O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Boshqaruv tizimidagi funktsiyalar



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə6/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

2.Boshqaruv tizimidagi funktsiyalar.


Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, eng qadimgi davrlardan boshlab, bugungi kungacha quyidagi boshqarish vazifalari ustuvor bo‘lib kelmoqda: tashkil qilish, tartibga solish, nazorat, jamoatning ichki va tashai munosabatlarini boshqarib turish.
Qadimgi boshqaruv tizimi quyidagi funksiyalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan: iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, hududiy.
Iqtisodiy funksiyalar tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti muhim o‘rin to‘tgan. Jumladan, dehqonchilik ishlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, jamoa xo‘jaliklarida er va suvni taqsimlash, qurilish va sug‘orish-irrigatsiya ishlarini yulga qo‘yish, kishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va savdo-sotiq aloqalari. Ishlab chiqarishning turli bosqichlarda rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solishni nazorat qilish kabi ishlarni bajarish vazifalari ham paydo bo‘lgan.
Ijtimoiy funksiyalar jamoalardagi o‘zaro aloqalarni tartibga solish va muvofiqlashtirish, munozarali masalalarni hal qilish, jamoaning ichki va tashqi mumosabatlarini: huquqiy jihatdan boshqarib turish zaruririyatiga, asoslangan.
Harbiy-siyosiy funksiyalar tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, harbiy qo‘shinlarni tashkil etish, makonlar va tumanlar hududlarida mudofaa ishlarini amalga oshirish, tuman va viloyatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va munozarali masalalarni hal qilish kabi vazifalar asosida rivoj topgan.
Ilk davlatlarning hududiy asosini ularga aloqador bo‘lgan qo‘shni dehqonchilik tumanlari tashkil etgan. Xo‘jalik yuritish maqsadida o‘zlashtirilgan hududlarda aholi zich joylashgan bo‘lib, ular qadimgi “dehqonchilik tuman-vohalari” deb atalgan. Ularning har birida hosildor erlar va sug‘orish tizimidan tashqari uy-qo‘rg‘onlar va manzilgohlar (qishloqlar), ekin ekilmagan erlar va yaylovlar mavjud bo‘lgan. Qadimgi dehqonchilik tumanlarining tuzilishi tabiiy-geografiq ij­timoiy- iqtisodiy va madaniy muhit bilan bog‘liq edi. Bir necha tumanlar viloyatni tashkil etgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan bog‘liq holda boshqaruvning hududiy funksiyalari ham vujudga kelgan. Ushbu funksiyalar tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq jamoalari, tuman aholisi (bir necha kishloq jamoalari) va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish va boshqarib turish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Shu tariqa ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlangan. Ikkinchi bosqich jamoaning o‘zini-o‘zi boshqaruv muassasalarining yulboshchi hokimiyatiga to‘la buysundirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonda jamoa a’zolari o‘rtasidagi ichki va tashqi aloqalar huquqiy tartibot yanada takomillashib boradi. Bu holat esa davlat tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Qadimgi Sharqning ilk davlatlari tarixi dastlab jamiyatning qullar va quldorlarga bo‘linishidan boshlamagan ekan. Ushbu jarayonning muhim omillaridan biri mulkiy tabaqalanish bo‘lmasdan, sinfiy qarama-qarshilikka aloqasi bo‘lmagan jamiyatning ijtimoiy-amaliy vazifalar jihatidan bo‘linishidir. Bu hol, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga bog‘liq bo‘lgan. Davlatchilikning asoslari, siyosiy institutlar shakllangandan keyingi chuqur ijtimoiy tabaqalanish jarayonining boshlanshi bilan xarakterlanadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin