Boshqaruv asoslarining shakllanishi va davlatlarning tashkil topishi Reja: 1.Qadimgi davlatlatlarning rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar.
2.Boshqaruv tizimidagi funktsiyalar.
3.Davlat boshqaruvi tushunchasi va boshqaruv tasnifi
4.Davlatning vazifalari va boshqaruv ko‘rinishlari.
Tayanch so‘z va iboralar.Davlat apparati, boshqaruvchi tizim, boshqariluvchi tizim, o‘zaro hamkorlik tizimi, muvofiqlash-tiruvchi boshqaruv, taktik boshqaruv, boshqaruvda qonuniylik, moddiy va protsessual munosabatlar, vazifa-vakolatlar, idoraviy vakolatlar
1.Qadimgi davlatlatlarning rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar. Yuzlab mingyilliklarni o‘z ichiga olgan insoniyat tarixida dastlabki davlatlar va shaharlarning tashkil topishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, yozuvning kelib chiqishi – nisbatan keyinroq yuzaga kelgan hodisalardir. Davlatchilik jahon tarixida miloddan avvalgi IV ming yillikning oxirlarida vujudga kelgan bo‘lib, insoniyat tamaddudining sunggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi.
Qadimgi davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida, turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlarga ega bo‘lgan. Dastavval, ilk davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik va chorvachilik qasrda oldin rivoj topgan bo‘lsa, o‘sha erda vujudga keldi.
Ibtidoiy tarixda (paleolit – qadimgi tosh davri, mezolit – o‘rta tosh davri, neolit – yangi tosh davri) aholining joylashuvi qarindosh-qondoshlik aloqalari bilan belgilangan. U yoki bu hududda faqat bitta urug‘ a’zolarigina yashagan. Xo‘jalik ishlab chiqaruvchi shakllarining taraqqiyoti aholi joylashuvi hududlarning kengayishiga, tashqi aloqalarning uzluksiz rivojlanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarish zarurati va boshqa iqtisodiy omillar shuni taqozo etgan. SHu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlangan. Bunda bir hududda turli urug‘ namoyandalari yashaydigan bo‘lgan. Ana shunday qilib, jamiyatning yangi hududiy tashkiloti vujudga kelgan. Qarindosh-urug‘chilik jamoasi o‘rniga hududiy qo‘shnichilik jamoasi paydo bo‘lgan.
Bu jamoalar vakillari alohida qishloqlar, ekinzorlar va sug‘orish tarmoklari bilan chegaralangan, ya’ni to‘la o‘zlashtirilgan va muttasil xo‘jalik va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda hayot kechirib, o‘z ichki va tashqi munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal qilishda birlashishga harakat qilganlar. Ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, jamoadagi diniy urf-odatlarni bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar va boshqaruvning paydo bo‘lishiga asos soldi.
O‘zbek xalqi, O‘rta Osiyo xalqlari va ularning ajdodlari tarixida ilk davlatchilikning vujudga kelishi masalasini o‘rganish dolzarb vazifadir. YUqorida ta’kidlaganimizdek, O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik tuzumiga bronza, davridagi sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik zamin yaratgandir. Alohida ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoda davlatchilik tuzumiga o‘tish jarayoni faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, SHarqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Baqtriya hududidan topilgan yuqori sifatli oltin, kumush va bronza buyumlari tashqi savdo va o‘zaro aloqalarning rivojlanganligidan dalolat beradi. Qadimgi SHarq davlat markazlari bilan madaniy munosabatlari muammosi dolzarb mavzu bo‘lib, arxeologik ma’lumotlar o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologik va iqtisodiy ta’sirni ko‘rsatadi.
Arxeologik va yozma manbalarni o‘rganish shuni kursatadiki, ilk temir davri Xorazm, Baqtriya va So‘g‘d jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oilalardan iborat uy jamoalari (katta oila vakillari) tashkil etgan. Uy-qo‘rg‘onlar joylashuvinish tashqi belgilariyoq uy-jamoalari aftidan ancha yirik hududiy qo‘shni jamoalarni tashkil qilganiqan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar (uy jamoasi) boshliqlari yoki uy egalari, shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi jamoalar katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Alohida uylar o‘rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar aftidan, ikkinchi darajali bo‘lib borgan. Bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy-joyiga, ishlab chiqarish qurollariga, shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvalariga ega bo‘lishgan, bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirganlar. Katta oilali jamoalar shakli jamoadagi ishlab chiqarish va xo‘jalik harakatiga bog‘liq bo‘lib, ular jamoaning iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keldi.
Ijtimoiy mansablarni egallash, jamoa ishlab chiqarish ishlari va ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Boshqaruv faoliyati zarurati ishlab chiqarishni tashkillashtirish, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va jamoa mahsulotini taqsimlash kabi ishlar bilan maxsus shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarni yuzaga chiqargan.
Shu tarzda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda o‘z obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasdan, ijtimoiy va xo‘jalik hayotini nazorat qiladigan hamda boshqaradigan shaxslarning saralanishiga olib kelgan. Bunday odamlar o‘zlarining shaxsiy axloqiy xislatlari, amaliy bilimlari va nufuzlari bilan boshqalardan ajralib turgan. SHunday qilib, ishlab chiqarish faoliyatidan tashkiliy-boshqaruv faoliyati ajralib chiqqan.
Rahbar-yulboshchining nufuzi yuqori bo‘lsa-da, jamiyatdagi ishlab chiqarish jarayoni boshqaruv yutuqlariga asoslangan ijtimoiy hokimiyat dastlab siyosiy davlat maqomi darajasiga etmagan ijtimoiy tashkilot turini o‘zida ifoda etgan. Bunday tashkilot boshqaruvchisi lavozimini bajaruvchi shaxslar o‘z mehnati evazi ga moddiy jihatdan rag‘batlantirilgan. Moddiy boyliklarni taqsimlash va jamoa mahsulotidan olinadigan ulush bunday kishilarning jamiyatdagi o‘rni va amaliga bog‘liq bo‘lgan. Shunday qilib, yulboshchi rahbarning dastlabki ijtimoiy foydali faoliyati kasbiy boshqaruvchilikka aylangan.
Boshqaruvning ilk bosqichlari qadimgi zamonlarga borib takdladi. Boshqaruv tamoyillari va vazifalari turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ularning shakllanish va rivojlanish bosqichlariga jamiyat rivojining ichki qonuniyatlari (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi, xususiy mulkning paydo bo‘lishi, hunarmandchiliq tovar ayirboshlash va savdoning tez rivojlanishi kabilar) bilan birga, tashqi omillar – kuchayib borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to‘qnashuvlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Qadimgi Sharqning dastlabki davlatlari alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda ishlov beriladigan erlar sug‘orish tizimi maydoni bilan chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o‘zlashtirilgan, xo‘jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi sug‘orma dehqonchilik vohalarida paydo bo‘lgan. Tarixshunoslikda bunday ilk davlatlar qadimgi Misr misolida “nom”- lar, ya’ni “viloyatlar” yoki shahar-davlatlar (Ikkidaryo oralig‘i) deb ataladi.
Eng qadimgi davlatlar bundan 5 ming yil avval, Qadimgi Misr va Ikkidaryo oralig‘ida (Dajla va Frot) paydo bo‘lgan. Davlatchilik tizimi bundan 4-3,5 ming yil avval YUnoniston, Kichik Osiyo, Eron, Kavkazorti, Hin- diston, Xitoy va O‘rta Osiyo hududlarida tarqalgan. Jahon tarixidagi ilk davlatlar yuqorida ta’kidlaganimizdeq dehqonchilik va chorvachilik kabi ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar paydo bo‘lgan hududlarda shakllangan. Boshqaruvning paydo bulish asoslari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish zaruriyati, jamoadagi urf-odatlarni bajarish, jamiyatning ijgimoiy-amaliy vazifalar jihatdan bo‘linishi.