72
palatasining deputatlari – hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha
ko‘p par tiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huqu qi
asosi da yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati hududiy vakillik
pala tasi bo‘lib, 100 nafar Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari, Qora qal-
pog‘is ton Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar,
tumanlar va shaharlar
dav lat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma
maj lis larida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng
miqdorda – olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish
sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining
boshqa tarmoqlarida
katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng
obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbe-
kiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqa rosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi
de pu tati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
a’zo si bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
qo nun bilan belgilanadi.
Bitta shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Maj li-
sining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tar-
ki bidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.
O‘zbe kiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisi
va uning o‘rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi
Prezi dentining taqdimiga binoan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputati
va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular Qonunchilik pala-
tasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi,
ushlab turilishi,
qamoq qa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga
torti lishi mumkin emas.
http:eduportal.uz