131
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
131
131
Yuridik javobgarlik – huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning
huquq normalariga asoslangan, o‘z qilmishi uchun javob berishi, davlat
maj burlov choralari ko‘rinishidagi oqibatlarga duchor bo‘lishi va ularni
boshi dan kechirishidir.
Huquqbuzarlik turlari yuridik javobgarlik turlariga mutanosibdir:
♦
fuqarolik huquqbuzarligi – fuqaroviy (moddiy)
huquqiy javobgarlikni;
♦
ma’muriy huquqbuzarlik – ma’muriy javobgarlikni;
♦
intizomiy huquqbuzarlik –
intizomiy javobgarlikni;
♦
jinoiy huquqbuzarlik – jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Yuridik javobgarlik
sud tartibida
,
ma’muriy tartibda
yoki
intizomiy
tar tibda
amalga oshiriladi.
Yuridik javobgarlikning ikki turi farqlanadi:
1) Jarima yoki jazo;
2) Huquqni tiklovchi javobgarlik.
Jarima
yoki
jazo
turi o‘z navbatida quyidagilardan iborat:
Vakolatli organ qonun asosida huquqbuzarga
nisbatan yuridik
javobgarlik choralarini qo‘llaydi. Bu choralar ijtimoiy munosabatlarni
mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza qilishga qaratilgandir.
Yuridik javobgarlik quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
qonuniylik;
adolatparvarlik; jazoning muqarrarligi; maqsadga muvofi qlik; bag‘rikenglik;
ayb uchun javobgarlik; huquqbuzarning bitta huquqbuzarlik
uchun bir necha
tomonlama javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Intizomiy
— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodek si ning 181- mod-
dasiga binoan quyidagi turlardan iboratdir:
♦
hayfsan; jarima solish; mehnat shartnomasini bekor qilish.
Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (or-
gan lar) tomonidan qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: