94
Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Axloq so‘zini qanday tushunasiz?
2. Axloq tushunchasiga ta'rif bering.
3. Huquq qay tariqa paydo bo‘lgan?
4. Obyektiv huquq nima? Misol keltiring.
5. Subyektiv huquq nima? Misol keltiring.
6. Huquqning belgilari va xususiyatlarini sanab bering.
7. Huquq funksiyalarini sanab bering.
8. Huquqning tartibga solish funksiyasining mohiyatini aytib bering.
9. Huquqning qo‘riqlash funksiyasining mohiyatini aytib bering.
10. Huquqning tarbiyalash funksiyasining mohiyatini tushuntiring.
11. Axloq alohida inson uchun zarurroqmi yoki jamiyat uchunmi?
12. Axloq bilan huquq tushunchalarining bir-biri bilan qanday bog‘liqligi
bor, deb o‘ylaysiz?
13. Agar bu ikki tushuncha o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, unda nima
o‘zgartiriladi – huquqmi yoki axloqmi? Nima uchun?
14. Axloq va huquq o‘rtasidagi farqlarni sanab bering.
Ijodiy faoliyat
1.
Tuzgan shartli davlatingiz fuqarolarining “Axloq kodeksini” yozing.
2.
Bu “kodeks”da keltirilgan qoidalarni buzganlik uchun qanday
mas’uliyatlarni nazarda tutgan bo‘lar edingiz?
3.
Bu qoidalar qay darajada “huquq” ta’rifi ga mos keladi va ularda
huquqning qanday belgilari mavjud?
4.
O‘tilgan mavzularda olgan bilimlaringizdan foydalanib quyidagi
matnni sharhlang.
O‘z huquq va majburiyatlarini bilish mamlakatimizning har bir
fuqarosi uchun juda muhimdir. Agar biz o‘z huquqlarimizni bilsak,
ulardan to‘g‘ri foydalana olsak va ularni himoya qila olsak, bu bizning
huquqiy jihatdan madaniyatli bo‘lishimizni ta’minlaydi. Shuningdek, bu
boshqa fuqarolar huquqlarini buzmaslikka ham xizmat qiladi. Chunki
ular ham biz kabi Konstitutsiyamiz va qonunlarga muvofi q bir xil huquq
va erkinliklardan foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: