111
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
111
111
Ma’lumki, qonunlar va qonunosti hujjatlar,
eng avvalo, ijtimoiy muno-
sabat larni huquqiy tartibga solib turuvchi asosiy vositalardir. Shuning
uchun ham O‘zbe kiston Respublikasining huquq manbalarini o‘rganishni
qonunlardan boshlash mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi.
Ammo, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra,
qonunning
mam lakat ichidagi va xalqaro qoidalari o‘rtasida tafovut bo‘lgan hollarda
xal qaro shartnoma yoki bitimlar ustuvor hisoblanadi.
Shuning uchun ham, O‘zbekistonning huquqiy manbalarini o‘rganishni
xal qaro huquq hujjatlaridan boshlashimiz tabiiy.
Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari
va normalari ham-
da O‘z bekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekistonning
eng birin chi huquq manbalaridir.
Xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari va normalari
–
xalqa ro huquqning asosiy qoidalari bo‘lib, ularni xalqaro huquqning barcha
sub yektlari tan olgan va ularni bajarishga majburdirlar.
Davlat suverenitetini
hur mat qilish, zo‘rlik ishlatmaslik, davlatning
hududiy yaxlitligi
ni tan olish,
nizo larni tinch yo‘l bilan hal etish,
ichki ishlarga aralashmaslik, xalqlarning
teng huquqliligi, insonning huquq va
erkinliklarini hurmat qilish, davlatlar
o‘rta sidagi hamkorlik, xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni bajarish ana
shu lar jumlasidandir.
1995- yilda “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartno ma lari
to‘g‘risidagi qonuni” qabul qilingan.
4. Bu Qonun, Farmon va Qarorlarni bajarish joylarda
amalga oshi ri lishini e’tiborga olgan holda, ularni bajarish
uchun davlatning ma hal liy organlari yana qanday hujjatlar
tayyorlashlari lozim ligini taxmin qilib ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: