O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


O’zbek xalqi an'anaviy madaniyati



Yüklə 168,68 Kb.
səhifə30/32
tarix28.09.2023
ölçüsü168,68 Kb.
#150345
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Насриддинов М. НамДУ БМИ

O’zbek xalqi an'anaviy madaniyati
Reja:

  1. Mustaqil O’zbekistonda ma'naviy islohotlar negizida milliy qadriyatlarning tiklanishi.

  2. An'anaviy xalq madaniyatining mohiyati va xususiyati.

  3. An'anaviy xalq ijodi.

  4. Xalq an'analari

Qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar:
«Keys-stadi» inglizcha so‘z - (case – konkret vaziyat, xodisa, stadi - o‘qitish). Bu metod konkret vaziyat, xodisaga asoslangan o‘qitish metodi hisoblanadi.
«Keys - stadi» metodi bo‘yicha ishlash:
1. Yakka tartibda ishlash (umumiy vaqtning 30%foizi):

  • Vaziyat bilan tanishish (matn bo‘yicha yoki so‘zlab berish orqali).

  • Muammolarni aniqlash.

  • Axborotni umumlashtirish.

  • Axborot taxlili.

2. Guruhda ishlash (umumiy vaqtning 50 foizi):

  • Muammolarni hamda ularning dolzarbligi bo‘yicha ketma-ketligini (iyerarxiyasini) aniqlash.

  • Muqobil yechim yo‘llarini ishlab chiqish.

  • Har bir yechimning afzal va zaif jihatlarini belgilash.

  • Muqobil yechimlarni baholash.

3. Yakka tartibda va guruhda ishlash (umumiy vaqtning 20 foizi):

  • Muqobil variantlarni qo‘llash imkoniyatlarini asoslash.

Hiosbot hamda natijalar taqdimotini tayyorlash.
Xulosa qilib aytganda, Nomoddiy madaniy meros fanini o‘qitish jarayonida qo‘llangan pedagogik texnologiyalar nafaqat talabalani ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixiy evolyusiyasi bilan bog‘liq bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi, balki tarixiy tafakkurini har tomonlama kamol topishiga yordam beradi.
Xulosa
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning jamiyat a'zolarining ma'naviyatini shakllantirishdagi muhim o‘rnini xisobga olgan holda bevosita nomoddiy madaniy meros bilan bog‘likdigi yuqorida keltirilgan misollardan yaqqol sezish mumkin. Zero, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida keltirilganidek, globallashuv jarayonida G‘arbdan bostirib kirib kelayotgan «ommaviy madaniyat»ga qarshi o‘zimizning milliy nomoddiy madaniy merosimiz bilan kurashishimiz lozim bo‘ladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining «2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob'ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 222-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturi haqiqiy dasturilamal bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ma'lumki, har bir xalq folklorida tarixda bo‘lib o‘tgan muhim voqea-xodisalar hamda hayotini o‘z millati, yurti taqdiri bilan chambarchas bog‘lagan fidoyi kishilar faoliyatini epik talqin qilish an'anasi mavjuddir. Voqelikni real tahlil qilishga asoslangan og‘zaki hikoya va rivoyatlarning ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti natijasida afsonalarning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan epik syujetning ilk shakllari paydo bo‘lgan.
Xalqning ma'naviy tiklanishi birinchi navbatda uning milliy o‘zligini anglashi, qadimiy urf-odat va an'analarini tiklashi, millatning mentalitetini belgilovchi ma'naviy qadriyatlardan to‘la bahramand bo‘la boshlashi bilan belgilanadi. Ajdodlarimizning folklor an'analari o‘lkamizda yaratilgan bebaho madaniy qadriyatlar tizimining ajralmas bir qismidir. Xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini tadqiq va targ‘ib etish orqali esa bobolarimizning shonli tarixiga doir yangidan-yangi ma'lumotlarni bilib olamiz. Shuning uchun ham "mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu - tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi".
Insoniyat yaratgan moddiy va ma'naviy madaniyat yaxlit bir butunlikni tashkil etadi. Din, tarix, falsafa, qadriyatlar, urf-odat va marosimlar shu muazzam daraxtning shoxlari, xalq ijodi, dunyoqarashi va fikriy kashfiyotlari esa uning ildizidir.
Dunyodagi boshqa xalqlar qatori o‘zbek xalqining ham madaniy qadriyatlari, ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharqning ma'naviy o‘choqlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, biz yashab turgan hudud g‘oyat xilma-xil diniy e'tiqodlar, dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan mintaqa hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston hududi nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta'kidlaganidek, bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Nomoddiy madaniy meros bu xalq ijodi zamonaviy san`atining bitmas - tuganmas chashmasi hisoblanadi. Nomoddiy madaniy meros mehnatkash xalq yaratgan omma orasida keng tarqalib, og’izdan-og’izga , ustozdan – shogirdga, ajdoddan – avlodlarga o`tib, takomillashib sayqal topib , taraqqiy etgan ijod maxsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmush tabiati to`g’risidagi tushunchalari, madaniyati , e`tiqodi, orzu – istaklari va ideallari , xis-tuyg’ulari va tafakkurining boy olami baxtli va adolatli zamon haqidagi o`ylari o`z ifodasini topadi.
Nomoddiy madaniy meros durdonalari mehnatkash ommaning qobiliyati vakillari tomonidan ijod etiladi. Og’izdan - og’izga ko`chib boshqalar ham bu asarlarni ijro etadilar,uning boyib borishiga o`z xissalarini qo`shadilar. Natijada, Nomoddiy madaniy meros xalq ijodiyotining eng yaxshi namunalari o`lmas an`analarga aylanadi va asrlar davomida o’zbek xalqining ma’naviy qiyofasini namoyon etib keladi.
Mazkur bitiruv ishi bilan bog‘liq adabiyotlar bilan ishlash va tahlil qilish natijasida quyidagilarni taklif etaman.
Birinchidan, ijtimoiy tarbiya jarayonida nomoddiy madaniy meros namunalaridan kengroq foydalanish zarur.
Ikkinchidan, nomoddiy madaniy meros namunalarini muhofazalash va targ‘ib qilish bo‘yicha ta'lim tizimida mutaxassislik doirasida alohida fan sifatida o‘qitish, barcha sohaga tegishli ta'lim muassasalarida ijtimoiy fanlar tizimida nomoddiy madaniy meros mazmunini yoritish kerak.
Uchinchidan, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha nomoddiy madaniy merosning yagona katalogini yaratish, shuningdek, fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalangan holda nomodiy madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishga doir dasturlar ishlab chiqish lozim.
To‘rtinchidan, inson ijtimoiy hayotida milliy o‘yinlarni rolini ortib borayotganligini inobatga olib, yoshlarni milliy o‘yinlarni o‘zlashtirishi va takomillashtirishi uchun zarur shart-sharoit yaratish lozim.
Beshinchidan, nomoddiy madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida halqaro konferensiyalar, o‘zaro tajriba almashinuvlarini tashkil qilish kerak.



Yüklə 168,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin