MAVZU: BOBUR VA BOBURIYLAR DAVRIDA MOVAROUNNAXR VA XINDISTONDA MADANIY XAYOT.
Reja:
Hindistonda Boburiylar davlatining tashkil topishi.
Boburiylar davrida Hindiston madaniyati.
Zaxiriddin Muxammad Boburning «Boburnoma» asari tarixiy asar.
XV asr oxirlariga kelib temuriyzodalarning o'zaro taxt talashishlari Xuroson va Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Siyosiy tanglik avj olib, madaniy hayot izdan chiqdi. Dehqonchilik, savdo-sotiq va boshqa hududlar bilan bo'Jadigan madaniy aloqalarga putur yetdi. Movarounnahr mayda hokimliklarga bo'linib ketdi. Temuriyzodalar hokimiyatni qo'lga kiritish uchun Dashti Qipchoqda hukmronlik qilayotgan ko'chmanchi o'zbek va mo'g'ul xonlariga murojaat qila boshiadilar. Iqtisodiy va siyosiy tanglik ko'pdan beri Movarounnahrga ko'z olaytirib turgan ko'chmanchi o'zbek xonlari, dastlab Abulxayrxonga. so'ngra uning nabirasi Muhammad Shayboniyxonga qo'l keldi. Abulxayrxon temuriyzoda Abusaidga Samarqand tojini qo'lga kiritishga yordam bergan bo'lsa, Muhammad Shayboniyxon Sulton Ali Mirzoga yordam berish bahonasida uni qatl ettirib. Samarqand taxtini egalladi va Bobur Mirzo kuchlarini maglub etib, Movarounnahming yagona hukmdori bo'lib oldi. 1507-yili Hirot taxtini egallab, yirik Shayboniylar imperiyasiga asos soldi.
Bobur Mirzo 1512-yilda Shoh Ismoil yordamida Samarqandni qo‘lga kiritdi. Ammo bu safar Samarqand aholisi Boburni qo‘llab-quvvatlamadi. Xalq uni bu gal shiddatli hukmdor avlodi, qo‘rqmas sipoh, xalqparvar shoir va mutafakkir avvalgi Bobur Mirzo deb emas, balki Shoh Ismoilning qo‘g‘irchoq gumashtasi, Samarqand sunniy aholisining nazarida mansab, hokimiyat uchun har narsaga tayyor, o‘z elidan, dinidan qaytgan shialar xizmatkori sifatida qabul qiladi. Bunga Bobur Mirzoning yo‘l qo‘ygan xatolari va noto‘g‘ri xatti-harakatlari asosiy sabab bo‘ldi.
Ma’naviy madaniyatimizning ulug‘ vakillari orasida Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar o‘ziga xos munosib o‘ringa ega. Bobur Mirzo va boburiylar Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston, Kashmir va Bangladesh tarixida alohida iz qoldirdilar. Bu avvalo boburiylar qoldirgan buyuk merosdir. Bu meros eng avvalo moddiy madaniyat boyliklari bo‘lsa, ikkinchisi ma’naviy madaniyat durdonalaridir. Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur yaratuvchilik homiysi, fan va madaniyatning jonkuyar himoyachisi bo‘lgan. Uning shiori insoniyatga yaxshilik qilish va ezgulikdan iborat bo‘lgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Amir Temurning o‘g‘li MironShoh nabirasi – Abusaid Mirzoning o‘g‘li Umarshayx oilasida tavallud topdi. Bir falokat yuz berib, Umarshayx vafot etadi. Endi 11 yoshga to‘lgan Bobur Farg‘ona viloyatining hokimi bo‘ladi. Uzoq taxt talashlardan keyin SHayboniyxon tazyiqi ostida 1504 yili u atrofidagi kam sonli askarlari bilan Kobulga borib o‘rnashadi va u erda 22 yil hukmronlik qiladi.
XVI asrning birinchi choragida Hindistonda IbrohimShoh Lo‘diy hukmronlik qilayotgan yillarda davlat ichida nizolar boshlanib, Shohga qarshi harakatlar kuchaydi. Uning amirlaridan Davlatxon Lo‘diy va A’lamxon Lo‘diy IbrohimShohga qarshi kurashda Boburni yordamga chaqiradilar. Bobur Hindistonga yurish rejalarini tuzadi, birinchi navbatda Panjob viloyatini ishg‘ol qilishni mo‘ljallaydi. Zero, u Panjobni ulug‘ bobosi Amir Temurdan qolgan meros deb hisoblardi.
Bobur Qobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi yurishda, ya’ni 1526 yil 21 aprelda mashhur Panipat jangi bo‘ladi. Bu jang Dehli hukmdori Ibrohim Lo‘diy bilan bo‘lib o‘tadi. Lo‘diyning yuz mingga yaqin qo‘shini va mingga yaqin jangari fillari bor edi. Boburiy esa o‘n-o‘n ikki ming askarga ega edi. Bu jangda Bobur yangicha harbiy san’at – “to‘lg‘ama” usulini qo‘llaydi. Etuk sarkardaning ko‘p janglarda orttirgan harbiy tajribasi sulton Ibrohimning tartibsiz ko‘p sonli qo‘shinini ustidan g‘alaba qozonishiga sabab bo‘ladi. Bobur bu jang natijasida Shimoliy Hindistonni Dehli va Agra shaharlari bilan qo‘lga kiritadi va u erda hukmronligini o‘rnatadi. SHundan so‘ng Bobur Shimoliy Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonda o‘z hukmini joriy etib, boburiylar sulolasiga va boburiylar isperiyasiga asos soladi. 1526 yil 27 aprel kuni Dehlida Bobur podShoh nomiga xutba o‘qiladi. Bu davrda Hindistonda Maxaraja Krishna Devarayya vafotidan so‘ng mamlakatda uning ukasi A’yuta Krishnadevarayya (1530-1542 yy.) va a’yonlardan Rama Rayya orasida nizolar boshlandi. A’yuta o‘limidan so‘ng amalda davlatni Rama Rayya boshqardi. Bijonagarga qarshi Dekan sultonlari birlashib, 1565 yilda Tolikot yaqinidagi jangda Rama Rayyani mag‘lub etdilar. Shundan so‘ng Bijonagarning parchalanishi boshlandi. Imperiyaning sobiq vassallari mustaqil bo‘ldilar. Bu zaminda yangi xonlik – Maysur davlati paydo bo‘ldi.
Boburning o‘sha vaqtdagi yana bir kuchli raqibi Movar hokimi Rana Sanga (yoki Sangram Sinx) o‘z qo‘li ostiga deyarli barcha rajput xonliklarini birlashtirib, Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilish niyatida edi. Zo‘r jangovarlik tajribaga ega bo‘lgan Rana Kanga dushmanlari bilan olib borgan janglarda bir ko‘zidan, bir qo‘lidan ajralgandi. Uning oyog‘iga zambarakdan otilgan yadro tegib singanligi sababli oqsoqlanardi. Bundan tashqari gavdasining turli joylarida qilich va nayzadan 80 ta yara izi qolgandi. Bobur Kobulda bo‘lganida Rana Sanga unga kishi yuborib, “Agar hukmdor Dehli viloyatiga kelgudek bo‘lsalar, men Agraga ketaman” degan. Biroq Bobur Ibrohim Lo‘diyni engib, Dehli va Agrani olgach, Rana Sanga unga qarshi chiqadi (1527 y.), Kandar qal’asini qamal qiladi va uni egallaydi. Bobur bilan Rana Sanga o‘rtasidagi hal qiluvchi jang 1527 yili 13 martda ro‘y berdi. Boburning jangda qo‘llagan “to‘lg‘ama” usuli (dushman hujumiga to‘sqinlik qilish maqsadida aravalarni zanjirlar bilan bir-biriga bog‘lash) hamda artilleriya jang taqdirini hal qildi. Rana Sanga qattiq yaralandi. Jang Boburning to‘la g‘alabasi bilan yakunlandi Alam dog‘iga chiday olmagan Rana Sanga bir yildan so‘ng jon taslim qildi.
1529 yil 1 mayda Bobur armiyasi Gang daryosini kechib o‘tib, Gagra daryosiga yaqinlashdi. Afg‘onlar va bengallarga qarshi 6 mayda bo‘lgan jangda Bobur Hindistonda uchinchi marta katta g‘alabaga erishib, Shimoliy Hindistonni o‘z tassarufiga o‘tkazdi. SHundan so‘ng Boburiy Shimoliy Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonda o‘z hukmini joriy etib, boburiylar sulolasiga va boburiylar imperiyasiga asos soldi. 1526 yil 27 aprel kuni Dehlida Bobur podShoh nomiga xutba o‘qildi. Evropa tarixida bu davlat Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi deb ataldi va hozirgi kungacha Shunday deb yuritilmoqda. Bobur bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan mayda mustaqil xonliklar (rojalar)ni sekin-asta qurol va muzokara yo‘li bilan birlashtirib, to umrining oxirigacha, ya’ni 1530 yilgacha markazlashgan yirik davlatni vujudga keltiradi.
Bobur 1530 yil 25 dekabrda 48 yoshida vafot etadi. Javoharlal Neru “Hindistonning kashf etilishi” nomli asarida Boburga baho berib, Shunday yozadi: “Bobur hukmdor, dovyurak, serg‘ayrat va epchil inson. U hayot nafosatidan lazzatlana bilgan”. “Bobur Hindistonga kelishi bilan u erda yangi davr va yangi saltanat boshlandi, mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining shuhrati butun Osiyo va Evropa bo‘ylab tarqaldi,” - deb yozadi. Muallif Bobur haqida gapirarkan uni diniy jaholatdan xoli hukmdor bo‘lganligi va hindistonliklarning milliy urf-odatlari, rasm rusumlarini barbod qilmaganligini alohida ta’kidlaydi. Bobur dovyurak shaxs bo‘lganligini eslatib Neru uning ham jang maydonida, ham she’riyat maydonida bab-baravar javlon urgani haqida hayrat bilan yozadi. Ingliz olimi Uilyam Erskin Boburga baho berarkan, “Biz Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari zukko va iste’dodli kishilarni kamdan kam uchratamiz. Undagi aqlning aktiv faoliyati, xushchaqchaqlik, sovuqqonlik, bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podShohlar orasida kamdan-kam uchraydigan sahiyligi, mardligi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishi jihatidan olib qaraganda Osiyodagi podShohlar orasida Boburga teng keladigan birorta ham podShoh topa olmaymiz” deb yozadi. Muallif ta’kidlaganidek, Bobur SHarq mamlakatlari taxtiga yarashib tushgan hukmdorlarning yorqin namoyandalaridan biridir. Uning shaxsi olijanob inson va ulug‘ Shohga mansub bo‘lgan fazilatlaridan tarkib topgan. U jasur va tadbirkor hamda shijoatli sarkarda bo‘lib, kishilarni o‘z ortidan ergashtira oladigan tashkilotchi lashkarboshi edi.
XIX asr ingliz olimi Eduard Xolden Bobur haqida quyidagi so‘zlarni yozib qoldirgan: “Bobur, olijanoblikka xos qanday xislatlar mavjud bo‘lsa, ularning barchasini egallagan. Agra vaqt va sharoitning xilma-xilligi nazarga olinsa, u paytda Bobur lashkarboshi, ma’mur va adabiyotchi sifatida Sezar bilan bir qatorda turishga arziydigan shaxs bo‘lib ko‘rinadi. Bobur sevishga arziydigan xarakterdir”.
Yirik rus sharqshunosi S.P.Tolstov ham Bobur haqida Shunday satrlarni yozgan: “Farg‘onalik Zahriddin Muhammad Bobur – Sharqda uyg‘onish davrining eng atoqli siyosiy va madaniy arboblaridan biridir”. Boburning merosi xilma-xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bo‘lgan, musiqa ilmi, she’riy uslub hamda harbiy san’at haqida ilmiy risolalar yozgan.
Hindistondagi Bobur asos solgan sulola 332 yil hukm suradi. Bu yillar Hindiston uchun katta inqilobiy o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Hindistonning yirik davlat va siyosiy arbobi hamda tarixchi olimi Javoharlal Neruning ta’rificha, bu yillar zo‘r qudrat, shon-shuhrat yillari bo‘ldi. Bu esa mamlakatda, birinchidan, o‘zaro nizolar va qonli urushlar ro‘y berib turgan vaqtda mayda mustaqil xonliklarga barham berdi, asta-sekin markazlashgan davlat paydo bo‘ldi. Ikkinchidan, markazlashgan aloqalarning rivojlanishiga imkon yaratib berdi. Tinchlik tufayli moddiy va madaniy hayot taraqqiy etib, betakror obidalar, qadriyatlar yaratildi. Uchinchidan, hind xalqining xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari va hamkorligi keng ko‘lamda rivoj topdi.
Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, Hindistondagi boburiylar davlati g‘arb tarixiy adabiyotida “Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi” deb noto‘g‘ri atalib kelinmoqda. “Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi” atamasi XVI asr oxirlarida Akbarshoh hukmronlik qilgan davrda Evropa tarixchilari tomonidan iste’molga kirgizildi. Natijada jiddiy va prinsipial xatoga yo‘l qo‘yildi. To‘g‘ri, temuriylar avlodidan bir-ikki vakil chingizlar bilan nikoh munosabatlarini o‘rnatgani haqida ma’lumotlar mavjud. Hind olimlari Bobur otasi tomonidan Temurga va ona tomonidan Chingizxon avlodi bilan tutashib ketadi, deb ta’kidlaydilar. Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonim mo‘g‘ul xoni – Yunusxonning qizi edi. U mo‘g‘ullar Movarounnahrda yashab kelayotgan, islom dinini qabul qilgan turk qavmidan edi. Shu bois g‘arb olimlari boburiylarni noo‘rin “mo‘g‘ullar” deb atagan bo‘lishlari mumkin. Aslini olganda Bobur bevosita temuriylardan bo‘lib, u Sohibqironning beshinchi avlodidir. Bobur avlodlarini “boburiylar” va u Hindistonda asos solgan davlatni “boburiylar imperiyasi” deb haqiqatni tiklash payti keldi, albatta.
Bobur oqil, ziyrak, tadbirkor va jasur inson bo‘lishi bilan birga o‘z zamonining iste’dodli davlat arbobi, salohiyatli sarkarda, hassos shoir, iste’dodli adib, adabiyot va san’atning qadrini ulug‘lovchi hamda ilmu fan ravnaqi uchun qayg‘urgan buyuk donishmand alloma bo‘lgan. “Bobur” ismining lug‘aviy ma’nosi “yo‘lbars”dir. Uning jismiga monand bo‘lib, sherdek kuchli, dovyurak, abjir va epchil bo‘lgan. U shunchalik chapdast bo‘lganki, ikki qo‘ltig‘iga ikki odamni olib, qal’a devori ustidan yugurib mashq qilgan. Har qanday xavf-xatar va qiyinchilikarni pisand qilmagan. Barcha mushkul masalalarni vazminlik bilan hal qilgan.
Hind olimi L.P. Sharma Bobur shaxsini tavsiflab, “U sahiy, olijanob, mard, maftunkor, sevimli va juda madaniyatli kishi edi... U kishi qalbini va vaziyatni darhol anglab olardi. Musiqaga va bog‘ yaratishga juda ishqiboz edi. Hindistonda juda ko‘p inshootlarni barpo etgan”, - deb yozadi. Ingliz sharqshunosi Leyn Paul “Bobur Sharq tarixidagi eng maftunkor shaxs”, - deb ta’riflaydi.
Bobur inqirozga yuz tutgan temuriylar davlatini saqlab qolish va mustahkamlash, O‘rta Osiyoda markazlashgan yirik davlat vujudga keltirish uchun uzoq va qattiq kurash olib bordi. Biroq tarixiy sharoit bunga imkon bermagan, u Afg‘onistonni, keyinchalik esa Hindistonni egallab, katta imperiyani vujudga keltirdi. Boburiylar sulolasi Hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahkamlash, madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rol o‘ynadi.
Dostları ilə paylaş: |