O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


An’anaviy oila - turmush marosimlarida qadimiy diniy e’tiqodlar



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə28/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ

An’anaviy oila - turmush marosimlarida qadimiy diniy e’tiqodlar
Reja:
1. Farzand tug‘ilishi va bola tarbiyasi bilan bog‘liq marosim va urf-odatlarda qadimiy diniy e'tiqodlar izlari.
2. Nikoh to‘yi marosimlarida afsungarliklar va qadimiy diniy e'tiqodlar simbiozi.
3. Motam marosimlarida arxaik diniy e'tiqodlar izlari.
Qo’llaniladigan texnologiyalar:
Breynrayting metodi.
Ushbu uslubning qo‘llanishi breynstorming uslubiga o‘xshash bo‘lib, faqat unda barcha g‘oya, fikrlar yozma bayon etiladi. Bu esa, o‘z g‘oya va fikrlarini og‘zaki bayon etishga uyaladigan yoki qiynaladigan ba’zi tinglovchilar uchun qulaylik yaratadi. Talabalar tomonidan yozilgan fikrlar, g‘oyalarning imloviy va uslubiy xatolariga e’tibor qaratilmaydi hamda yozilgan fikrlar oralarida keyinchalik xayolga kelgan fikrlarni yozish uchun bo‘sh joylar ham qoldiriladi.
T
Talaba fikrini yozadi
alabalar o‘z fikrlarini erkin, tanqid qilmasdan ifoda etishga chaqiriladi. G‘oyalar tahlili keyinroq o‘tkaziladi.Bu usuldan foydalanganda, muammoni yechish variantlari imkon qadar ortadi.


Talaba fikrini yozadi


Nomoddiy madaniy meros fanini o’qitishni samarali tashkil etishda “Davra suhbati” metodining alohida o’rni bor. U – aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta'lim oluvchilar tomonidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.


“Davra suhbati” metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta'lim oluvchining bir-biri bilan “ko‘z aloqasi”ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta'lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta'lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta'lim oluvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So‘zlayotgan ta'lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Y ozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta'lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta'lim oluvchi konvert ustiga

ma'lum bir mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi. Shundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta'lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi. Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan.




“Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:



  1. Mashg‘ulot mavzusi e'lon qilinadi.

  2. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

  3. Har bir ta'lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta'lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta'lim oluvchi konvertga va “Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi.

  4. Ta'lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va “Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.

  5. Konvertga savol yozgan ta'lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi.

  6. Konvertni olgan ta'lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi.

  7. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta'lim oluvchining o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta'lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni baholaydi.

  8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.

Ushbu metod orqali ta'lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta'lim oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta'lim oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta'lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta'lim beruvchi ham ta'lim oluvchilarni ob'ektiv baholashi mumkin.
“Davra suhbati” metodining afzalliklari:

  • o‘tilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi;

  • barcha ta'lim oluvchilar ishtirok etadilar;

  • har bir ta'lim oluvchi o‘zining baholanishi mas'uliyatini his etadi;

  • o‘z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi.

“Davra suhbati” metodining kamchiliklari:

  • ko‘p vaqt talab etiladi;

  • ta'lim beruvchining o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi;

  • ta'lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlashtalab etiladi.




Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin