O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


O’zbekiston hududidagi qadimgi davlat tipologiyasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə12/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

O’zbekiston hududidagi qadimgi davlat tipologiyasi
I.Davlat tipi - podsholik. Boshqaruv shakli - mutlaq monarxiya. O’zbekistonning qadimgi tarixida u bunday tipdagi va boshqaruv shaklidagi davlat tarkibiga kirgan bir necha davrlar bo’lgan.
Miloddan avvalgi 539 yildan boshlab miloddan av­valgi 330 yilgacha Ikki daryo oralig’idagi deyarli butun hudud, Farg’ona va Chochdan tashqari, Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan Eron shohlari humkronligiga bo’ysungan. Xorazm, So’g’d, Baqtriya, shuningdek saklar muayyan ma’muriy birliklar-satrapliklarni tashkil etgan. Ularga Ahamoniylar podsholari tomonidan tayinlanadigan satraplar boshchilik qilgan va ular davlat raznasiga ma’lum miqdorda o’lpon to’lagan.
Yunon-Baqtriya podsholigi muayyan mustaqillikdan foydalanuvchi tizimli mutlaq monarxiya edi. U miloddan avvalgi III asr o’rtasida barpo etilgan bo’lib, miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmi boshigacha mavjud bo’lgan. Butun ushbu davr mobaynida Shimoliy Baqtriya va muay­yan bosqichlarda – So’g’d uning tarkibiga kirgan. Biroq podsholar hokimiyati ushbu davlatda hamma vaqt ham meros qilib qoldirilmagan: uning birinchi shohlari -Diodot I va Diodot II ni hokimiyat zo’rlik bilan egallab olinishi natijasida ular bilan qarindoshlik rishtalari bilan bog’lanmagan Yevtid almashtirdi.
Shimoliy Baqtriya va So’g’d ham miloddan avvalgi IV asr oxiridan miloddan avvalgi III asr o’rtasigacha boshqa yunon ellinistik podsholigi - Salavkiylar tarkibiga kirgan. Ushbu sulolaning ikkinchi humkdori Antikox I (miloddan avvalgi 280-261 yillar) Salavka bilan so’g’dlar yo’lboshchisining qizi Apam o’rtasidagi nikohdan tug’ilgan yarim so’g’diy edi. Binobarin, miloddan avvalgi I asr o’rtasigacha mavjud bo’lgan ushbu sulolaning barcha vakillarida so’d koni bor edi.
Milodiy I asr dan boshlab milodiy III asr o’rtasigacha mavjud bo’lgan Kushon podsholigi mutlaq, yorqin ifodalangan teokratik monarxiya edi.
Butun shu davr mobaynida, birinchi shoh Kudzula Kadfiz hukmronligi davridan tashqari, Ikki daryo oralig’ining janubiy viloyatlari ushbu davlat tarkibiga kirgan. Ushbu davlat ham muayyan satrapliklarga bo’lingan bo’lib, ularning hukmdorlari Kushon shohlariga to’liq qaram edi. Bundan tashqari, Kushon podsholigida markgfalikka o’xshash alohida chegara viloyatlari mavjud edi. Ularning tepasida Baqtriyacha qaralrago deb ataladigan kanaranglar - harbiy sarkardalar turgan. O’zbekistonning hozirgi Surxondaryo viloyati, ehtimolki, mana shunday viloyat edi.
Ehtimolki, davlatning bunday tipiga Axamoniylar imperiyasi parchalanib ketgandan keyin miloddan avval­gi IV asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan Xorazm podsholigi ham tegishlidir.
Milodiy I asrdan boshlab ushbu podsholikda markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilinadigan meros qilib qoldiriladigan yangi sulola qaror topgan. Shimoliy Baqtriya milodiy III asr o’rtasidan boshlab milodiy IV asr oxirigacha Sosoniylar podsholigi yurisdiksiyasi ostida bo’lgan. Uning tarkibiga kirgan Baqtriya maxsus huquqlardan foydalangan. Uning tepasida kelib chiqishi Sosoniylar sulolasining har xil shoxobchalariga tegishli bo’lgan, kushonlar unvoniga hamda oltin, kumush va mis tangalar zarb qilish huquqiga ega bo’lgan sosoniy shahzodalar turgan. Ularning ayrimlari keyinchalik butun davlatining podshosi bo’lgan edilar.
2. Davlat tipi — konfederate podsholik. Boshqaruv shakli — cheklangan monarxiya. Davlatlarning ushbu ti­piga Qang’ va Yuechji davlatlarini yoki Katta yuechji davlatining kushonlargacha mavjud bo’lgan birinchi davrini kiritish mumkin.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin