[5]
I-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI
VA TARBIYASI, TA’LIM TARBIYANING ROLI
1.1. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar rivojlanishida tarbiyaning o’rni
uning ahamiyati
Maktabgacha davr – bu bolaning o’sish, rivojlanish, o’zini namoyon etishga
intilish, o’rganishga, bilishga ishtiyoqi kuchli bo’lgan davrdir. Aynan shu davrda
bolaning insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor
yaratiladi. Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim-tarbiya qanchalik erta
boshlansa, samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va bolaning butun hayotiga
ijobiy ta’sir qiladi. Maktabgacha ta’lim-tarbiya – har bir bolaga individual
yondashish, uni
shaxs sifatida hurmat qilish, ma’naviyaxloqiy tomondan
tarbiyalash, bolaning qiziqish va ehtiyojiga mos tarzda ta’lim berishni nazarda
tutadi. Maktabgacha ta’lim mazmuni va metodlari bola shaxsining shakllanishi,
uning mustaqil shaxs sifatida tan olinishi jarayonlari kechadigan muhitda tashkil
etilishi katta ahamiyatga ga. Zero, shaxs sifatida shakllangan,
kamol topgan bola
o’zini, o’zligini taniydi va kelajakda millatning, yurtning faxriga aylanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolaning kelajak hayotida muvaffaqiyatga
erishishiga yordam beruvchi jismoniy, aqliy va ma’naviy qobiliyati bilish
jarayonida, bizni o’rab turgan atrof-muhitni o’rganish, nutq o’stirish, badiiy asarlar
tinglash, rasm chizish, qurishyasash, jismoniy mashqlar bajarish va boshqa faoliyat
turlarida rivojlanadi. Bu faoliyatlarda yo’nalishlar bir-biri bilan uyg’unlashtirilib
integrallashgan rejalashtirish asosida tashkil etiladi hamda o’yin shaklida
qiziqarli tarzda olib boriladi. O’yin kichkintoyning tabiiy ehtiyojlari va istaklariga
mos kelganligi sababli, o’yin jarayonida o’rganayotgan
mavzuni quvnoqlik bilan
takrorlaydi, yengillik bilan o’zlashtiradi.
Tarbiya-ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandavrdan beri
mavjud. Alisher Navoiy “Maxbub ul qulub” asarida tarbiyaning kuchi va
sharofatini quyidagicha ta’riflaydi: “Itka taalumda chu bo’ldi kamol, Sayd aning
ag’zidin o’ddi xalol, olim ul it kim najasul ayn erur, o’g’ling jahl ulsa, ajab shayn
erur. (It o’rganish bilan tutgan ovini eyish mumkin bo’ladi. Eng iflos maxluq
[6]
hisoblangan it olim bo’lganida (ovlashni o’rganganida) o’g’ling johil qolishi juda
xunuk ishdir). Alisher Navoiy tarbiyaning asosiy belgilaridan biri, bolaga yaxshi
ism qo’yish, ilmu adab o’rgatish,
ota-onaga, umuman, kattalarga hurmat hissini
singdirihdan iboratligini o’qtiradi.K.D.Ushinskiyning: “Pedagogika adabiyotining
foydasi” nomli risolasida:
“Tarbiyalash ishi, shubhasiz, insonning aqliy va ongli faoliyatlaridan
biridir: tarbiya tushunchasining o’zi tarixan vujudga kelgan va u tabiatda yo’q,
narsadir. Tarbiyalash faoliyati fikr yuritishni, haqiqatni anglashni ham o’rgatadi”,
deyilgan.Bolaning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi
uzoq davom etadigan
murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan
mazmunan, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo’lgan insoniy
tajribani o’zlashtirish usullarini hali egallanmagan bo’ladi. Bola shaxsini
rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik rolini,
uning har bir bola shaxsini
shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi.
Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida
tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog’liq
bo’lgan barqaror aloqalardir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’z navbatida ota-
onalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan
hamkorlikning eng samarali usullaridan biridir. Tarbiya mazmuni deganda,
qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan bog’liqikda tarbiyalanuvchilarning
egallashi
lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi
tushuniladi.
Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda
ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
Jamiyat rivoji uchun zarur bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha
hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
Madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini
ta’minlash;
[7]
Ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga
olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga
solish.
Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan, ma’naviy
axloqiy, aqliy, estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini
birgalikda olib boorish
yaxshi samar beradi.
U bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga sim
qo’yishdan boshlashni lozim deb topadi. Bolaga munosib ism tanlash ota-onasining
dastlabki olijanob vazifasi deb biladi. Agar qadimgi yunon faylasuflari Platon va
Aristotellar bola tarbiyasini davlat ixtiyoriga qo’ysalar,boshqa bir faylasuflar esa
bola tarbiyasi bilan avvalo ota-ona shug’ullanishi kerak deydi.