25 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 25 25 Davlat funksiyalari Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar 1. Sizning oilangizda qarilik pensiyasi, stipendiyalar va davlat nafaqalarini oladiganlar bormi? Bu to‘lovlarni kim amalga oshiradi? 2. Hozir joylarda Davlat xizmatlari markazlari faoliyat ko‘r- satmoqda. Bu markazlar qanday xizmatlarni ko‘rsatishini bilasizmi? Davlat tomonidan bu markazlar orqali aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarga bir nechta misol keltiring. 3. Shahringiz (qishlog‘ingiz) ko‘chalarida yurganingizda bu yo‘l- larni qurish va ta’mirlashni kim bajarishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘r- gan misiz? Nima sababdan bunday ishlar amalga oshiriladi deb o‘y laysiz? 4. Ichki ishlar, sud, prokuratura organlari va mamlakatimiz Qurolli Kuchlari mavjud bo‘lmasa qanday muam molar yuzaga kelishi mumkin? Siz bunday vaziyatda yashash ni istarmidingiz? 5. Kundalik hayotingizdan davlat bilan bog‘liq bo‘lgan holat va vaziyatlarga misollar keltiring. 6. Davlatsiz yechish qiyin bo‘lgan muammolarga misollar keltiring. 1 4 2 5 3 SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT 5- mavzu Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar http:eduportal.uz
26 Davlatning funksiyalari – davlat faoliyatining asosiy yo‘na- lish lari bo‘lib, ularda davlatning ijtimoiy jihatlari ro‘yobga chiqariladi. Davlatning funksiyalarini o‘rganishda bu funksiyalarni tasnifl ash
(guruhlash) uslubi qulaydir. Tasnifl ashni quyidagi me’zonlar bo‘yicha
amalga oshirish maqsadga muvofi qdir: