O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


Inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/165
tarix02.12.2023
ölçüsü3,87 Kb.
#171163
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   165
ozbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

2. Inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi va himoyalanishi.
Inson, uning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari hamda 
man fa atlari oliy qadriyat ekanligi.
3. Davlat va fuqaroning bir-birlari oldida o‘zaro mas’uliyati. 
4. Hokimiyatning qonuniyligi.
Hokimiyat demokratik saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi. Davlat 
hokimiyati mamlakatning ichkarisida va xalqaro miqyosda tan olinadi. 
5. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi. 
Davlat hokimiyati: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga 
bo‘ li nadi. Davlat hokimiyati vakolatlari mana shu uchala hokimiyat o‘rtasida 
taq simlanadi.
6. Sudning mustaqilligi.
Sudning faoliyatiga hech kim aralasha olmaydi. Sudlar faqat qonun 
talablariga bo‘ysunadi.
7. Huquqni muhofaza qilish mexanizmining samarali ishlashi. 
Ular inson huquq va erkinliklarini lozim darajada himoya qilishi kerak.
8. Yuqori darajadagi huquqiy madaniyat. 
Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, ularni hurmat qilish va 
ular ga rioya qilishda namoyon bo‘ladi.
9. Demokratiyaning rivojlanganligi va takomillashganligi.
Xalq davlat boshqaruvida qatnashadi, siyosiy huquqlar va erkinliklar 
kafo latlanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: 
– huquqning barcha subyektlari, shu jumladan, davlat organlari, man-
sab dor shaxslar va oddiy fuqarolar qonunlarga qat’iy rioya etishlari; 
– fuqaro va davlatning qonunlar doirasida bir-birlari oldida o‘zaro 
mas’ulligi;
– siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy ko‘p fi krlilik davlat tomonidan qo-
nu niy lashtirilganligi va kafolatlanganligi;
– fuqorolarning huquq va erkinliklarining ta’minlanganligi huquqiy 
davlatning afzalliklaridandir.
FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQIY DAVLAT
http:eduportal.uz


56
Mana shuning uchun ham jahonning eng ilg‘or mamlakatlarida huquqiy 
dav lat barpo qilish ustuvor vazifa qilib qo‘yilgandir.
Davlatning uchinchi oraliq turi ham mavjud bo‘lib, ular ushbu ikkala 
dav lat xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradilar. Bu davlatlarning ba’zi-
lari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga, ba’zi-
lari esa huquqiy davlatga yaqin tursalarda, ayrim jihatlari bilan ulardan 
farq la nadilar.
Bizning faoliyatimiz eng muhim konstitutsiyaviy qoidaga – 
ijtimoiy adolat tamoilining ta’minlanishiga qaratilishi shart.
Jamiyatda ijtimoiy adolat ta’minlanishini qaror topdirish borasidagi 
asosiy vazifamiz – bu adolatli qonunlar qabul qilishdan iborat.
Shavkat Mirziyoyev
1. Prezidentimizning yuqoridagi fi krida huquqiy davlatning asosiy 
belgilaridan qaysilari o‘z aksini topgan?
2. Huquqiy davlat sharoitida ijtimoiy adolatning ahamiyati haqida 
o‘z fi kringizni bildiring.
3. Atrofi mizdaga hayotdan Prezidentimizning yuqoridagi so‘zlarini 
tasdiqlovchi misollar keltiring. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ish-
larini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok 
etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini-o‘zi bosh-
qarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini de mok ratik 
tarz da tashkil etish, shuningdek davlat o‘rganlarining faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi.
32- moddadan.
1. Konstitutsiyaning yuqoridagi moddasi davlatning qanday turiga xos 
deb o‘ylaysiz? 
2. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlari huquqiy davlatning 
qay si xususiyatlariga mos keladi? 
http:eduportal.uz



Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin