O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Ular odatda qabila boshliqlari yoki o’z tangasini zarb qo’shuvchi urug’ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta mustaqil o’lkalardan iborat bo’lgan



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə13/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Ular odatda qabila boshliqlari yoki o’z tangasini zarb qo’shuvchi urug’ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta mustaqil o’lkalardan iborat bo’lgan.
Misol uchun Kang’ davlati xududida kamida beshta mana shunday o’lka bo’lgan. Bular: Buxoro va uning atrofi. Uning hukmdorlari Yevtidem tangalariga taqlid qilib o’z nomlari va unvonlari bitilgan tangalar chiqargan, Buxoroning janubi-sharqi va Samarqand So’g’dining shimoli-g’arbi. Bu yerda Girkod sulolasidan chiqqan dohiylar hukmdorlik qilgan, har xil shohlarning nomlari bitilgan o’z tangalarini chiqargan Samarqand So’g’di hamda o’zi mustaqil tanga zarb etgan Janubiy So’g’d o’lkalaridir.
Xorazm mutlaq mustaqil podsholik bo’lgan. Uning hukmdorlari eng yuqori unvonga - MK'Y MLK' (davlat-podsho)ga ega bo’lganlar.
Ayni vaqtda ushbu o’lkalar uchun umumiy bo’lgan Kang’ning zarb qilingan tangasi mavjud bo’lmagan.
Yuechjilar tomonidan barpo etilgan, birinchi Kushon­lar davrigacha mavjud bo’lgan Yuechjilar davlati ham xuddi shunday tipda bo’lgan.
Ushbu davlat Kang’ singari beshta o’lkadan iborat bo’lgan. Ularga turli yuechji urug’larining vakillari boshchilik qilgan. Ushbu Xyumi, Shuanmi, Go’yshuan, Xisi, Xuanmi o’lkalar Baqtriyaning turli qismlarida joylashgan bo’lib, nomigagina yuechjilarning oliy hukmdorlariga bo’ysungan.
Ushbu davr uchun tanga zarb qilishning besh turini ajratib ko’rsatish mumkin. Ular: Sapadbiz, Fseygarxaris, Kushon (Geraya), Geliokl va Yevkratid tangalariga taqlid qilishdir. Bu ularni zarb etgan turli yuechji urug’lari yo’lboshchilarining amalda mustaqil bo’lganligidan dalolat beradi.
Ulardan biri - Kushonning avlodlari birmuncha vaqtdan keyin buyuk Kushon podsholigini barpo etgan. Mohiyat e’tibori bilan bu Katta yoki Buyuk yuzchjilar davlatining o’zi edi. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida ular mana shunday nomlangan.
3. Davlat tipi - egalik qilish. Boshqaruv shakli qabila dohiylari yoki urug’ boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati.
Davlat birlashmasining ushbu tipi kichikroq ulka bo’lgan. Yunon-Baqtriya podsholigi qulagach Baqtriyaga kelgan Chjan-Szyan tomonidan miloddan avvalgi 128 yilda yoki milod­dan avvalgi 126 yilda qayd etilgan. Unga muvofiq Baqtriya ko’plab mayda mustaqil o’lkalardan iborat bo’lgan. «Bu yerda deyarli har bir shahar o’z hukmdorini yetishtirgan». Xitoy manbalarida O’rta Osiyo ikki daryo oralig’i hududida 55 ta o’lka mavjudligi ko’rsatiladi. Ular muayyan mustaqillikdan foydalangan va o’z tashqi siyosatini yuritishgan, jumladan Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o’rnatgan.


Adabiyotlar:
1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). T.: Шарқ. 2000.
2. Сагдуллаев ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. T., 2000.
3. Сагдуллаев А.С., Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. -Т., 2006.
4. Ртвеладзе Э.В. История государственности Узбекистана. – Т.: Узбекистан. 2009.
5. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin