O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə28/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

JAHONGIRSHOH (1605-1627)
Akbarshoh to‘ng‘ich o‘g‘li Salimni hind rojalaridan birining qiziga uylantirib qo‘yib, Allohobodga hokim qilib tayinlaydi. Salimni otasiga nisbatan bo‘lgan sovuqqonligi Akbarshoh Dekanda urush olib borayotganida unga qarshi chiqishiga undaydi. Lekin bu uzoq davom etmaydi, chunki ukalari Murod va Doniyol Dekanda vafot etadi. Salim esa yakkab-yagona taxt vorisi bo‘lib qoladi. Bu orada Salimning katta o‘g‘li Xusrav o‘z otasining raqibiga aylanadi. Otasi va buvasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar davom etayotgan bir paytda Xusrav buvasidan keyin taxtga o‘tirishni orzu qilib yurardi.
1601 yilda Ollohobodga hokim qilib tayinlangan shahzoda Salim otasi Akbarshohga qarshi bosh ko‘taradi. 1603 yilda ota-bola yarashadilar. Salim yana Ollohobodga hokim qilib tayinlanadi. Ayni shu paytda Akbarshoh saroyida guruhbozlik kuchayadi. Akbarshoh o‘z farzandlari va ishongan beklaridan fisqi-fasodlar ko‘rgach, juda qattiq iztirob chekadi va kasal bo‘lib, 1605 yil 17 oktyabrda 64 yoshida vafot etadi.
Akbarshoh o‘z o‘limi oldidan saroy a’yonlarini chorlab, shahzoda Salimga shohlik kiyimini kiydiradi va boshiga salla o‘ratib, beliga o‘zining xos xanjarini taqib qo‘yadi. Bu bilan Akbarshoh saroy a’yonlariga mendan keyin taxt sohibi faqat shahzoda Salimdir, degan ma’noni bildiradi. 1605 yil 17 oktyabrda shahzoda Salim Agra shahrida taxtga o‘tiradi va Nuriddin Muhammad Jahongirshoh podshoh nomini oladi. JahongirShohning hukmronlik davri deyarli otasi Akbarshoh siyosatining davomidir. U Shimoliy va janubiy Hindistonda otasi olib borgan tashqi siyosatni davom ettiradi. 1615 yilda Mevar viloyatini imperiyaga qo‘shib oladi.
Boburiylar imperiyasining sharqiy qismida joylashgan Bengaliyada doimo g‘alayonlar bo‘lib turardi. Bu erda afg‘on mustaqil zodagonlari markaziy hukumatga qarshi isyon ko‘tarib turardilar. 1612 yil 12 martda Jahongirshoh Bengaliyani egallab oladi. Jahongirshohning eng muhim yutuqlaridan biri deyarli olib bo‘lmaydigan tog‘dagi Nagarkot qo‘rg‘onini imperiyaga qo‘shib olgani bo‘ldi. Bu istehkom 1620 yilda uzoq qamaldan so‘ng qo‘lga kiritildi. Jahongirshoh Dekan viloyatlarida maratxlarga qarshi kurash olib bordi. U Dekandagi hukmron doiralarga qarshi shahzoda Hurram boshchiligida qo‘shin yubordi. Dekanda asl kelib chiqishi xabashistonlik Malik Ambar ismli sarkarda rahnomalik qilgan. Sarkarda o‘zining o‘tkir zehn va aql-idroki, harbiy salohiyati tufayli JahongirShoh qo‘shinlariga bir necha marta zarba etkazdi. 1623 yilda Malik Ambar Bijopurni qamal qildi. JahongirShohning uchinchi o‘g‘li shahzoda Hurram o‘z otasiga qarshi bosh ko‘taradi va Malik Ambarga kelib qo‘shilib, Burxonpurni qamal qiladi. Jahongirshoh tezlikda ikkinchi o‘g‘li shahzoda Parvez va amir Mahobatxonni shahzoda Hurramga qarshi yuboradi. Jangda Hurram taslim bo‘ladi. Malik Ambar esa orqaga chekinadi. 1626 yilda Malik Ambar vafot etadi. Ana shundan so‘ng, Jahongir qo‘shinlari Dekanning Akbarshoh davridagi qisminigina qo‘lga kiritadilar.
Jahongirshoh hind-musulmon ijtimoiy birligini yanada mustahkamlash yo‘lida qator muhim tadbirlarni amalga oshiradi. U Qur’on karimni hindistoniy tiliga tarjima qilishni buyurgan. Hindlar orasida asrlar osha hukm surib kelayotgan ba’zi bir zararli urf-odatlarni bekor qilish to‘g‘risida farmonlar chiqardi. Bengaliya viloyatida esa soliqni to‘lay olmagan kishilarning norasida farzandlarini (go‘daklar “hojasaro” (mahram) deb atalgan) tortib olish joriy etilgan bo‘lib, JahongirShoh bu xususda “Bundan buyon hech kim bu qabih ish bilan shug‘ullanmasin, norasida hojasarolarni xarid etish va sotish man etilsin”, deb farmon chiqardi.
XVIII asrda Hindistonda muomalada bo‘lgan pullar oltin, kumush va jezdan (bronza) zarb etilgan. Oltin va kumush tangalar rupiya deyilgan. JahongirShoh o‘zining sevimli xotini Nurjahon begim sharafiga “Nurjahoniy” oltin tangasini zarb ettirgan. Shuningdek “Nuri Shohiy”, “Nuri sultoniy”, “Nuri karam” (“Iltifot nuri”), “Nuri mehr”, “Jahongiriy” tangalarini chiqargan.
1626 yil oktyabrda shahzoda Parvez to‘satdan vafot etadi. 1627 yilda Jahongirshoh Kashmirga sayohat qiladi va shu yilning oktyabrida sayohatdan qaytayotganda yo‘lda vafot etadi. Bu xabarni eshitgan shahzoda Hurram taxtni egallash uchun Dekandan Agraga yo‘l oladi. 1628 yil fevralida u hech qanday qarshiliksiz taxtga o‘tiradi va o‘zini Shoh Jahon nomi bilan atashni buyuradi.
Shoh Jahon saltanat tepasiga kelganda, imperiya iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha kuchsizlanib qolgan edi. Shoh Jahon oldida tarqalib ketish xavfi tug‘ilayotgan imperiyani saqlab qolishdek ulkan vazifa turar edi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin