99 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 99 99 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar Ijodiy faoliyat 1. “Baxt bank” mansabdorlari tadbirkor Gulbahor Xamroyeva bilan til birik tirib, “Chaqqon” fermer xo‘jaligining “Baxt bank”dagi 20 million so‘m mablag‘ini 2019- yil 11- fevral kuni G. Xamroyevaning hisob raqa miga sohta hujjatlar asosida o‘tkazib berishgan, boshqacha qilib ayt ganda kuppa-kunduz kuni talon-taroj qilishgan. Hozir bu holat bo‘yicha “Baxt bank”ning mansabdorlariga nisbatan JKning 167- moddasi 2- qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘z- g‘a tilib, tergov boshlab yuborilgan. 1) Yuqorida bayon qilingan holatga huquqiy baho bering. 2) Ushbu holatga nisbatan huquqiy normalarni qo‘llang. 3) Qo‘llagan huquqiy normalarning gipoteza, dispozitsiya va sanksiya qism larini ajratib ko‘rsating. 2. Shartli davlatingizda "ro‘y bergan" yuqoridagi misolda berilganga o‘xshash bitta shartli huquqbuzarlik holatini bayon qiling. Bu huquqbuzarlik holati bo‘yicha ham yuqorida berilgan topshiriqlarni bajaring. 1. Huquq normasi tushunchasini ta’rifl ab bering.
2. Huquq normasi zarurligini asoslab bering. Bunda, agar huquq normasi
mav jud bo‘lmasa, jamiyat qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mum-
kin ligiga e’tibor bering.
3. Huquq normasining asosiy vazifasi nimadan iborat?
4. Huquqiy normaning tarkibiy elementlarini sanab bering.
5. Gipoteza nima? Misol keltiring.
6. Dispozitsiya nima? Misol keltiring.
7. Sanksiya nima? Misol keltiring.
8. Har qanday huquqiy normada ham bu uch element mavjudmi? Javo bin-
giz ni asoslang. Huquq normasining qanday belgilari mavjud?
Ijodiy faoliyat