O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə9/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Adabiyotlar:

  1. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). T.: Шарқ. 2000.

  2. Сагдуллаев ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. T., 2000.

  3. Сагдуллаев А.С., Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. -Т., 2006.

  4. Ртвеладзе Э.В. История государственности Узбекистана. – Т.: Узбекистан. 2009.

  5. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012.



O’zbekistonda qadimgi davlatchilikning turlari va boshqaruv shakli
Reja:
1. O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonlari.
2. Ilk davlatlar paydo bo‘lishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari.
3. Qadimgi Baqtriya, Xorazm va Sug‘diyona davlatlari.
4. O‘rta Osiyoda Ahamoniylar davrida boshqaruv (mil.avv. VI-IV asrlar).
5. Aleksandr Makedonskiy, Salavkiylar, hamda Yunon-Baqtriya davrida davlat boshqaruvi.
6. Qang‘ davlati, Davan davlati, Kushonlar davlatchiligi.


Tayanch so‘z va iboralar. Avesto, Baqtriya, Jarqo‘ton, Erqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, Xorazm va So`g`diyona, Ahamoniylar saltanati, Filipp II, Aleksandr, Yunon makedonlar, Yunon-Baqtriya, Qang‘, Kushonlar


1. O‘zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‘lishi jarayonlari.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‘zbekistonning bronza davriga oid yodgorliklarni keng miqyosda tadqiq etilishi natijasida ushbu hududlarning qadimgi tarixi va madaniyati to‘g‘risida boy ma’lumotlar olindi. Turli yillarda janubiy O‘zbekiston hududlarida ilk, rivojlangan va so‘nggi bronza davri ilk dehqonchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari hamda ilk davlatchilik masalalari, madaniy va iqtisodiy aloqalar, hunarmandchilikning taraqqiy etishi masalalari bo‘yicha A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullaev, T.SHirinov, B.Abdullaev, U.Raxmonov, E.Sayko, SH. SHaydullaev kabi olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida bronza va ilk temir davri o‘lkamiz janubiy hududlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot masalalari va ayniqsa, ushbu hududlarda ilk shaharlarning paydo bo‘lish asoslari va rivojlanish bosqichlari, ilk davlatchilikning paydo bo‘lishi jarayonlariga ko‘plab aniqliklar kiritildi. Ushbu masalalar bo‘yicha juda ko‘p yangi ma’lumotlar fanga joriy etildi va etilmoqda.
Tarixiy-huququy va arxeologik tadqiqotlar sug’orma ziroatchilik, metallurgiya, hunarmandchilik, dastlab ayirboshlash, so’ngra pul, quyma shaklidagi savdoda o’z aksini topgan yetarlicha rivojlangan iqtisodiyot paydo bo’lganda, tegishli ijtimoiy guruhlar va sinflar ajralib chiqqan holda mulkiy tabaqalashuv yuzaga kelganda, monarx boshchiligida jamiyatning murakkab iyerarxiyasi, meros qilib qoldirish huquqi qaror topgach va davlatni boshqarish uchun har xil huquqiy hujjatlar tuzishga ko’maklashuvchi yozuv paydo bo’lgachgina davlatchilikning birlamchi shakllari paydo bo’lishi to’g’risida so’z yuritish mumkinligini ko’rsatadi.
Quyi Mesopotamiya (Shumer va Akkad), Misr va Sharqiy O’rta dengizning miloddan avvalgi IV mingyillik oxiri - miloddan avvalgi IV mingyillik boshlarida paydo bo’lgan eng ilk davlat tuzilmalarini tavsiflovchi uncha to’liq bo’lmagan asosiy belgilar mana shulardan iborat.
Eng qadimgi shahar davlat birlashmalarining birlam­chi namunalari hisoblanadi. Egallab turgan xududiga ko’ra juda oz joyga joylashgan shahar-davlatlar ho’jalik, siyosiy va diniy markazlar hisoblangan. Masalan: Quyi Mesopotamiyada atigi 1000 kv.km maydonda bir nechta shahar-davlatlar: Uruk, Larsa, Lagash, Ur joylashgan. Uruk bilan Lagash o’rtasidagi masofa atigi 24 kilometrni tashkil etgan. Keyinchalik bosqinchilik urushlari natijasida ushbu shahar-davlatlarning despotik hokimiyat tizimi o’rnatilgan, bir necha yuz kv.kilometrga yoyilgan yagona, nisbatan katta podshohliklarga birlashtirilishi yuz bergan. Ushbu ilk podshohliklar so’ngra qo’shni podshohliklarning zo’rlik bilan bosib olishi natijasida juda katta hududni egallagan monarhiyalarga aylangan.
Davlat taraqqiyoti mantig’i va muayyan sharoitlar ularning ba’zilarini bir necha qit’alar hududiga yoyilgan ulkan jahon imperiyalarga aylantirgan. Buning yorqin misoli Ahamoniylar imperiyasidir. Ushbu imperiya tarkibiga Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlari kirgan. Yaqin va O’rta Sharqda kelib chiqqan davlat birlashmalari evolyusiyasining asosiy yo’li mana shundan iborat.
O’rta Osiyodagi ikki dars oralig’idagi davlat birlashmalari genezisi va evolyusiyasi jarayoni garchi muayyan tarixiy sabablarga ko’ra yuqorida aytib o’tilgan hududlar ayni bir davlatlar tarkibiga kirgan bo’lsa ham (Ahamoniylar imperiyasi, Salavkiylar podsholigi) ulardan farq qiladi.
O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i — alohida tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy xududdir, uning sivilizatsiyasi ikki buyuk daryo: Amudaryo (qadimgi Oks) va Sirdaryo (qadimgi Yaksart) tufayli ko’plab ming yilliklar mobaynida mavjud bo’ldi. Bu joyda yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o’rta asrlarda ham umumiy belgilar bo’lishiga qaramay, o’rta Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan ko’plab belgilariga ko’ra ajralib turgan O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i hududi doirasining o’zida shimoliy viloyatlar (Xorazm) va janubiy viloyatlar (Baqtriya) ayniqsa qadimgi davrlarda etnik va madaniy, til va yozuv, davlat qurilishi tizimi jihatidan bir-biridan farq qilgan. Bu har bir viloyatga xos bo’lgan madaniy-genetik tiplar, darajasi har bir viloyatda turlicha bo’lgan o’troq va ko’chmanchi xalqlarning rag’batlashuvi bilan belgilangan.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin