O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə11/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Davlat tuzilmalari tiplari
Butun qadimgi davr mobaynida O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’ida davlat birlashmalarining har xil tipla­ri mavjud bo’lgan.
Genetik belgisiga ko’ra ular orasida avtoxton, ya’ni maxalliy substrat asosida paydo bo’lgan va izchil rivojlangan davlat birlashmalari (Qang’, Xorazm) va yot, ya’ni O’rta Osiyodagi ikki daryo oralig’i to’g’idan-to’g’ri harbiy bosqin natijasida tarkibiga kiritilgan va keyinchalik bo’ysundirilgan davlatlar (Ahamoniylar im­periyasi, Baqtriyaning Yunon davlati) ajralib turadi.
Ushbu o’rinda mustahkam va uzoq vaqt o’rnashib qolgan va muayyan darajada substrat aholi bilan aralashib ketgan kelgindi bosqinchilar simbiozi natijasida pay­do bo’lgan davlat birlashmalarini ajratib ko’rsatish mumkin. O’rta Osiyodan chiqqan yuechjilar tomonidan milodiy II asr oxirida - milodiy I asr boshida So’g’d va Shimoliy Baqtriyada barpo etilgan davlat birlashmalari mana shunday aralash tipdagi davlatlarga tegishlidir. «Shimoliy qasrlar - Beyshilar tarixi (VII asr)»ga muvofiq Buxoro va Samarqand So’g’di bilan aynan deb qaraladigan An hukmdorlarining Chjaovu xonadoni, ya’ni dastlab O’rta Osiyodagi hozirgi Gansu muzofoti hududidagi Silanshan qoyasining shimoliy tomonida istiqomat qilgan yuechjilar bilan umumiy kelib chiqishga ega edilar. Biroq So’g’dga kelib chiqishi yuechji bo’lgan barcha sulolalarning ko’chib kelishi, bu yerda, shu jumladan Samarqand va Buxoroda o’rnashishi bilan ular «Chjaovu laqabini saqlab qoldilar». Ushbu sulolalar bu yerda VII-VIII asrlargacha hukmronlik qilgan. Jumladan, buxorolik hukmdor Alinga 627 yilda tan imperatori Txatszunga yozgan xatida bunday degan: ««Uning xonadoni yigirma ikkinchi tirsakda avloddan-avlodga podsholik» qilgan. Agar har bir podsholikka o’rtacha 20-30 yil ajratiladigan bo’lsa, Aminganing yuechji xonadoni taxminan 400-600 yil, ya’ni milodiy I asr boshidan boshlab podsholik qilgan.
Kelib chiqishi Chjaou xonadoni bilan bog’lanadigan Xorazm hukmdorlari sulolasi barqaror tusga ega edi.
Ushbu sulola, numizmatik ma’lumotlarga ko’ra, Xorazmda milodiy I asrdan boshlab milodiy VIII asrning o’zini ham ichiga olgan davrgacha hukmronlik qilgan. Davlat ramzlari bundan dalolat beradi: qadimgi va o’rta asrlar Xorazm tangalarining barchasida ular zarb qilingandan boshlab tugallangunga qadar otliq suvoriy va o’zgartirilgan tamg’a tasviri bor. Bu nafaqat O’rta Osiyoda, balki Sharqning boshqa davlatlarida hukmronlik qilgan barcha sulolalar uchun o’ziga xos hodisadir.
Demak, musulmonchilikkacha O’rta Osiyoda hukmron­lik qilgan sulolalarning genetik tabiatini tipologik aniqlash bilan chegaralandik xolos. Endi bevosita davlat birlashmalari tipologiyasi va shaklini ko’rib chiqamiz.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin