O'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari, tarif paketlari va opsiyalar. Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari



Yüklə 236,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix05.08.2023
ölçüsü236,65 Kb.
#138724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O\'zbekiston hududida amal qiluvchi tarif rejalari, tarif paketla

Foydalanish bo'yicha cheklovlar 
Tariflar va Tarif paketlari bitta Abonent qurilmasida bitta SIM-kartaga nisbatan foydalanish 
uchun mo'ljallangan. Abonent qurilmasiga o'rnatilgan SIM-kartadan bunday Abonent 
qurilmasiga simli va simsiz kanal orqali ulangan boshqa qurilmalar bilan Provayder aloqa 
xizmatlaridan foydalanishning qo'shimcha imkoniyatlarini ta'minlash uchun foydalanish faqat "0 
GB" va "Cheksiz Internet" Tarif paketlarida ruxsat etilmaydi, “Cheksiz internet” Tarif paketida 
“Bir kunlik internet tarqatish” tarif opsiyasini ulash bundan mustasno. Qolgan Gigabayt Tarif 
paketlarida boshqa qurilmalar tomonidan sarf qilinadigan trafik Cheksiz Ilovalarning ulangan 
Opsiyalari mavjudligi yoki mavjud emasligidan qat'i nazar, Tarif paketi doirasida maksimal 
tezlikda taqdim etilgan hajmni sarflaydi. Tarif paketi doirasida taqdim etilgan trafik hajmi ishlatib 
tugatilganida boshqa qurilmalar tomonidan trafik sarf qilinishiga yo'l qo'yilmaydi.


Barcha Tariflarda, Tarif paketlarida piring fayl almashuvi tarmoqlaridan foydalanishda (jumladan, 
BitTorrent va shunga o'xshash fayllarni taqsimlagan holda tarqatish texnologiyalari yordamida) 
Tarmoq resurslaridan foydalanayotgan servislar uchun tezlik soniyasiga 32 kbit'gacha 
chegaralanadi. 
Tariflar va Tarif paketlari smartfonlar yoki planshetlarda foydalanishga mo’ljallangan, agar 
Arizada boshqa shartlar 
ko’rsatilmagan bo’lmasa. Smartfon yoki planshetdan tashqari boshqa 
qurilmalardan foydalanilganligi aniqlangan holatlarda barcha Tariflarda, Tarif paketlarida tezlik 0 
kbit/s gacha chegaralanishi mumkin. SIM-kartadan smartfon yoki planshetda foydalanilsa ushbu 
cheklanish amal qilishda davom etmaydi.
Mijozlarning manfaatlari yo'lida, tasodifiy qo'ng'iroqlarning salbiy oqibatlaridan saqlanib qolish 
maqsadida Provayder ovozli ulanish davomliligini bir soat bilan chegaralab qo'yishga haqli.
Xizmatlarni, Tarifni, Tarif paketlarini boshqarish HUMANS.uz mobil ilovasidan (Ilovadan) 
foydalangan holda amalga oshiriladi. Ilovani Mijoz o'z abonent qurilmasiga o'rnatib olishi kerak. 
Mijoz tomonidan Ilova o'rnatilmaganida Mijoz uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy 
oqibatlar uchun Provayder javobgar emas. 
Roumingda Mobil internet xizmatiga ega bo'lish uchun Mijozning Shaxsiy hisobvarag'idagi 
mablag' 30 000 so'mdan kam bo'lmasligi kerak. 

Yüklə 236,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin