O’zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta’lim yo’nalishi maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan mavzu: “



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix15.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#130718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standarti mazmun-mohiyati

 
 
 
 



II BOB. MAKTABGACHA TALIM DAVLAT STANDARTINING
ASOSIY PRINSIPLARI 
2.1.Maktabgacha ta`lim tashkilotlari bo’limlarida taʼlim standartining 
vazifalari
Davlat taʼlim standartlarining vazifalari
- taʼlim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan taʼlim xizmatlari 
nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash; 
- taʼlimga va uning pirovard natijalariga, taʼlim oluvchilarning bilimi va 
kasbiy malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibi va tartibotiga, 
shuningdek taʼlim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan 
tegishli talablarni belgilovchi meʼyoriy bazani yaratish; 
- xalqning boy maʼnaviy merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida taʼlim 
oluvchilarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini 
joriy etish; 
- taʼlimning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan taʼlim 
va tarbiyani kelishib olish ularning o‘zaro bog‘liqligini, uzluksiz taʼlim tizimida
va kadrlar tayyorlashda izchillikni taʼminlash; 
- o‘quv-tarbiya va taʼlim jarayoniga, uzluksiz taʼlim tizimining pedagogik 
texnologiyalariga va axborot bilan taʼminlanishiga, taʼlim darajasini nazorat 
qilishga, taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning 
malakasiga nisbatan meʼyorlar va talablarni belgilash; 
- taʼlim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, taʼlim 
muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish; 
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun taʼlim, fan va
ishlabchiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash; 
- milliy standartlar talabining taʼlim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan 
xalqaro talablarga muvofiqligini taʼminlash; 
Taʼlimning standartlashtiriladigan turlari. Davlat taʼlim standarti-
taʼlimningquyidagi turlari uchun belgilanadi: 
- Umumiy o‘rta taʼlim, shu jumladan boshlang‘ich taʼlim; 


10 
- O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi (akademik litseylar, kasbhunar 
kollejlari); 
- oliy taʼlim (bakalavriat, magistratura). 
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining 
vakolatli 
organlari 
tomonidan 
davlat 
talablari 
belgilanadi.Taʼlimning
standartlashtirish obyektlari. Quyidagilar taʼlimningstandartlashtirish obyektlari 
hisoblanadi: 
Taʼlim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o‘quv yuklamasi hajmi, taʼlim 
oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyyorlash sifati
Talablar, meʼyorlar va qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, taʼlim 
usullari va vositalari, shuningdek taʼlim tizimida foydalaniladigan
atamalar,tushunchalar va kategoriyalar; 
Taʼlim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashxis
qo‘yishdatartibi, bitiruvchilar sifatini, taʼlim faoliyati, pedagog va ilmiy pedagog 
xodimlar sifatini baholash. Davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqishga 
qo‘yiladigan talablar Quyidagilar Davlat taʼlim standart ishlab chiqishga
qo‘yiladigan asosiy talablar hisoblanadi: 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturlari maqsadlari, vazifalari va qoidalari so‘zsiz 
amalga oshirilishiga qaratilganlik; 
Taʼlim va kasb-hunar dasturlarida milliy mustaqillik, demokratiya, boy milliy 
madaniy anʼanalar, xalqning intellektual imkoniyatlari va umum insoniy qadriyatlar 
tamoyillarini hisobga olish;
Taʼlim oluvchilarda chuqur bilim, mustaqil fikrlash, yuksak kasbiy malaka 
shakllanishini taʼminlash; 
Xalqaro tajriba, texnika, texnologiyalar, fan rivojlanishi darajasi, Kadrlar 
tayyorlashga nisbatan amaliyot tomonidan qo‘yiladigan talablar hisobga olingan 
holda taʼlim standartlarining ilmiy asoslanishi; 
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U 
bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga 


11 
bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha 
bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim 
muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – 
bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil 
shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga 
bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi da bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 
qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, 
shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash 
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza 
qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi ga bolalarni 
olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida 
xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in 
xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan 
talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini 
muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi. 
Maktabgacha ta`lim tizimi 
Maktabgacha ta’lim muassasasi – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim 
muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi 
umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 
yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, 
parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish 
va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul 
mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi 
kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim 
muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin. 
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasasi ning zamonaviy tizimi 


12 
Maktabgacha ta`lim muassasasi, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga 
bo’linadi: 

Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi 
bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida). 

Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar 
bog’chasi-maktab). 

Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, 
sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari. 

Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion 
yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi. 

Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va 
proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va 
sog’lomlashtirish bog’chasi. 

Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar 
bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar 
umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi). 
Maktabgacha ta`lim muassasasi ning ish tartibi va u yerda bolalarning bo’lish 
davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga bo’lgan talablari, 
nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, 
hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi. 
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim 
muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli 


13 
ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-
tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi. 
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va 
pul mablag’lari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida o’quv-ta`lim va 
sog’lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus 
maktabgacha 
ta`lim 
muassasasining 
boshqaruvi 
haqidagi 
to’liq 
ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi 
Nizom” da ko’rsatilgan. 
Maktabgacha ta`lim muassasasi ning asosiy maqsadlari 
Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi 
maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: 
Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va 
xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. 
O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, 
qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi. 
Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi-
maktab). 
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport 
va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari. 
Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion 
yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi. 
Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini 
amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish 
bog’chasi. 
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar 
bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar 
umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi). 
Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash; 
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish; 


14 
Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, 
bolani intellektual rivojlantirish; 
Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish; 
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.Maktabgacha 
ta’lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, 
mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar. 
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, 
qirg’iz, qozoq va turkman tillarida olib boriladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida qisqacha statistik ma’lumot

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin