1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida ertaklarning ahamiyati
Maktabgacha yosh davri bolaning hayot haqidagi ilk tasavvurlari
shakklanadigan davri hisoblanadi.Bu davrda olingan har qanday bilim bolaning
boshqa fanlarni o‘zashtirishida katta ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun ham
bugungi kunda Maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berilmoqda. Kelajak avlodni
tarbiyalashni maktabgacha ta’lim yoshdan boshlash kerakligi ta’kidlanmoqda. Shuni
ham aytish joyizki bola tarbiyasini nafaqat maktabgacha yosh davridan balki,ona
qornidan boshlash lozim.Chunki bola ona qornidaligidanoq olamni seza
boshlaydi.Har bir ota-ona bunga e’tibor berishi lozim.Barkamol avlodni tarbiyalash
uchun avvalambor ota-onalarning o‘zlari ma’naviyatli bo‘lmog‘i lozim.Buning
uchun bugungi yoshlarimiz yaxshi bilim olsa,dunyoqarishi keng bo‘lsa, keyingi
keladigan avlod ham yuksak ma’naviyatli bo‘lib boraveradi.Shuning uchun ham
Prezidentimiz nafaqat Maktabgacha ta’lim tizimiga,shu bilan birgalikda yoshlarni
ta’lim olishiga, kerak bo‘lsa xorijiy davlatlarda o‘z bilimlarini oshirishi uchun
yetarlicha shart sharoitlar yaratib bermoqda.
Insoniy yaxshi fazilatlarni targ‘ib qilish yoki aksincha xarakterdagi yomon
jihatlarni bayon etishda eng qulay va ta’sirchan usullardan biri ertak hisoblanib,
bolalarga yaxshi va yomonni ajratishga,hayotni bolalar tilida tushunishga yordam
beradi. Garchi ertaklar haqiqatga to‘g‘ri kelmasada, bolalarga ijobiy ta’sir qiladigan
ta’lim berishning eng samarali usullaridan hisoblanadi. Ertaklar bolalar rivojlanishi
uchun asosiy bilimlarni qiziqarli,sodda ko‘rinishda yetkazib beradi.Shuningdek,
ertak bolalarning tafakkur doirasini kengaytirib, xotirasini yanada kuchaytirish
maqsadida mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sanaladi.
Turli-tuman sarguzasht voqealar asosiga qurilgan syujet, o‘zida yaxshilik, insoniylik
fazilatlarini singdirgan, xotirada tez saqlanib qolishdek xususiyatiga ega va bayon
etishga oson, talaffuz qilishga qulay sintaktik qurilmalardan, tarkibida turli xil
jumboqlardan tashkil topgan ertaklar bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy rivojlanishi, fikrlashni
shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi.Bu ertak yordamida bajariladi. Ertak - bu
shunday belgilar tizimi bo‘lib, uning yordamida bola atrofdagi voqelikni o‘zi
[9]
tushungandek talqin qiladi.Ertak tanlayotganda, bolalarning yoshini va ruhan
rivojlanganligini hisobga olish lozim.Tarbiyachi va ota-onalar bunga e’tibor
bersagina ertaklar boalalarga foyda keltirishi mumkin. Ertaklardan foydalanish
bolalarning qobiliyatlarini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.Ertakdan
foydalanib, bolalarga ta’lim berishda yuqori natijalarga erishish mumkin.
Bolalar tarbiyasi bilan ishlashda ertak terapiyasidan ham foydalaniladi. Ertak
terapiyasi eng qadimiy usul hisoblanadi. Ota-bobolarimiz ham farzand tarbiyasi
chog‘ida jinoyatchi bolani jazolashga shoshilmay, unga ertak aytib berishgan, bu
ertak orqali bolalar o‘z xatolarini tushnib yetishgan. Ertaklar axloqiy tarbiya
beruvchi vosita bo‘lib xizmat qilgan, bolalarga qanday yashashni o‘rgatgan.
Ertakning inson hayotiga qanday ta'sir qilishini har bir ota-ona,tarbiyachi bilsagina
bola rivojlanishiga juda ko‘p yordam bera olish mumkin. Ertak terapiyasi natijasida
bola kattalarning yordamini his qiladi. Shuningdek, ertak dunyosini idrok etish
orqali maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy sohasini rivojlantirish uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratish, tasavvurni shakllantiradigan tasvir va g‘oyalar bilan
boyitish mumkin.
Ertak terapiyasi usullari ota-onalar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim. Buning
uchun ular tarbiyachi va psixologlardan maslahatlar olishi lozim.
Ertak terapevtlari tomonidan ishlatiladigan ertak turlari:
1) Meditativ (ishlatiladi psixo-emotsional stressdan xalos bo‘lish uchun).
Qoidaga ko‘ra, vositachilik qilingan ertaklarning syujetida salbiy belgilar va
ziddiyatlar mavjud emas.
2) Didaktik , o‘quv topshirig‘i shaklida. Bolalarga yangi bilimlarni yetkazish
uchun foydalaniladi.
3) Badiiy (xalq). Ularda xalq donoligi bor. Oddiy, tushunarli syujet axloqiy
tarbiyaga hissa qo‘shadi.
4) Psixoterapevtik . Ushbu ertaklarning o‘ziga xos xususiyati baxtli yakundir.
Bolalar ular uchun rasmlar chizadilar, spektakl qo‘yadilar, bosh qahramonlar
tasvirlari asosida o‘yinchoqlar yasaydilar.
[10]
5) Psixokorrektiv . Aytilgan ertaklar maktabgacha yoshdagi bolaning xulq-
atvoriga yumshoq va befarq ta'sir qiladi. Ertakning axloqi muhokama qilinmaydi,
bolaga o‘zi bilan yolg‘iz o‘ylash imkoniyatini beradi.
Bolalarga bilim berishda, aqliy rivojlantirishda matematik ertaklardan
foydalaniladi.
Matematik ertak - sarguzasht janriga asoslangan badiiy matndir. Matematik
ertaklar bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Ertak orqali
maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik qobiliyatlarni rivojlantirish va
matematikaga qiziqishni qanday uyg‘otish mumkin. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida
ertaklardan foydalanganda asosiy e'tibor uni chuqur anglashga, ongli va faol
assimilyatsiyaga qaratiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, guruhda og‘zaki ertaklarning
maxsus tanlangan repertuarlaridan matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
muntazam foydalanish kognitiv imkoniyatlar va qobiliyatlarni rivojlantirishga
qaratilgan, maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik dunyoqarashini
kengaytiradi, matematik rivojlanishiga yordam beradi, matematik tayyorgarlikni
sifatini yaxshilaydi, bolalarga ko‘proq imkoniyat yaratadi.
Bolalarning aqliy rivojlanishiga yordam beruvchi matematik ertaklarga
quyidagi ertakni misol qilib keltirish mumkin:
“ 2 raqam kimga yoqadi? “ ertagi.
2 raqami yoʻl boʻylab ketayotgan edi va kimdir buta ostida yig‘layotganini
eshitdi.
- Men - men - yoʻqolib qoldim.
-U butaning ostiga qaradi va u yerda katta kulrang joʻjani koʻrdi.
-Sening onang kim?
- Mening onam goʻzal va katta qushdir. U sizga oʻxshaydi, - chiyilladi joʻja.
Yig‘lama, biz uni topamiz,- dedi 2 raqami.
- U joʻjani dumiga qoʻydi va ular onasini qidirishga ketishdi. Koʻp oʻtmay,
[11]
Ikkovi oʻtloq ustida uzun dumli goʻzal qushni koʻrdi.
- Bu sizning bolangiz emasmi, goʻzal qush? – deb soʻradi 2 raqami.
- Men qush emas, ilonman.Mening qanotlarim ham yoʻq.
-Pi-pi, bu onam emas, mening onam sizdek, - dedi joʻja.
Ikkisi uzoqroq yurishdi,so‘ngra katta bir qushning katta maydonga
qanday qoʻnganini koʻrdilar.
- Joʻjangni yoʻqotdingmi, katta qush? – muloyimlik bilan soʻradi 2-raqam.
– Men qush emas, samolyotman. Samolyotlarda joʻjalar yoʻq, deb javob berdi
samolyot.
Toʻsatdan 2 raqami osmondan tushayotgan qordek oppoq katta qushni koʻrdi.
– Oqqushim, men seni izlayotgandim, - xirilladi qush.
-Oyi, 2-raqam bilan tanishing.U meni qutqardi,-chiqirdi joʻja.
– Yordamingiz uchun rahmat. Siz juda mehribon ekansiz va oqqushga
oʻxshaysiz. “Keling, do‘st bo‘lamiz”
103
Bu kabi ertaklar bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantiradi.Tarbiyachilar ota-
onalar bilan hamkorlikda bunday ertaklarni bolalarga ko‘proq aytib berishi va
savollar orqali muhokama qilishlari lozim.Shundagina bolalar xotirasida o‘tilgan
mashg‘ulotlar mustahkamlanib boraveradi.
Bugungi kunda boalarga ertak o‘qib beradigan ota-onalarning soni afsuski
kamayib bormoqda.Bolalarning aqliy tarbiyasi bilan birga,o‘zbek xalq ertakalri
orqali axloqiy tarbiyasiga ham ertaklar orqali ta’sir qilish,ularni to‘g‘ri tarbiyalash
mumkin.Buning uchun tarbiyachilar ota-onalarga bu borada maslahatlar
berishi,ertak kitoblarni o‘zlari tavsiya qilishi lozim.Chunki tarbiyachi boalning
yoshiga mos ertaklarni bilganligi uchun tog‘ri kitobni tavsiya qila oladi.
Bundan tashqari hozirda zamonaviy texnologiayalar tobora rivojlanib
bormoqda.Bu rivojlanish ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib ,ta’lim
samaradorligini ma’lum darajaga oshirdi desak adashmagan bo‘lamiz.Multimedia
vositalari bolalarga ertaklarni tinglash imkonini yaratdi.Bundan tashqari
ertaklarning multifilm ko‘rinishiga kelishi bolalar uchun juda qiziqarli va ta’lim
[12]
olishiga katta yordam berdi.Lekin bu jarayonga bog‘lanib qolishlik tavsiya
etilmaydi.Chunki ota-onalar bolalarga o‘zlari ertak o‘qib berishlari bola ruhiyatiga
ta’sir qilib ularda mehr tuyg‘usini shakllantiradi.Buni har bir ota- onalar e’tiborga
olishlari lozim.Tarbiyachilar ota-onalar bilan bo‘ladigna suhbat,yig‘ilishlarda bu
boradagi o‘z tavsiyalarini berishsa, ota-onalarda ham pedagogik qobiliyatni
shakllantirish uchun treninglar o‘tkazib turishsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Shuningdek, ta’lim jarayonida doimo bir xil ertaklardan foydalanish ham
kutilan natijani beravermaydi,doimo yangi ertaklardan foydalanish lozim.Ana
shunday sharoitda yangi bilimlar o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘lanadi.
Xulosa qilib aytganda, ertaklar orqali bolalar bilimini yanada oshirish
mumkin. Ertaklar bolaning rivojlanishida, ayniqsa, ularning aqliy va axloqiy
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari ertaklar bolalarning tafakkur
doirasini kengaytirib,xotirasini ham mustahkamlashini inobatga olish va bolalarga
ertaklarni ularning qiziqishidan kelib chiqqan holda tanlash lozim. Bundan
tashqari,tarbiyachi o‘zining pedagogik mahoratini ishlatgan holda ertak
qahramonlarini bola qiziqishiga moslab o‘zgartirib ta’lim jarayonida qo‘llasa ta’lim
samaradorligi yanada ortadi.
[13]
Dostları ilə paylaş: |