71 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 71 71 –
Oliy M ajlis faoliyati jarayonida manfaatlar muvozanati tizimini
shakllantirish;
–
qonun ijodkorligi ning sifatini ta’minlash;
– umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakil lik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amal ga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonun chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil. 76- modda. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘ -
ri sida”gi konstitutsiyaviy qonunda parlamentimiz Qonunchi lik pa la ta si-
ning, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati to‘g‘ ri si da” gi
kons titutsiyaviy qonunda esa Senatning maqomi, vakolatlari va fa oli yat
yo‘nalishlari aniq belgilab berilgan.
Bu palatalarning tarkibi ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga
mos ravishda shakllantirilishi qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan.
Bunda
Senat ning hududlar manfaatlarini ifoda etishini inobatga olgan
hol da uning tarkibi asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakilla-
ri dan tashkil topadi. Senat boshqacha nom bilan
parlamentning yuqori pa latasi deb ham yuritiladi.
Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy
pro fessional asosda amalga oshiradi va uning tarkibi asosan qonun va
bosh qa huquqiy hujjatlar yaratish uchun zarur bilim, tajriba va malakaga
ega yuqori saviyadagi mutaxassislardan iborat bo‘ladi. Qonunchilik pala-
tasi boshqa nom bilan