O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Davlat boshqaruvi tushunchasi va boshqaruv tasnifi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə7/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

3. Davlat boshqaruvi tushunchasi va boshqaruv tasnifi.
Davlat o‘zining tarkibiy tuzilishi va aloqalariga ko‘ra ko‘ptizim-lilik xususiyatiga ega. Bu tizimda ko‘plab davlat idoralari va boshqa tuzilmalar, ko‘p sonli mansabdor shaxslar va boshqa xizmatchilar, millionlab kishilar ishga solinadi. Davlat boshqaruvida quyidagi tizimlar alohida ajratib ko‘rsatiladi:
1. Boshqaruvchi tizim – davlat boshqaruvi sub’ektini belgilovchi sifatida.
2. Boshqariladigan tizim – butun jamiyat va uning davlat ta’siriga tortilgan tarkibiy qismlari boshqaruv ob’ektlari sifatida.
3. O‘zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli institutlar.
3. O‘zaro hamkorlik tizimi – davlat va jamiyatning aloqalarini amalga oshiradigan turli institutlar.
Hokimiyatning markaziy idoralari va mintaqalarning o‘zaro aloqalari xususiyatlariga ko‘ra boshqaruvning subordinatsiyali va muvofiqlashtiruvchi shakllari farqlanadi. Muvofiqlashtiruvchi boshqaruv hokimiyatning yagona markaziy idorasi bilan birga to‘liq yoki qisman mustaqillikka ega bo‘lgan joylardagi idoralar ham mavjud bo‘lgan federatsiya yoki konferensiya shaklida amalga oshiriladi. Subordinatsiyali boshqaruv unitar davlatlar uchun xos bo‘lgan joylardagi hokimiyatning markazga ma’muriy bo‘ysunishi, quyi boshqaruv idoralariga ta’sir o‘tkazish, yuqori boshqaruv idoralaridan keladigan buyruqlarga majburan bo‘ysundirishiga asoslanadi. Mulk shakllaridan foydalanish mezonlariga ko‘ra, quyidagi boshqaruv turlari: federal boshqaruv; mintaqaviy boshqaruv; munitsipal boshqaruv; xususiy (korporativ) boshqaruv kabilar farqlanadi.
Boshqariladigan ob’ektlarga ta’sir o‘tkazishga ko‘ra, quyidagi soha (fuksional) va hududlar boshqaruvi mavjud: 1) Soha boshqaruvi markazdan to korxonagacha bo‘ysunish bo‘lishini nazarda tutadi. Bunday holat tarmoqda yagona texnikaviy siyosatni joriy etadgan, tarmoq ichidagi va tarmoqlararo muvozanatni ta’minlaydigan tarmoq vazirliklari orqali amalga oshiriladi. 2) Hududiy boshqaruv ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, ixtisoslashuvni chuqurlashtirish hamda mintaqalarni har tomonlama rivojlantirish, ularning iqtisodiy va ijtimoiy darajasini tenglashtirishga qaratiladi.
Muvaqqat harakat me’yorlarining miqyosiga bog‘liq holda boshqaruv strategik, taktik va tezkor ko‘rinishlarga bo‘linadi. Strategik boshqaruv jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan to‘liq yoki ayrim yo‘alishlar, sohalar, ob’ektlar, hududlar bo‘yicha uzoq muddatli mo‘ljallarni belgiab beradi, jamiyat rivojining maqsad-lari, vazifalari, strategiyalarini aniqlaydi va boshqaruvning har bir bo‘g‘iniga faoliyat yo‘nalishini beradi. Taktik boshqaruv – belgilan-gan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlardir. Bu qisqa muddatli boshqaruv bo‘lib, unda mavjud axborot negizidagi strategik mazmunga ega bo‘lgan ko‘rsatkichlar doimo ma’lum davrda erishilgan natijalar bilan qiyoslanadi. Tezkor boshqaruv joriy yoki tasodifiy chekinishlar natijasida paydo bo‘ladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda aniq vazifalar qo‘yiladi hamda vaziyatdan kelib chiqib, mavjud shart-sharoit asosida ma’qo‘l variant tanlab olinadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin