Maktabgacha ta’lim: kecha, bugun, ertaga
.
KECHA Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni
bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori
hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-
birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7
yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasi
davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi.
15
Sababi bog‘chalar ta’lim muassasasi vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda
bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning
pastligi, binolarning ta’mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik
jihatdan to‘liq ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining
pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala edi.
Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni
45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga
qamrab olingani bu fikrlar isboti bo‘la oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari
infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha
ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermasdi. Ayrim
mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan
ishlar vaqtida bajarilmagani, nodavlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi
harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq
yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o‘z ortidan uzluksiz xatoliklarni
ergashtirib kelardi. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni
boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va
bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion
qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi.
2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish maktabgacha ta’lim tizimi
tarixida qoladigan yig‘ilish bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy
genofondini mustahkamlash borasida gapirib, ta’limning ilk bosqichini
rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, maktabgacha
ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni
to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi
haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror
aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, —
dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni
tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
16
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha
ta’lim tizimidan boshlanadi.
Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani
solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini
sezish
qiyin
emas.
.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini
davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni
har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat
o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, —
deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
BUGUN Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri
ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha
ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul
qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini
amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini
tashkil etish choralari belgilandi. “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi
tizim yaratildi.
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va
nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga
bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy
ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual,
ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini
tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina
Shin.
Metodik ko‘mak qanchalik zarur?
17
Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki
ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari,
innovatsion texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik
bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi
ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib
qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak
berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi. Maktabgacha
ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor
qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan,
farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori
malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada
zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab
chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr
etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston Respublikasining ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va
“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi.
Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachilari bolalarni
erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi
ma’lumotlarni o‘rgatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli
mutaxassislarga ehtiyoj esa pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim
yo‘nalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta
tayyorlovdan o‘tkazish evaziga to‘ldirilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida
maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-
reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi
bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun
kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi. — Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy
mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil
metodlari mohiyatini to‘liq anglashi va ulardan mashg‘ulotlarida mohirona
foydalanishi zarur. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol
17
18
qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish
bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha ta’lim
muassasalari rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
instituti katta o‘qituvchisi Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi,
dunyoqarashini o‘stirish, ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin
ishtirokchiga
aylantirish
nihoyatda
muhimdir. Tarbiyachi mashg‘ulotda
boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani
uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Maktabgacha
ta’limda ko‘proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini
unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan
foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-
muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin
fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini, ya’ni hayotiy
kompetensiyasini rivojlantiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim: nimasi afzal? Ochig‘i, avvallari xususiy
bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz o‘zidan itarardi. Chunki davlat
bog‘chasi bilan xususiy bog‘cha narxi o‘rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday
ta’lim muassasasiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak
degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish borasida olib
borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari
tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi
bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa
tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini
ko‘paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim
muassasalarida davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga
rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini
saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining
maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda.
19
Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim
etilmoqda. Nega NMTT narxida o‘zgarish ro‘y berdi?
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiymatda
tadbirkorlarga berildi, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda
tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatishni boshlagan paytdan boshlab 10
yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy
ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga —
tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, inventar,
o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.
Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bular narx siyosatiga ta’sir
etmasdan qolmaydi, albatta. — Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari
tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlar asosida
hududda 12 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirilgan
bo‘lsa, 115 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha ishga tushirildi, —
deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Robiya
Kattayeva. — Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200
dan oshiq xonadon bog‘chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi
maqsadlarimizni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lyapti. Ayniqsa, viloyatning
chekka hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasasida bolasi tarbiyalanishni
istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig‘ilishgami,
to‘ygami, ma’rakagami barcha bog‘chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-chizishni
o‘rganayotganini aytadi. Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari Shu o‘rinda
savol tug‘iladi: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati bolalar soniga
nisbatan kam bo‘lganda, yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar
20
Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga
bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2018-2019-
o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va
poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul
bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga
oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi. Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim
muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda
yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi.
Guruhlar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim
sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida
ochildi. — Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomida bir yoki ikki smenada ta’lim-
tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi
kerak, — deydi Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi bo‘lim
boshlig‘i Jamila Javlonova. — Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan
davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga
tayyorlaydi. Bunda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.
Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borma-
yotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan
o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Maktabgacha ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan
bolani birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo‘lmagan darajada
faollashtirishni ko‘zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi.
Demak, bu barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta’lim
shaklidir. Iligi to‘q bola Tizimdagi eng og‘riqli masalalardan biri bu ovqatlanish
bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Bu yo‘nalishda Maktabgacha ta’lim vazirligi
tomonidan bolalar haqiga xiyonat qiladiganlarga qarshi keskin chora-tadbirlar rejasi
ishlab chiqilgani ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kunda-
kunora tasdig‘ini topmoqda. Bunday munofiqlarni nafaqat qonun oldida jazolash,
balki aholi o‘rtasida ham obro‘sizlantirish, bunday maqsaddagi rahbarlar sonini
keskin kamaytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalariga
21
tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat
mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi. Mazkur eksperiment
yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik
mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish
tartibi joriy etildi. — Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari
bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena me’yorlariga javob beradigan oziq-
ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri
shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangan, — deydi
Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza
Azizova. — Hududdagi MTTlarda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni
ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yganimizda tadbirkor muassasa oshxonasini ijaraga olib,
sifatli va xavfsizligi ta’minlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena
qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda taomlar tayyorlayotgani, yarimtayyor va tayyor
mahsulotlarni yetkazib berayotganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, har bir bolaga
individual yondashuv ularning jamoat joyida ovqatlanish madaniyatini
shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini
saqlaydi. Tashkilot xodimlarining e’tibori bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratiladi.
Maoshingiz qancha? Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy
rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama
rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali muta-
xassislar bilan ta’minlay olmaslik holatiga sabab bo‘lar edi. Masalan, 1993-yilga
qadar maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachisi va umumta’lim
maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash miqdori bir xil
bo‘lgan bo‘lsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumta’lim
maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari bir necha marta
oshirilgani holda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miq-
dorlari o‘zgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning o‘rtacha ish haqi miqdori
umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga nisbatan 60 foizni tashkil
etgan, xolos.
22
Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari
iste’dodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bo‘lmasligiga
hamda muassasaning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.
Shu sabab maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning
mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini
yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish,
jamiyatda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish
ustida ish olib borilmoqda.
2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tayyorlov
guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy
tarif stavkalari miqdori umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim
bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi
turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi,
Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro
viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida,
Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on,
Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida
2023-yilning 1-yanvarigacha ota-onalar badal to‘lovi miqdorini 50 foizga
kamaytirish nazarda tutildi. Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida
mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hamda
qishloq hududlarda bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovining keskin pasaytirilishi
maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirishga
hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi. .
ERTAGA Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida,
maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi,
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik
va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi,
23
maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5-6 yoshli
bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi.
Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi pirovardida
erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat markazda turibdi. Zero, bugungi kunda
MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar
ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr
maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar
maktabgacha ta’limga qamrab olinadi. Dunyo mamlakatlarining maktabgacha
ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga
olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha
ta’lim tizimi yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |