O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018


Temuriy davrida miniatyura san’atining shakllanishi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə22/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

Temuriy davrida miniatyura san’atining shakllanishi.
Sharq miniatyura san’ati o’ta nafisligi, ranglarning uyg’unligi, ramziy ma’nolarga boyligi bilan jahonni hamon hayratga solib kelmoqda. Sohibqiron Amir Temur fan va madaniyatning ko’pgina sohalari qatori kitobat va miniatyura sanatiga ham katta e’tibor bilan qaragan. Uning davrida Samarqand va boshqa hududlarda gullab-yashnay boshlagan bu san’at Amir Temur avlodlari davrida yuksak cho’qqilarga ko’tarildi.
Amir Temur va temuriylar davri tasviriy san’at sohasida biz avvalo mazkur davr tarixnafislari yozib qoldirgan asarlar orqali tasavvurga egamiz. Chunonchi, Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy, Xondamir Abdurozzoq Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Mirza Muhammad Haydarlar davri madaniy hayoti va nafis tasviriy san’at nomayondalari haqida qisqa-qisqa, ammo mazmunli va naqqoshlikka doir risola va tarkizalarda san’at nomayondalari to’g’risida muhim ma’lumotlar berildi.
O’rta Osiyo tasviriy san’atining o’ziga xosligi bu va ulkan tarixga ega ekanligini fransuz olimi E.Bloshe va Shved olimi Ye.Martinlar ham ta’kidlab o’tganlar. Ingliz olimi Tomas Arnoldning mazkur davr tasviriy san’atiga doir asarlari mavjud. Fransuz olimi I.Shchukin ham temuriylar davri tarixiy san’ati bilan shug’ullangan.
Afg’on tarixchisi Ali Ahmad Naimiy 1950 yili chop etilgan «Temuriylar davri suratgar va xushnavistlari» degan asari katta ilmiy qimmatga egadir. Garchi mazkur asarda tarixiy san’at asarlari tashkil etilib, ularning g’oyaviy afzalliklari haqida so’z yuritilmasa ham, temuriylar davri musavvirlari, naqqosh va xushnavislari haqida muhim ma’lumotlar beriladi.
Sharq mualliflarining ta’kidlashicha, tasviriy san’atda temuriylar maktabining asoschisi musavvir Ustod Gung (soqov) bo’lib, uning kelib chiqishi noma’lum. Uning shogirdi Umdatul musavvirin (musavvirlar peshvosi) nomi bilan mashhur bo’lgan buxorolik Ustod Jahongir edi. Ustod Jahongir mashhur Pir Sayyid. Ahmad Tabriziyga ustozlik qilgan. Kamolliddin Behzod esa ana shu Pir Sayyid Ahmad Tabriziydan musavvirlikni o’rgangan.
Temurning juda ko’p qo’lyozmalar to’plaganligi haqida davruq bizgacha etib kelgan. Sharafiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, samarqandlik ustalar qadimiy moxeylik rangtasviri namunalaridan xabardor bo’lganligi bois, Sohibqiron kutubxonasida ulug’ rassom Moniyning «Arjang» albomidan ba’zi bir sur’ati sahifalar saqlanib kelingan.
Ma’lumki, Movaraunnahr qadimgi kitobot tartib etish va ularni to’plash markazi edi. Ibn Sino tomonidan tasvirlangan mashhur somoniylar kutubxonasining o’ziyoq bu olkoda kitob yig’ish va ularni omilkorlik bilan asrashning boy an’analari mavjudligidan davlolat beradi. Shayx Muhammad Parso ajdodlari tomonidan qariiyb uch yuz yil davomida yig’ilgan nihoyatda boy oilaviy hisobhona zaminda kitobga hurmat – e’tibor juda katta, kuchli bo’lganligidan darak beradi. To’plangan ushbu kitoblar tarkibini o’rganish shuni ko’rsatdiki, XV asrgacha asosan ilmiy adolatlarni yig’ish ustuvor bo’lgan. Faqat XV asrdan boshlab asta – sekin minatyura – suratlar bilan bezatilgan sheriy majmualar qo’lyozmalarini yig’ish ustalik qila boshladi. Bunda A.Temur va uning vorislari qilgan homiylik muhim ahamiyat kasb etadi. O’rta asr mualliflari yozib qoldirgan guvohliklarni hisobga olmaganda, A.Temurning mashhur kutubxonasidan nom nishon ham qolmagan. Faqat bu yerda to’plangan qo’lyozmalar asarlarining san’at darajasi o’ta yuqori bo’lganligini taxmin qilish mumkin, xolos, zotan bular – mag’lub bo’lgan hukmdorlarning kutubxonalaridan saralab keltirilgan eng yaxshi asarlar, Shuningdek zabt etilgan o’lkalardan keltirilgan zamonasining eng yetakchi ustalari tomonidan Samarqandda – A.Temur saroyida Sohibqiron uchun tayyorlangan nayob kitoblar edi.
XVI asr tarixichisi Do’st Muhammadning guvohlik berishicha, Samarqand kutubxonasi boshida Temur Bog’doddan oldirib kelgan mashhur musavvir Abdulxay turgan. U «o’zining muzaffar lashkari bilan birga xoja Abdulxayni o’z poytaxti Samarqandga olib keldi. Usta ushbu maskanda vafot qildi. Xujaning vafotidan so’ng jami ustalar uning ishlariga taqlid eta boshladilar». Bu XV asr boshida miniatyuralarning manbalari va uslublarini yaqqol ko’rsatuvchi nodir dalillardir.
Amir Temur va temuriylar davrida barcha san’at va memorchilik turlarining o’ziga xos jihatlari rivojlanib, turli badiiy maktablar yutuqlarining bir – biri faollik bilan boyitib borishi va asta – sekin birikib ketishi jarayoni XV asrning birinchi yarmida yangi, o’ziga xos Samarqand san’ati uslubining shakllanishiga olib keldi. Dahiyona bunyodkorlikdan, san’atning yuksak darajasidan darak beruvchi me’moriy yodgorliklarning, amaliy san’at namunalarining bir qismi bizgacha yetib kelgan bo’lsa-da, biroq rang – tasvir ishlari saqlanib qolmagan. Faqat yozma manbatalardagina Temur saroyidagi bezaklar, uning mashhur kutubxonasi, unda saqlangan qo’lyozmalar hamda ularni bezagan miniatyuralar haqida ma’lumotlar uchraydi, xolos.
Amir Temurning nevarasi Ibrohim Sultonning Sherozdagi saroyida Sohibqiron hayoti va zafarlari haqida hikoya qiluvchi «Zafarnoma» asarini bitgan Sharafiddin Ali Yazdiy Eron ustalari tomonidan ishlangan bezaklar haqida hayratga tushib so’zlaydi.
Amir Temur hayotining XV asrdagi boshqa bir yilnomachisi Ahmad ibn ArabShoh Samarqand saroylarining devorlariga ishlangan su’ratlar mavzusiga to’xtalib, ularda qabul marosimlari, sohibqironning bazmlari, jang manzagalari, ov sahnalari Shuningdek Temurning o’zining, jangchilari, o’g’illari, nevalari, xotin va kanizaklarining portretlari tasvirlanganligi xabar beradi. Keyinroq bitilgan asar – Zahriddin Boburning «Boburnoma» me’yorida Bog’i Dilkusho saroyi devorlari Temurning Hindistonga yurishi haqidagi tasvirlar bilan bezatilganligi aytib o’tiladi.
Yuqorida qayd etganimizdek, qasr va Saroy devorlariga solingan rasmlar bizgacha yetib kelmagan. Ma’lumki, 1407 yili Samarqandning Shimoliy shahzoda Begim Sulton uchun katta porloq qurilib, uning o’rtasidagi qasr devorlari ishqiy mazmundagi su’ratlar bilan bezatilgan. Amir Temurga atab tarixiy asar yozgan olim Sharafiddin Ali Yazdiyning ko’rsatishicha, mazkur rasmlarni bunyod etishda Amir Temur zamonida shuhrat qozongan turli mamlakat musavvirlari ishtirok etgan. Tarixchilar bu san’atlar katta mahorat yaratilgan san’at namunalari bo’lgani hikoya qiladi.
Temur va temuriylarning har biri o’z davrida hatto qurilish ishlari olib borganlar. Ular o’z poytaxtlarida, mamlakatlarida boshqa joylarda oromgoh joylar, Saroy va qasrlar, madrasa va hammomlar qurib, ularni o’sha davr mohir usta va hunarmandlari, podShoh va musavvirlarining asarlari bilan bezatganlar. Afsuski, turli mavzudagi sur’atlar bilan devorlari bezatilgan bunday ajoyib qasr va saroylar bilan shuhrat topgan Samarqand, Shahrisabz, Hirot va boshqa shaharlarning chorbog’lari, ularning bunyodkorlari haqida batafsil fikr yurita olmaydi. Bunday qasr va saroylarning ko’pchiligi zamonlar o’tishi bilan nobud bo’lgan. O’sha binolarini, oromgohlarini, chorbog’larini va boshqa qurilishlarini yuksak hunari, mohir talanti bilan bezatgan mo’yqalam sohiblari, o’ymakor va sartaroshlari, turli xil bezak egalari haqida juda oz ma’lumotlarga egamiz. Faqat tarixnavistlar, shoirlar tufayli biz Amir Temur va temuriylar qurdirgan chorbog’larning ba’zi qasr va saroylari qiyofasini tasavvur qila olamiz.
Temuriylar hukmronligi davrida o’rta sharqning o’rta asr madaniyati va san’ati gullagan davrini boshidan kechirdi. Bu davrlarda hashamatli va go’zal binolar vujudga keldi, devoriy rassomlik, amaliy-dekarativ san’at sohasida nafis asarlar yaratildi. Bu hal so’zsiz, me’morchilik va tasviriy san’atda qator yangi an’analarning vujudga kelishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi. Jumladan, birinchi bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morlik ansambllari shahar kompozissiyasida muhim o’rinni egallay boshladi va an’anaviy meroslik shakl va uslublarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Ayniqsa, me’morchilikning rangli bezak bilan boyishi katta badiiy – estetik ahamiyat kasb etdi. Albatta, rang bezak o’rta Osiyo an’anaviy me’morchilarning ajralmas qismi bo’lgan. Lekin XIV asrga kelib, binoning ichi va tashqari pardozi alohida o’rinni egallay boshladi. Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli naqshlar, XVI asr oxirlaridan keng tarqala boshlagan o’yma naqshlarning keng ko’lamda amalga tatbiq etilishi o’rta sharq xalqlari ijodiy fantaziyasining katta yutug’i bo’ldi. O’rta Osiyo me’morchiligida sodir bo’lgan o’zgarishlar ilk bor ko’xna Urganchdagi To’rabek xonim maqbarasida namoyon bo’ldi. Xorazm ustalari yaratgan bu ijobiy yodgorlik an’analari keyinroq Temur farmoyishi bilan Samarqand va saltanatining boshqa yerlarida keng foydalanilgan.
Amir Temur va temuriylar davrida Hirot miniatyurasi ham keng rivojlandi. XV asr Eron, Mavarounnahr va Xuroson rang – tasvir miniatyurasi tarixida musulmon mamlakatlari ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Qo’lyozma kitob san’ati, anig’rog’i, Hirot miniatyurasi muhim o’rin egallaydi.
1381 yilda Amir Temur Hirotni egallab, 1383 yilda butun Xurosonni o’z saltanatiga qo’shib oldi. Bu hududga salkam yuz yil mobaynida temuriylar hukmronlik qildi.
XV asrda Hirot temuriylar saltananing siyosiy va madaniy markazi sifatida gullab – yashnadi. Amir Temur vafotidan keyin Shohruh hukmronlik qilgan davrda Hirotda keng ko’lamda qurilish ishlari olib borilishi tufayli me’morchilik san’ati ravnaq topib, bu yerga yangi me’morlik maktabi yuzaga keldi. Bu paytda Samarqandni Shohruhning o’g’li Mirzo Ulug’bek boshqarar edi. U Samarqandda matematika, astronomiya singari fanlar rivojiga alohida e’tibor qaratgan bo’lsa, Shohruh Hirotda san’at va adabiyot, tarix kabi gumanitar fanlar ravnaq topshiga keng imkoniyat yaratib berdi.
Hirotda madaniyat va san’atning gullab yashnashi Shohruhning o’g’li Boysunqur Mirzo nomi bilan bevosita bog’liqdir. Shohruh taxtda o’tirgan paytda Voysunqur Mirzo vazir lavozimida edi. U 1414 yildan hokimiyatni boshqarishni to’laligicha o’z qo’liga olgan. Boysunqur Mirzo shoirlar, musavvirlar, tarixnavislarga g’amxo’rlik ko’rsatib, homiylik qilgan. Qori Ahmadning qayd qilishicha, Boysunqur Mirzo «Xattotlikda noyob ustalardan biri» Mavlono Shamsning shogirdi bo’lgan. Temuriy hukmronlar san’at va adabiyotga qiziqib qarashi bilan boshqa hukmronlardan alohida ajralib turishgan. DavlatShoh Samarqandiyning ma’lum qilishicha, Ulug’bek Nizomiy, Boysunqur esa Dehlaviy asarlarini sevib o’qigan. Alisher Navoiy ham Boysunqur Mirzo Hirotda hukmronlik qilgan davrda yashagan va uning madaniyat va san’atni rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlarini alohida ta’kidlagan. Jumladan, «Boysunqur Mirzo saroyida shoir, xattot, musavvir, sozandalar shunchalik ko’pki, hyech bir zamonda hukmdorlar saroyida bunchalik bo’lgan emas» degan. Alisher Navoiy Boysunqur Mirzo «adolatli, bag’ri keng, iste’dodli kishilarni e’zozlaydigan, kishilar farovon yashashini istaydigan hukmdor» bo’lganini qayd etgan. Davlatshoh Samarqandiy Boysunqur Mirzo sherlar yozib, bor va turkiy tilda bitilgan sherlarga eng to’g’ri baho bera olgan, olti xil usulda husnixat yoza olganini eslatgan. U Shuningdek Boysunqur Mirzoning katta kitobxonasi bo’lgani, unda qadim zamonlardan va O’rta asrlargacha yaratilgan eng yaxshi asarlar saqlanganini ma’lum qilgan.
Boysunqur Mirzo davrida Hirotda kitoblarni ko’chirish va qo’lyozma kitoblarni badiiy bezatish amalga oshiralidagn ustaxonalar tashkil etilgan.
Temuriylar saltanatidan judo ko’p xattot, musavvirlar va ustaxonalarda ishlash uchun jalb etilgan. Iskandar Sulton vafot etganidan keyin Shohruh Sherozdan uning xazinasini Hirotga keltirgan. Bu xazinada qimmatbaho buyumlar bilan birga ko’pgina qo’lyozmalar ham bo’lgan. Davlatshoh Samarqandning yozishicha, Hirotdagi ustaxonalarda qisqa – yaqin xattot kitoblarni ko’chirish va qo’lyozmalarni bezatish bilan shug’ullangan. Ularning aksariyati tabrizlik va sherozlik bo’lgan. Masalan, Mavlono Feriddin Jafar Tabriziy, Sayyid Ahmad Naqqosh, Xoja Ali Musavvir, Qiyomiddin Tabriziy tabrizlik bo’lsa, xattot Mavlono Ma’rif Bog’dodiy, Mahmud Ali Husayin Sherozlikdir.
Bu Boysunqur Mirzoning ma’lum muddat Tabrizda hukmronlik qilgani bilan bog’liq. U Hirotda ustaxona tashkil etgach, Tabriz, Sheroz singari o’lkalardan xattot, musavvirlarni ishga jalb etgan. Albatta, Hirotdagi ustaxonalarda mahalliy xattot va musavvirlar ham olib borishgan.
Kitobxonda kitoblarni ko’chirish, bezatish bilan birga, als matnni tiklash bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilgan. Bu yerda Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» asari yaxlit matni yaratilgan. Boysunqur Mirzo tarixga juda qiziqqani uchun tarixnavislarga alohida g’amxo’rlik ko’rsatgan. Hobizi Abro (Mavlono Nuriddin Abdulla) Boysunqur Mirzoning yaqin kishilaridan biri bo’lgan va unga bag’ishlab «Zubdat at – taborixi Boysunqur» asarini bitgan. Ushbu mashhur asarning bir nusxasi 1425 yilda Hirotda rasmlar bilan bezatilgan. Boysunqur Mirzoning topshirig’iga ko’ra, Rashiddin mashhur «Jome at tavorix» asarini yozgan. Mazkur asar temuriylar davrida tarixiy manbalarni yozish tartib – qoidalarni boshlab bergan. Xuddi shu asardan keyin tarix to’g’risidagi tadqiqotlarni rasmlar bezash an’ana tusini olgan. Bundan tashqari Boysunqur Mirzo naqqosh Ustod Sayyid Ahmad, Xo’ja Ali musavvir va jildsoz Qovimiddin Tabriziyga Ahmad Bog’dodiy muroqqosini ko’chirishni buyuradi.
U Amir Temur tomonidan Samarqandga keltirilgan Abdulloh musavvirning shogirdi edi. Ahmad Bog’dodiy tomonidan tuzilgan sur’atlar muraqqosi o’sha paytda yagona nusxa bo’lib, ba’zi sur’atlar davr zoli bilan o’z latofatini yuqota boshlagan edi. Boysunqur Mirzo uchun ko’chirtiriladigan mazkur muroqqoga mashhur xattot Mavlono Fariddin Jafar qasida yozadi va yozuvlarini ko’chiradi. Jild yashashni Ustod Qovimiddinga, bezash ushi Amir Xoliqga topshiriladi. Ammo muraqqa ko’chirilib tomom bo’lmasdan Boysunqur Mirzo dunyodan o’tadi. Muraqqani ko’chirishni uning o’g’li Aloviddavlo Mirzo davom ettiradi.
Hirotda Shohruh va Boysunqur Mirzo hukmronlik davrida saroyda qo’lyozmalarga miniatyuralarni chizishdan oldin katta tayyorgarlik ishlari olib borilgan. Saqlanib qolgan ko’pgina rasmlar va xomaki chizmalar qo’lyozmalar uzoq tayyorgarlik asosida bezatilganidan dalolat beradi. Qo’lyozmalardagi erkak va ayol qiyofasi, g’aroyib o’simlik, daraxtlar manzaralar tasviri kopozisiyasining eng maqbul variantini topishga jiddiy e’tibor qaratilganidan davlolat beradi, turli miniatyura markazlari musavvirlarining bir joyda jonlanishi yuz yillar mobaynida shakllangan uslublarni o’zaro uyg’unlashtirish asosida yangi uslublar yaratishga imkon bergan va natijada, XV asr birinchi yarmida Hirot miniatyura maktabi vujudga kelgan.
Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, Hirot miniatyura maktabi XV asr 20 yillarida shakllana boshlagan. Ammo XV asr birinchi o’n yilligidayoq bu yerda Boysunqur Mirzoning topshirig’i bilan tarixiy asarlardan nusxalar Olina boshlagan. 1410 yilda Tojiddin Salmonning «Shams ul - husm» asari ko’chirilgan, 1412 yilda Shomiy Zuilning «Zafarnoma», «Zafarnomai shomiy» asarlari nusxalari ko’paytirish davom ettirilgan. 1414 yilda «Muntahibdin at – tavorizi muyiniy» (Muyiniy va muyiniddin Natanzaniyning tanlangan solnomasi) asari nusxalari yaratilgan. Bu kabi dalillar ustaxonada asarning dastlabki o’n yilligida ish boshlangan va unda o’nlab xattot, musavvirlar faoliyat olib borganidan davlolat beradi. Shuning uchun ba’zi tadqiqotchilar Boysunqur Mirzo kutubxonasini «Akademiyaga» qiyoslashadi. Chunki unda juda ko’p mutaxassislar o’z ixtisosligi bo’yicha qo’lyozmalarga manzara ishlashgan bo’lsa, kimdir kishilarning qiyofasi, yuz ko’rinishini chizgan.
Tabrizlik ustalar Boysunqur Mirzo topshirig’ida kutubxonada dastlabki ishlanmadan biri sifatida bog’dodlik Sulton Ahmadning albonidan «O’shanday o’lcham (sohibo)da, o’ncha satrda rasmlarni xuddi o’sha tartibda joylashtirib» nusxa ko’chirishgan. Bu usulda ishlash B.Mirzo kutubxonasi ustalari uchun qo’lyozmalarni ko’chirishda o’ziga xos qolipga aylangan. Ular bu qoida asosida ish tutib, Bog’doddagi Jaloiy miniatyura maktabi an’analarini davom ettirishgan. Janoyd sulton Bog’doddagi mazkur miniatyura maktabi namoyondasidir.
Shohrux davrida yaratilgan miniatyuralari qo’lyozmalar su’ratlarning nafisligi, manzaralar o’ziga xos yangicha uslubda chizilganli bilan e’tiborni tortadi. Shohrux tashkil etgan kutubxonada 1514-1416 yillarda Hofizi Abro’ning «Qulliyoti tarix» asariga 20 ta rasm ishlangan, 1426 yilda shayx Sayidning «Guliston» asari xattot Jafar Boysunqur tomonidan ko’chirilib, unga musavvir Xalil 8 ta miniatyura ishlagan. Xattot Muhamad ibn Shamsiddin Boysunquriy 1426 yilda ko’chirilgan «Devon» 7 ta miniatyura bilan bezatilgan Xoja Kirmoniyning «Himoy va Himoyum» asarini ham shu xattot ko’chirgan. 1427 yilda ko’chirilgan ushbu asarga 3 ta miniatyura ishlagan. 1425 yilda Hofizi Abro’ning «MAjmua at - tavorix» («Zubdat at-tavorixi Boysunqur») asari ham miniatyuralar bilan buzatilib ko’chirilgan. Mazkur kutubxonada «Merojnoma» asari, Xari Malik Baxshining arabcha va turkiycha maktablari ham ko’chirilib, ularga miniatyuralar ishlangan. 1425-1450 yillarda ko’chirilgan kitoblarga ishlangan 61 ta miniatyura avvalgi davrga mansub miniatyuralarga qiyoslansa, 1425-1450 yillar miniatyurasi muayyan darajada ustun ekanligi yoqqol seziladi. Mazkur davrga oid miniatyuralardagi me’moriy inshootlar va tabiat manzalari tasvirida Junayd Sulton miniatyuralaridagi uslub unsurlari ko’rinadi. Albatta, Boysunqur Mirzo kutubxonasi musavvirlari miniatyuralarida o’ziga xos jihatlar ham mavjud.
Bu ularning ikkinchi darajali personajlarini tasvirlash («Himoy va Himoyn bog’da» miniatyurasida bog’da qo’y gushtini kabob qilayotgan xizmatlar), kompozissiyaning barcha qismlari mutanosib bo’lishga erishish, tabiat va inson, tabiat va me’moriy inshoatlar uyg’unligini ko’rsatishga namoyon bo’ladi. Miniatyuralarga voqyeylik shartli tarzda aks ettirilsada, ular hayotning o’zida kabi tasavvur beradi. Akbarning qo’lyozmalardagi miniatyuralar Xitoy rangtasvir ta’siridan xoli ekanligini, kompozissiyasining mukammalligi, makonning bepoyonligi, ranglarning jozibaliligi, boy koloriti bilan diqqatni jalb etadi. Qo’lyozmalarga ishlangan miniatyuralar asarida Hofizi Abroning «Qulyoti tarixi» asariga ishlangan miniatyuralar alohida ajralib turadi.
Ilk Hirot miniatyurasi rivojining keyingi bosqichi 1430 yillarda ishlangan miniatyuralar bilan bog’liq. Xattot Shamsiddin Boysunquriy ko’chirgan «Kalila va Dimna» asoriga 25 ta miniatyura ishlangan. 1431 yilda Xattot Mahmud Nizomiyning «Xamsa»siga ko’chirilgan. Unga 98 ta miniatyura chizilgan. Xattot Jafar Boysunquriy 1429-1430 yillarda ko’chirgan «Shohnoma» ko’pgina miniatyura bilan bezatilgan. Boysung’ur Mirzo kutubxonasida ko’chirilgan «Kalila va Dimna» asariga ishlangan miniatyuralar ranglarining nafisligi, manzaralarning jozibaliligi bilan alohida ajralib turadi. Miniatyuralarda ko’k, yashil, och ko’k, kulrang, kumush rangdan ko’p foydalanilgan. Ularda jonzotlar bilan bir qatorda, hukmdorlarning tabiati qo’ynida dam olishi tasvirlangan. Keyinchalik ushbu shahar sharq saroy miniatyurasida eng keng tarqalgan mavzuga aylangan.
Boysunqur Mirzo saroyi kutubxonasi Xattot, musavvirlari ijodida 1430 yilda Firdavsiyning «Shohnomasi»ga ishlangan miniatyuralar turkumi ham alohida o’rin tutadi. Texrondagi Guliston saroyida saqlanadigan ushbu asar birinchi sahifasidan oxirgi betigacha kitobat san’atining noyob namunasidir. Uni Xattot Mir Zafar Tabriziy Boysunquriy ko’chirgan. Kitob muqovasining nafisligi, sohibalariga yozuvi, rasmlari, naqshlari va albatta miniatyuralarning beqiyos go’zalligi bilan kishini hayratga soladi. Kitobat san’atining bu nodir namunasi keyinchalik xattotlar, musavvirlar, muqovasozlar uchun ibrat namunasiga aylandi.
Qadimiy qo’lyozma Shohning ov qilishi tasvirlangan ikki betli frontispis (kitobining birinchi oldinga betdagi yoki birinchi bet matni yuqorisidagi surat) bilan ochiladi. Ushbu qo’lyozmani bezatishda dostonning eng muhim o’rinlari miniatyuralar uchun mavzu qilib olingan. Ya’ni hukmdorlarning ov qilishi, saroyidagi bazm ziyofati (Kaykosuv, Kayxusravi, Isfandiyor, Anushirvon) pahlavonlarning yakkama – yakka olishuvi, bahodirlarning jangdagi jasurligi (rustam, Zol), lirik sahnalar (Zol, Rudoba) chizilgan. Suratlarda hayvon, odam, daraxt, o’simliklar, turli narsa – buyumlar, pensonajlar turgan makon manzarasi, xususan, tog’ qoyalari ko’rinishi, daraxt yaproqlari, maysalar nafis sizgilar orqali juda jonli chizib berilgan. Qizg’in, kulrang, pistoqi (bargikaram) ranglarni o’zaro uyg’unlashtirish orqali diqqatni birdaniga jalb etadigan manzara yaratilgan.
Umuman, Boysunqur Mirzo davridagi Hirot miniatyurasi har jihatdan – makon, tabiat manzarasi yoki odamlar obrazini gavdalantirishi jihatidan g’oyatda mukammaldir. Ushbu miniatyuralar ushbu davr san’atining yuksak namunasidir.
1540 yillarda ishlangan miniatyuralar ham har jihatdan diqqatga sazovor. Xattot Yusuf al-Jalol 1445-1446 yillarda ko’chirgan Nizomiy «Xamsa»si nusxasiga musavvir Xoja Ali tabriziy ishlagan miniatyuralar xususida xudi shu fikrni aytish mumkin. «Xamsa»ning ushbu qo’lyozmasi Shohruhning o’g’li Muhammad Do’kiyning xotini Ismat at – Dunyo buyurtmasi bilan ishlagan. Firdavsiy «Shohnoma»si Muhammad Jo’kiy buyurtmasi asosida 1440-yillarda ko’chirilib, 31 ta miniatyura bilan bezatilgan. Ushbu nodir qo’lyozma Londondagi kutubxonalardan birida saqlanadi. Miniatyuralar bilan bezatilgan mazkur qo’lyozmalar san’atning bu yo’nalishida temuriylar davriga xos uslub shakllanganini namoyon etadi. Bu uslubning eng muhim jihati kompozisiyadagi barcha qismlar aniq va ravshan uyg’unlik hosil qilgani, voqyelikning nafis chizgilar orqali jonli aks ettirilishida ko’rinadi. Boysung’ur Mirzo kutubxonasida ishlangan miniatyuralarda me’moriy inshootlar ham, odamlar ham, hayvonlar, parrandalar, daraxt, o’simliklar, narsa – buyum, liboslar ham aniq gavdalantirilgan. Ular xudi jonliday, harakatlanayotganday taassurot uyg’otadi. Maysazor, gullagan daraxat, butalar kishini beixtiyor maftun etadi. Miniatyuralarda makon yechimida Eron va Yaqin Sharq miniatyurasiga xos uslub uyg’unlashtirilgan. Eron musavvirlari miniatyurasida makon yassi, Yaqin Sharq musavvirlari rasmlarida esa vertikal bo’ylab ichkariga olib ko’rsatiladi. Boysunqur Mirzo kutubxonasi musavvirlari jaloyirlik musavvirlar uslubini ijodiy boyitish asnosida makonni ko’rsatishda yangicha uslub yaratishga erishdilar. Hirotlik musavvirlar miniatyuralarida makon yuqoriga va ichkariga qarab, kengayib boradi. Unda odamlar va hayvonlar tasviri o’lchami kichraytirilishi hisobiga interyer va eksteryer aniq ko’rsatiladi. Shu tarzda miniatyuralarda makonning kosmoning yechimiga erishiladi. Go’yo musavvir voqyelikni yuksakdan turib tasvirlaganday tuyuladi. Miniatyurada, umuman, rangtasvirda makonni ko’rsatishda rang muhim o’rin tutadi. Temuriylar davrida musavvirlari ranglarning turlicha jilolanishidan foydalangan holda, ixcham makon hosil qilishadi va unga barcha ranglarini to’liq saqlagan holda, keng tabiat manzarasini, katta me’moriy inshootlarni joylashtirishadi. Ular tilla rangda olov, quyoshning butun mohiyatini mujassam etganidan boshqa ranglar uning fonida o’zining butun jilosi bilan ko’rinadi.
XV asr birinchi yarmidagi ilk Hirot miniatyurasi, balki Sharq rangtasviri rivojiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Hirotlik musavvirlar Sheroz, Bag’dod va Tabriz musavvilari erishgan eng muhim yutuqlarni o’z asarlarida yaxlit holda mujassamlashtirishdi. Lekin ularning miniatyuralari obrazni ifodalash, makon yechimi jihatidan g’oyatda o’ziga xos ekanligi tadqiqotlarda alohida ta’kidlanadi.
Ilk Hirot miniatyura rangtasviri mavzusi boy va rang-barang. Temuriylar davri miniatyurachilari tarixga bag’ishlangan asarlarni bezashda yuksak ijod namunalarini yaratishib, tarixiy voqyelikni suratlarda gavdalantirish konsepsiyasi rivojini belgilab berishdi. O’sha davrda tarixiy voqyelarni ko’rsatishda qamal, jang, g’alaba, ziyofat, yakkama – yakka olishuv manzaralari («Zafarnoma», «Majmua at-tavorix») miniatyuralar uchun asosiy obyektga aylandi. Abadiy-badiiy asarlar («Shohnoma», «Xamsa», «Kalila va Dimna», devonlari, dostonlar), diniy mavzudagi asarlar («Me’rojnoma»), ilmiy ishlar, yulduzlar jadvali, shajaralarga suratlar ishlashda ham uladagi eng muhim jihatlarga e’tibor qaratish keng tus solgan.
Temuriylar davrida miniatyurasidagi yangilik unda Shohga sig’inish kompozisiyasi yaratilib, hukmdorning namunaviy obrazi ko’rsatilishi, hukmdorning jang olib borishi, ov qilishi, ko’ngil ochishi, saroydagi bazm ziyofati suratlarning asosiy mavzusiga aylangani bilan belgilanadi. Ularda jannat sarv, gulxayri, turfa mevali daraxtlar o’sgan yam – yashil maysazor, bir – biriga tutashib ketgan marjon g’oyalaridan iborat maskan – Yaratguvchining ilohiy qudrati bilan bunyod etilgan mo’jiza sifatida ko’rsatiladi. Ular jannat tabiati go’zalligi ko’rinishida ekanligi to’g’risida taassurot qoldiradi. Temuriylar davri miniatyuralarida inson obrazini gavdalantirishda, shartlilikni saqlagan holda, hayotiy detallarni aniqroq ifodalashga alohida e’tibor qaratiladi. Avvalgi davr miniatyuralariga sinchiklab qaralsa, kishilar qiyofasi deyarli o’xshash ekanligi, bir xil qiyofalar miniatyuradan miniatyuraga ko’chib yurgani aniq seziladi.
XV asr oxirgi choragi Hirot miniatyurasining yetuk namoyandasi Kamoliddin Behzod ijodi bevosita XV asr birinchi yarmi ilk Harot miniatyura maktabi ravnaqining mantiqiy natijasi bo’ldi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin