O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

167
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
167
167
ti rilishi mumkin. Agar u o‘n olti yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning ismi yoki 
fami liyasini o‘zgartirish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor 
bo‘lish huquqiga ega emas.
Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga 
ega lik qilish huquqiga ega emas. Voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasidan 
yo ki boshqa insonlardan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bunda 
bo la ga tegishli har qanday mablag‘, xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqa 
tur da gi nafaqa bo‘lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning ta’minoti, 
ta’ lim-tarbiya olishi uchungina sarfl anishi kerak bo‘ladi.
Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi ham 
mum kin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday 
mulk ka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin. 
Va nihoyat, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda 
had ya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va 
tad bir korlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki 
hi sob lanadi.
Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi 
buyum lari (kiyim-kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) 
ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Amerikalik bir do‘stimning uyiga mehmonga bordim. Do‘stim 
bilan hol-ahvol so‘rashib turgandim, uning o‘g‘li o‘qishdan keldi.
– Ota men keldim. “Salom” dedida (inglizchada) yuqori qavatdagi 
o‘z xona siga chiqib ketdi. Biroz vaqt o‘tib, allaqanday rok guruhining 
musiqasi uyni to‘ldirib yangray boshladi. Men do‘stimga, – hozir bosh 
og‘ri g‘idan shikoyat qilayotgan eding, o‘g‘lingga aytsang bo‘lmaydimi, 
sal pasaytirsin, – dedim. Do‘stim menga: “Bu o‘g‘limning huquqi, men 
unga pasaytir deya olmayman, u dam olyapti”, – deb javob berdi. 
1. Bizning milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan ushbu oiladagi 
huqu qiy munosabatlarni ijobiy baholash mumkinmi?
2. Bola o‘z huquqidan foydalanar ekan, boshqalarning qanday huquq-
larini buzdi?

Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin