylandi. Mamlakatimizda 2003 yil 17 oktyabrda Parij shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Bosh konferensiyasida (Yunesko) qabul qilingan Konvensiya qoidalarini bajarish yuzasidan muayyan ishlar olib borilmoqda.
YUNESKO tomonidan 2003 yil 17 oktyabrda «Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish» to‘g‘risidagi Konvensiya, 2005 yil 20 oktyabrda esa «Madaniy ifoda shakllarining turfa xilligini muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlash» to‘g‘risida Konvensiyaning qabul qilinishi ushbu iboraning to‘laqonli iste'molga kirib kelish jarayonini yakunladi.
Aslida, nomoddiy madaniy meros va uning muhofazasi masalalari YUNESKO ning 1989 yildagi «An'anaviy madaniyat va folklorni muhofaza qilish» bo‘yicha Tavsiyalaridan boshlangan edi. 1994 yildan milliy tizimlar (davlatlar) tomonidan nomoddiy madaniy merosni o‘zida saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchilarning rasman tan olishini va ular tomonidan ushbu merosning kelgusi avlodga yetkazilishiga ko‘magini tashkil etish maqsadida «Insoniyatning yashovchi (tirik) durdonalari» Dasturi boshlandi.
1997-1998 yillarda YUNESKO tomonidan «Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalarini e'lon qilish» Dasturi ham ma'qullandi va bu orqali dunyo xalqlari tomonidan saqlab kelinayotgan nomoddiy madaniy meros durdonalarining ro‘yxatini tuzish va e'lon qilish imkoniyati yaratildi. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondan birinchilardan bo‘lib 2001 yilda «Boysun madaniy muhiti» va 2003 yilda «Shashmaqom» kiritilganligini yaxshi bilamiz.
O‘tgan asrning 90-yillarida ekspertlar xulosasi asosida mavjud nomoddiy madaniy merosni muhofazasi bo‘yicha keskin, qat'iy choralar ko‘rish lozimligi aniqlandi va ushbu yo‘nalishdagi ishlar yanada jadallashtirildi. Buning natijasida YUNESKO Bosh Konferensiyasining 2001 yilda bo‘lib o‘tgan 31-sessiyasida yangi xalqaro normativ mexanizm vazifasini o‘tovchi Konvensiya yaratish rejalashtirildi. Shunday qilib, YUNESKO Bosh Konferensiyasining 2003 yil 17 oktyabrdagi 32-sessiyada «Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish» Konvensiyasi qabul qilindi.
Ushbu Konvensiyada «Nomoddiy madaniy meros», uning namoyon bo‘lish sohalari hamda muhofazasi bo‘yicha quyidagi ta'riflar berilgan.
«Nomoddiy madaniy meros» tushunchasi urf-odatlarni, o‘ziga xoslikni ifodalash shakllari, bilimlar va ko‘nikmalarni, shuningdek, ular bilan bog‘liq jihozlar, predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlarni aks ettiradi, ular esa o‘z navbatida hamjamiyatlar, guruxlar, alohida holatlarda esa muayyan shaxs madaniy merosining bir qismi sifatida tan olinganligini anglatadi1. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan bunday nomoddiy madaniy meros doimo muayyan hamjamiyatlar va guruxlar tomonidan ularning atrof-muhitga, tabiatga va o‘z tarixiga bog’liq holda yaratiladi va bu ularda o‘ziga xoslikni, vorislik tuyg’usini shakllantiradi hamda shu bilan insoniyat ijodini va madaniy turli-tumanlikning hurmat qilinishiga ko‘maklashadi.
Nomoddiy madaniy meros quyidagi sohalarda namoyon bo‘ladi2:
a) o‘zlikni namoyon etishning og‘zaki an'analari va shakllari,
shu jumladan, ayni paytda til - nomoddiy madaniy merosni aks
ettiruvchi omil sifatida;
b) ijro san'atida;
v) jamiyatning urf-odatlari, marosimlari, bayramlari;
g) tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar yig‘indisi;
d) an'anaviy xunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar.
«Muhofaza» so‘zi nomoddiy madaniy meros hayotiyligini ta'minlash,
shu bilan birga uni identifikatsiyalash, hujjatlashtirish, tadqiq qilish, saqlash, himoya qilish, ommalashtirish, rolini oshirish, targ‘ib qilish choralarini, asosan rasmiy va norasmiy ta'lim yordamida amalga oshirish hamda bunday merosning turli jihatlarini qayta barpo etish degan ma'noni anglatadi3.
Mazkur Konvensiyaning O‘zbekistonda ratifikatsiya qilinishi bo‘yicha harakat 2005 yildan boshlangan edi. Konvensiya har tomonlama o‘rganib chiqilishi natijasida tegishli takliflar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasi orqali Oliy Majlisga kiritildi va buning oqibatida 2007 yil dekabr oyida «Nomoddiy madaniy merosni muxofaza qilish» Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Xalqaro normalarga ko‘ra, ratifi­katsiya hujjatlari taqdim etilgandan olti oydan keyin, ya'ni 2008 yil 29 apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaning ishtirokchi-davlatiga aylandi.
Xalqaro hujjatlarni qabul qilish qoidalariga asosan O‘zbekistondagi mavjud qonunchilikdagi nomoddiy madaniy meros bilan bog‘liq masalalar qayta ko‘rib chiqilishi va lozim bo‘lgan hollarda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi zarur edi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi boshchili­gida ishchi guruhi tuzilib, 2001-yilda qabul qilingan «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Ushbu takliflar Oliy Majlisning Senatida ham o‘rganib chiqildi va oxir oqibat 2009 yilning 9-oktabrida «Mada­niy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida» O‘RQ-228-sonli Qonuni qabul qilindi.
Milliy qonunchilikni xalqaro normalar asosida qayta ko‘rib chiqish jarayoni bilan bir qatorda nomoddiy madaniy merosni o‘rganish, uning muhofazasini tashkil etish va kelgusi avlodga yetkazish jarayoni tashkil etildi. Xususan, 2008 yil fevral-mart oylari davomida «Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish» Konvensiyasi qoidalarining Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlarida amal qilinishi masalasi o‘rganildi. Maxsus komissiya tomonidan o‘rganilgan ma'lumotlar asosida 2008 yil 30 aprelda ushbu masala O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori va quyi palata vakillari ishtirok etgan maxsus yig‘ilishda muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi. Ushbu qarordagi eng asosiy vazifalardan biri sifatida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi zimmasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasini ishlabchiqish vazifasi yuklandi. 2010 yil fevral oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomoddiy madaniy merosni muhofazasiga bag‘ishlangan Davlat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus Farmoyishi e'lon qilindi va 2010 yil iyun oyida ushbu Davlat dasturining loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 2010 yilning 7 oktabrida Vazirlar Mahkamasining «2010— 2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 222-sonli qarori qabul qilindi.
Davlat dasturidagi vazifalar quyida aks ettirilgan 8 ta yo‘nalish tarkibida jamlangan.

  1. Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma'muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish.

  1. Nomoddiy madaniy merosni ro‘yxatga olish va ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni xujjatlashtirish.

  2. Soha mutaxassislarini tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tashkil etish.

  3. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini saqlashning amaliy chora-tadbirlari.

  4. Nomoddiy madaniy merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish bo‘yicha olib boriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlari.

  5. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish.

  6. Nomoddiy madaniy meros targ‘ibotida madaniy turizm dasturlaridan keng foydalanish.

  7. Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlashni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish.

Davlat dasturi jami 57 banddan iborat va unda kelgusi 10 yil davomida nomoddiy madaniy merosimizni muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanishning eng asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish masalalari milliy qonunchiligimizda o‘z aksini topdi. Xalqaro Konvensiya va milliy qonunchiligimizda aks ettirilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish shu sohaga ixtisoslashgan tashkilot va muassasalar va ulardagi mutaxassislarning zimmasiga yuklanadi.
«Nomoddiy madaniy meros» iborasi, yuqorida qayd etganimizdek, yaqin kunlarda kirib kelgan bo‘lsa-da, biz an'anaviy ravishda «xalq ijodiyoti», «folklor» ibora va so‘zlari bilan ifodalab kelgan milliy merosimizni saqlash, uni kelgusi avlodga yetkazish, undan yoshlar tarbiyasida unumli foydalanish masalalariga mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq katta e'tibor berila boshlangan edi. Dastlab viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan folklor-etnografik jamoalar va qadimiy musiqa cholg‘ulari ijrochilarining Toshkent shahrida o‘tkazilgan Navro‘z va Mustaqillik umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan tadbirlarga jalb etilib, ularga mamlakatimizning eng katta sahnasidan joy berilishi bilan boshlangan ishlar izchil davom ettirilib, xalq ijodini o‘rganish, havaskorlik san'atini rivojlantirish masalalari maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab ta'limning barcha bosqichlariga joriy etildi. Buning natijasida yurtimizning nafaqat har bir tuman va shahari, balki deyarli barcha bo‘g‘in ta'lim muassasalarida havaskor folklor jamoalari shakllandi: Hozirgi kunda oliy ta'lim va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta'limi hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida «Xazina», «Meros», «Barhayot an'analar» ko‘rik-tanlovlarining an'anaviy ravishda tashkil etilayotganligi buning isbotidir.
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha Xalqaro Konvensiya qabul qilinishi munosabati bilan «Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro‘yxati»ga kiritilgan nomoddiy madaniy meros obyektlari (O‘zbekistondan kiritilgan «Boysun madaniy muhiti» hamda Tojikiston bilan birgalikda kiritilgan «Shashmaqom»)ning barchasi yangi-«Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro‘yxati»ga o‘tkazildi. Ana shu ro‘yxatga 2009 yilda O‘zbekistondan tavsiya etilgan «Katta ashula» nomzodi va boshqa 7 ta davlat bilan birgalikda tavsiya etilgan «Navro‘z» nomzodlari ham kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'naviy yangilaish jarayonlarida nomoddiy madaniy merosni asrash va ularni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratili, birinchi navbatda bu faoliyatning huquqiy asoslari yaratildi va ularning ijrosini ta'minlanishi esa o‘zbek madaniyatini jahon maydonidan o‘rin egallashiga xizmat qilmoqda.

Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin