O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə16/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Soliqlar va majburiyatlar. Gerodot ma’lumotlariga ko‘ra, ulkan Ahamoniylar saltanati alohida viloyatlar (o‘lkalar) – satrapiyalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning soni 20 ta edi. Har bir satrapiya har yili ma’lum miqdorda soliq to‘lab turishi shart edi. Soliqlarning miqdori ko‘p hollarda kumush talant (talant – pul birligi, bir talant 30 kg kumushga teng bo‘lgan) bilan belgilangan. Soliqlar kelib tushishini tizimga solish uchun Doro I yagona tanga tartibini joriy etadi. Bu tartibning asosini og‘irligi 8,4 g keladigan oltin darik tashkil etardi. Oltin darikni bir donasini og‘irligi 5,6 g bo‘lgan 20 ta kumush tangaga almashtirish mumkin bo‘lgan. Oltin darik faqat podsho tomonidan, kumush tangalar esa ayrim viloyatlar hukmdorlari tomonidan zarb etilgan.
Qaram o‘lkalar pul solig‘idan tashqari mahsulot bilan ham soliqlar to‘laganlar. Ushbu soliqlar hisobidan Persepolda, So‘zada va Ekbatanda fors podsholarining hashamatli saroylari qad ko‘targan. Misol uchun, So‘zadagi saroyni qurish haqida Doro I yozuvlarida shunday xabar beriladi: «Bu erda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtridan keltirilgan. Ko‘k tosh «kapa-utaka» (lojuvard) va «sinkabrush» (yarim qimmatbaho tosh-serdolik) Sug‘ddan keltirilgan. «Axshayna» toshi (fero‘za) Xorazmdan keltirilgan». SHuningdek, Gerodot Ahamoniylar davridagi yana bir soliq turi – sun’iy ko‘llardan dalalar uchun olinadigan suv puli haqida ham ma’lumot beradi. Tarixchining ta’kidlashicha, ko‘llarning to‘g‘onini ochgani uchun fors podshosi «odatdagi soliqdan tashqari katta pul oladi».
Ahamoniylar davlatida majburiy harbiy xizmat ham muhim ahamiyatga ega edi. Elefantin orolidagi (Misrning janubiy chegaralari yaqinida) garnizon arxividan ma’lumki, bu erda mil.avv. V asr oxirida xorazmlik jangchi Dargamon xizmat qilgan. Sak jangchilari haykalchalarining topilishi Misrdagi yirik harbiy bazalardan biri bo‘lgan forslarning Memfis garnizoni tarkibida sak otliqlari ham bo‘lganligidan guvohlik beradi. larga qarshi chiqqan Kserks qo‘shinlari tarkibini sanab o‘tar ekan Gerodot, baqtriylar, sak-amorglar, parfiyonlar, xorazmiylar, Sug‘diylar va saklarni ham tilga oladi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin