O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINING RAQAMLI TRANSFORMASIYASI.
3.0Raqqamli iqtisodiyotni jahon tajribanidan o`rganishning ustivorligi Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli ko‘rilmagan darajada o‘zgartirib, 25 yil ichida ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda ayrim muammolarni keltirib chiqardi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir. So‘nggi yillarda biznes va ijtimoiy soha faoliyatida rivojlanishning yangi to‘lqini raqamli texnologiyalarning yangi avlodi, ya’ni sun’iy ong, robototexnika, simsiz aloqa texnologiyalari yordamida ro‘y bermoqda. Yangi texnologiyalar Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shishi mumkin, ammo biz kutilgan ijobiy natijalarni ololmasligimiz mumkin. Agar biz raqamli texnologiyalarning to‘liq ijtimoiy va iqtisodiy potensialiga erishmoqchi bo‘lsak, kutilmagan oqibatlarga yo‘l qo‘ymagan holda davlatlar o‘rtasidagi hamkorliknizudlik bilan rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2030-yilgacha “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishni taklif etdi . Mavzuga oud adabiyotlarning tahlili Raqamli iqtisodiyot tushunchasi ilk bor 1990-yillarda Yaponiya inqirozi davrida yapon professori tomonidan qo‘llanilgan. 1995-yil Yevropada Don Tapskotning “Цифровая экономика: oбeщaние и oпaснoсть в эпоху сeтeвoй рaзвeдки” asari va 1995-yil Nikolas Negroponte (Masachusets, AQSh) ning tadqiqot ishida qo‘llanilgan. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil 1/2021 (№ 00051) http://iqtisodiyot.tsue.uz 310 Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, raqamli iqtisodiyot o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo‘lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir . Raqamli iqtisodiyot dasturining asosiy maqsadlari yoritib berilgan. Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir. Fikrimizcha raqamli iqtisodiyot – iqtisodiy resurslar taqchilligi sharoitida raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan va boshqariladigan iqtisodiy faoliyat. Har qanday iqtisodiy tizim oldida turgan asosiy muammo bu resurslar taqchilligi bilan bog‘liq raqamli iqtisodiyotda ham asosiy e’tibor ushbu muammoni hal qilishga qaratilmog‘i lozim.