O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari 1 O. Karimova, N. Ismatova, sh. Sariqov, O. Amanova o‘zbekiston davlati va huquqi asoslari


Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari



Yüklə 9,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/165
tarix24.09.2023
ölçüsü9,29 Mb.
#147967
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165
o\'zbekiston davlati va huquqi asoslari 8 uzb

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari 
Qoraqalpog‘istonning hudu-
di da ijro etilishi shart.
Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchga kiradi:
1) rasman e’lon qilinganidan ma’lum muddat o‘tgach;
2) qonunda yoki maxsus hujjatda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab.
Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchini yo‘qotadi:
1) qonunning o‘zida ko‘rsatilgan muddat tugagan bo‘lsa;
2) ushbu qonun bekor qilinishi natijasida.
Qonunning orqaga qaytish kuchi amalda kam qo‘llaniladi. O‘zbekistonda 
jino yat yoki ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi qonunlar ayrim hol-
larda orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin. 
http:eduportal.uz


113
O‘ZBEKISTON DAVLATI VA HUQUQI ASOSLARI
113
113
Qonun zamonda amal qiladi, ya’ni qonun muayyan muddat 
davo mida amal qiladi. Bu muddat qonunda ko‘rsatilgan sanadan bosh-
la nadi.
Qonun makonda amal qiladi. Ya’ni, qonunlar mamlakatning barcha 
hu dud larida amal qiladi.
Qonun osti hujjatlari qonunlar asosida qabul qilinadi:
1) Prezident farmonlari;
2) Hukumat qarorlari;
3) Boshqa ijroiya organlarning normativ hujjatlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari uning hududidagina 
amal qiladi.
Qonun shaxslarga nisbatan amal qiladi, ya’ni qonunlar ushbu hududdagi 
bar cha subyektlar, ya’ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, kor-
xo na lar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Lekin, istisnolar ham mavjud. Masalan, Saylov kodeksining talablari 
faqat O‘zbekiston fuqarolariga tegishlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida farmonlar, 
farmoyishlar va qarorlar chiqaradi
. Ular O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
xo‘jalik 
va ijtimoiy hayotning eng muhim masalalari bo‘yicha qabul qilinadi. Ular, 
odat da, umumiy xususiyatga va huquq normalariga ega bo‘lib, huquq man-
ba lari hisoblanadi.
Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlari ushbu 
organ lar tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tar-
tib ga soladi. Bunday vakolatlar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy 
bank va boshqa tashkilotlar faoliyatida ko‘rinadi.
O‘zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlarning, fuqarolarning huquq-
la ri va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni qayd etish davlat 
tizi mi joriy etilgan. Ushbu vazifa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
zim masiga yuklatilgan.

Yüklə 9,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin