Xizmat uchun abonent to'lovi 7000 so'mni tashkil qiladi. Pul mablag'lari xizmat ulanishi
vaqtida
Shaxsiy hisobvaraqdan bir vaqtning o'zida yechib olinadi.
Xizmat ulangan vaqtidan boshlab, Tarif paketining Hisob-kitob davri tugashigacha amal qiladi.
Agar Mijoz ulangan Tarif paketining Hisob-kitob davri tugagach u avtomatik
ravishda uzaytirilsa,
xizmat ham avtomatik ravishda yangi Hisob-kitob davriga uzaytiriladi.
Opsiya avtomatik ravishda uzaytirilishini Mijoz o'zi istagan payt Ilovada yoki
Qo‘llab-quvvatlash
markaziga murojaat qilgan holda o'chirib qo'yishi mumkin.
«Cheklanmagan Ilovalar» opsiyalari
Tarif paketiga ulangan Mijoz Tarif paketiga quyidagi Cheklanmagan Ilovalar
xizmatlarini ulab
olishi mumkin:
«Cheklanmagan Instagram», «Cheklanmagan PUBG», «Cheklanmagan
TikTok», «Cheklanmagan Telegram», «Cheklanmagan Whatsapp», «Cheklanmagan IMO»,
«Cheklanmagan YouTube».
Xizmatga ulanishda tegishli resurs trafigi (rasmiy
mobil ilova orqali ham, brauzer orqali ham)
Tarif paketining gigabaytalarini sarflamaydi va hatto Tarif paketi doirasida taqdim etilgan trafik
gigabaytlari tugaganidan keyin ham tezlik bo'yicha cheklovlarsiz ishlaydi. Mijoz o'zi istagan
miqdorda Cheklanmagan ilovalar xizmatlarini ulab olishi yoki birortasini ham ulamasligi mumkin.
Cheklanmagan ilovalarni ulash ilova ichidagi kontent obunasini xarid qilishni o'z ichiga olmaydi.
3-sonli jadval
Cheklanmagan Ilovalar opsiyalari
Hisob-kitob davri
uchun xizmat narxi
«Cheklanmagan Whatsapp» / Unlimited Whatsapp
7000
«Cheklanmagan IMO» / Unlimited IMO
7000
«Cheklanmagan TikTok» / Unlimited TikTok
10000
«Cheklanmagan Instagram» / Unlimited Instagram
10000
«Cheklanmagan PUBG» / Unlimited PUBG
10000
«Cheklanmagan Telegram» / Unlimited Telegram
14000
«Cheklanmagan YouTube» / Unlimited Youtube
15000
Xizmatlar uchun abonent to'lovi Shaxsiy hisobvaraqdan xizmat ulanishida bir vaqtning o'zida
yechib olinadi.
Xizmatlar ulangan vaqtdan boshlab ular ulangan Tarif paketining Hisob-kitob davri tugaguniga
qadar amal qiladi. Agar Hisob-kitob davri tugagach Mijoz ulagan Tarif paketi avtomatik
ravishda
uzaytirilsa, xizmat ham yangi Hisob-kitob davriga avtomatik tarzda uzaytiriladi.
Xizmatning avtomatik ravishda uzaytirilishini Mijoz o'zi istagan payt Ilovada yoki
Qo‘llab-
quvvatlash markaziga murojaat qilgan holda o'chirib qo'yishi mumkin.
Yandeks Turbo, Opera Turbo hamda proksi-server, anonimayzer, VPN
va boshqa shunga
o'xshash texnologiyalardan foydalanishda, servislarga cheksiz
kirish imkoniyati taqdim
etilmaydi. Bunday holatlarda trafik Tarif paketi doirasida taqdim etilgan gigabaytlarni sarflaydi.
14.11.2022 dan cheklanmagan ilovalarning quyidagi variantlarini ulash imkoniyati yopiladi:
“Cheklanmagan Vkontakte”, “Cheklanmagan Facebook”, “Cheklanmagan Likee”,
“Cheklanmagan Wechat”, “Cheklanmagan Odnoklassniki", "Cheklanmagan Yandex Music",
"Cheklanmagan Shazam", "Cheklanmagan Apple Music", "Cheklanmagan Spotify",
"Cheklanmagan Twitch", "Cheklanmagan Zoom", "Cheklanmagan TAS-
IX”.
Dostları ilə paylaş: