109 O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI 109 109 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar Sharhlang! Davlat qonun chiqaruvchi organining huquq ijodkorlik faoliyati
natijasida bajarilishi majburiy bo‘lgan muayyan huquqiy hujjat paydo
bo‘ladi.
1. Huquqiy munosabatlar deganda nimani tushunasiz? Misollar keltitring.
2. Huquqiy munosabatlar obyekti nima? Subyekti-chi? Misollar keltiring.
3. Huquqiy layoqat va muomala layoqati o‘rtasida qanday farqlar mavjud?
4. Huquqiy odat nima? Huquqiy pretsedent-chi?
5. Nima uchun oldingi savoldagi tushunchalar huquqiy manba sifatida
qaral maydi?
6. Umummajburiy xulq-atvor normalarini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar qan-
day nomlanadi? Ular nima uchun kerak?
Ijodiy faoliyat Tuzgan shartli davlatlaringizda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy vaziyatlarga 4 ta misol keltiring. Bu vaziyatlarda: 1) Qanday shaxslar qanday huquqiy munosabatlarda ishtirok etayotganini ko‘rsating. 2) Bu huquqiy munosabatlarning obyektlarini va subyektlarini ajratib bering. 3) Huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqiy va muomala layoqatlari to‘g‘risida nima deya olasiz? 4) Yuqoridagi vaziyatlardan foydalanib, shunday normativ-huquqiy hujjatlar tuzing-ki, ular yuqoridagi vaziyatlarni hal qilsin. 4. Vazirliklar va boshqa davlat idoralarining buyruq va qarorlari;
5. Mahalliy vakillik va ijroiya davlat organlarining qarorlari.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti
tomonidan qabul qilingan bitim bo‘lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi,
o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir.
Xalqaro shartnoma va boshqa xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar bilan
keyingi mavzuda batafsilroq tanishamiz.