113
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
113
113
Qonun zamonda amal qiladi, ya’ni qonun muayyan muddat
davo mida amal qiladi. Bu muddat qonunda ko‘rsatilgan sanadan bosh-
la nadi.
Qonun makonda amal qiladi. Ya’ni, qonunlar mamlakatning barcha
hu dud larida amal qiladi.
Qonun osti hujjatlari qonunlar asosida qabul qilinadi:
1) Prezident farmonlari;
2) Hukumat qarorlari;
3) Boshqa ijroiya organlarning normativ hujjatlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari uning hududidagina
amal qiladi.
Qonun shaxslarga nisbatan amal qiladi, ya’ni qonunlar ushbu
hududdagi
bar cha subyektlar, ya’ni fuqarolar,
yuridik shaxslar, davlat organlari, kor-
xo na lar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Lekin, istisnolar ham mavjud. Masalan, Saylov kodeksining talablari
faqat O‘zbekiston fuqarolariga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida farmonlar,
farmoyishlar va qarorlar chiqaradi
. Ular O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
xo‘jalik
va ijtimoiy hayotning eng muhim masalalari bo‘yicha qabul qilinadi. Ular,
odat da, umumiy xususiyatga va huquq normalariga ega bo‘lib, huquq man-
ba lari hisoblanadi.
Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining
hujjatlari ushbu
organ lar tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tar-
tib ga soladi. Bunday vakolatlar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,
Markaziy
bank va boshqa tashkilotlar faoliyatida ko‘rinadi.
O‘zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlarning, fuqarolarning huquq-
la ri va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni
qayd etish davlat
tizi mi joriy etilgan. Ushbu vazifa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
zim masiga yuklatilgan.
Dostları ilə paylaş: