97 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 97 97 jari ma yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” . Yuqoridagi moddaning “
Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shart la- ri ni buzish ” qismi gipotezaga misol bo‘la oladi.
“Og‘ir oqibatlarga sabab bo‘l sa” qismi dispozitsiya
, “eng kam oylik ish haqining ellik barobaridan yuz barobarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” qismi esa sanksiyaga misol bo‘la oladi.
Ayrim qonun hujjatlarida huquq normasi bu uch tarkibiy elementdan
emas, balki 2 ta tarkibiy elementdan tashkil topgan bo‘lishi ham mumkin. Ma-
sa lan, har qanday mamlakat Konstitutsiyasidagi moddalar asosan gipo teza va
dis pozitsiyadan iborat bo‘lib, sanksiya elementi deyarli ko‘zda tutil magan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6- moddasini oladigan
bo‘l sak, u yerda, “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shah-
ri” deb e’tirof etilgan. Bu modda huquq normasiga misol bo‘la oladi va bu
mod da faqatgina dispozitsiyadan iborat.
Huquq normasining quyidagi belgilari mavjud:
– davlatning (xalqning) irodasini aks ettiradi;
– davlat tomonidan normativ hujjatlarda aks ettiriladi;
– davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning
maj burlov kuchi bilan ta’minlanadi;
– jamiyat va davlat nuqtai nazaridan eng muhim bo‘lgan ijtimoiy muno-
sa bat larni mustahkamlaydi.
“Norma” so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda “qoida”, “namu- na” ma’nosini anglatadi. Gipoteza – yunoncha so‘z bo‘lib, faraz qilish, fi kr yuritish degan ma’no ni anglatadi.