O`zbekiston davlatchiligi tarixi” fani bo`yicha O`quv – uslubiy majmuasi tuzuvchi: B. Ismailov


Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.: arzbegi –



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə62/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#160317
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68
ўзбек давлатчилиги тарихи

Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.:

  • arzbegi – dargohdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib, uning xizmati dargohga arz-dod, shikoyat bilan kelganlarni hamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabatlarini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib turish edi. Undan tashqari, tushgan arzlar, shikoyatlar va takliflarni oliy hukmdorga etkazib turish ham arzbegining vazifasi bo‘lgan;

  • adolat amiri – bu mansabdagi shaxs turli o‘lka, viloyat va shaharlarda “sipoh va raiyyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida” oliy hukmdorga hisobot va ma’lumot etkazib turgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, joylardagi ahvoldan boxabar bo‘lib turishning ikki yo‘lidan foydalanilgan:biri pastdan yuqoriga, ya’ni, arzchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dargohga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lganlar, ikkinchisi esa, maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog‘i, oliy hukmdor dargohi orqali tekshirib borilgan. Mavjud holatlar aniqlanib, shunga yarasha chora-tadbirlar ko‘rilgan;

  • aminlar – tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik, davlat va jamiyat manfaatiga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus ishonchli vakillar hisoblanib, ularning vazifasiga bundan tashqari tobe erlar to‘lovlarining yig‘ib kelish ham kirgan;

  • tavochi – muhim lavozimlardan biri bo‘lib, oliy farmonga ko‘ra, joylarga borib harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘illangan. Tavochilar avval boshdan belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minoti ko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan joyga muayyan yo‘l bilan o‘z vaqtida etib borishi kabi g‘oyatda ma’suliyatni tadbirlarga javobgar bo‘lganlar. Ularning boshlig‘i bosh tavochi deb atalib, ular tumanot (o‘n minglik), hazorajot (minglik), sadajot (yuzlik), etakchilaridan, viloyat hokimlaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan son va sifat, ta’minlanganlikda etkazish berish to‘g‘risida tilxat olganlar.

SHuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar (rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va tashkilotchilari), xazinador, xonsolar (dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi), jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va mana shu xizmatni boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar kabilar mavjud bo‘lgan.
Mamlakatdagi ijroya tizimi markazdagi vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan. Amir Temur somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginlar davrlaridagi ijroya hokimiyatining vazirliklar tizimini o‘z davriga moslab, yangi asoslarda qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Davlat boshqaruvida quyidagi vazirliklar mavjud edi:


  1. Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin