2.3. Nomoddiy madaniy meros fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash metodikasi Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o’z zimmasiga olmog’i talab etiladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo’lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi.
Bu o’rinda ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo’naltirilgan gumanistik g’oya va me’yorlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi lozim.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo’lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g’amxo’rlik, o’quvchi-talabalar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi. An’anaviy ta’limda o’qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining sub’yekti, o’quvchi-talabalar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o’quvchi-talaba o’z o’quv faoliyatining sub’yekti sanaladi. SHu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’yekti hamkorlikda o’quv-tarbiya vazifalarini hal etadi.
Milliy xalq o’yinlarini tiklash va rivojlantirish Reja:
Milliy xalq o’yinlarini tiklanishi.
3. O’zbek xalq o’yinlarining xalqaro nufuzi.
Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar: “Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta'lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta'lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta'lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. Bu metod ijtimoiy-madaniy faoliyat talimida katta ahamiyatga ega.
“Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi.Bu metod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi ta'lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Ta'lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
ta'lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud;
ta'lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
“Aqliy hujum” metodining kamchiliklari:
ta'lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
ta'lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi.
Mutaxassislikka kirish fanida keng qollaniladigan metodlardan biri bu “Kichik guruhlarda ishlash” metodidir.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi - ta'lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qo‘llanilganda ta'lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta'lim beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki ta'lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta'lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi keltirilgan. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Mavzu bo‘yicha bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi.
Kichik guruhlar belgilanadi. Ta'lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo‘linishlari mumkin.
Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
Ta'lim beruvchi tomonidan aniq ko‘rsatmalar beriladi va yo‘naltirib turiladi.
Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
Kichik guruhlar baholanadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi;
muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi;