Me'morlik va musiqa madaniyati Shayboniylar davrida nafaqat hukmdorlar, balki o'z davrining ko'zga ko'ringan va katta moddiy imkoniyatga ega bo'lgan shaxslari ham ko'plab me'moriy yodgorliklar qurganlar. Bu davrda Samarqandda Muhammad Shayboniyxon qurdirgan Xoniya, Abu Said nomli madrasalar. Buxoroda shahar devonining ta'mirlanishi, Mir Arab (Ubaydullaxon qurdirgan), Abdullaxon, Modarixon (Abdullaxon o'z onasiga atab qurdirgan). Govkushon, Fatxulla Qushbegi, Muhammad Xoja Porso, Juybor, Ko'kaldosh, Qulbobo madrasalari, Kalon, Xoja Zayniddin, Baland, Chor Bakr, Abdullaxon masjidlari, toqi Sarrafon, toqi Zargaron, toqi Urdfurushon, toqi Tirgaron, toqi Telpakfurushon kabi beshta toqilar, Abdullaxon timi, Toshkentda Ko'kaldosh va Baroqxon madrasalari, Kaffoli Shoshiy maqbarasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi, Balxda Abdullaxon va Quibobo Ko'kaldosh madrasalari hamda boshqa me'moriy yodgorliklar qurilgan.
Ashtarxoniylar davri ham ko'plab me'moriy yodgorliklarning bunyod etilganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Buxoroda Abdulazizxon, Ubayduhaxon madrasalari, Boqi Muhammad va Ubaydullaxon masjidlari, Subhonqulixon qurdirgan kasalxona, madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon madrasalari, qator chorbog'lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi gumbaz va boshqa binolar barpo etiladi. Albatta, Ashtarxoniylar davrida ham o'ziga to'q kishilar, amirlar, amaldorlar ham o'zlarining mablag'lariga ko'plab me'moriy yodgorliklar qurdirganlar. Masalan, XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, Xojamberdi, Sherg'ozixon madrasalari qurilgan bo'lsa, Buxoroda Poyandibiy otaliq masjidi, Shodimbek, Nazrdevonbegi madrasalari, Bozori Gusfand madrasasi, Samarqandda Amir Yalangto'shbiy tomonidan Registon maydonida Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilgan.
Bunday ulug'vor va hashamatli binolar hukmdorning qudratidan dalolat berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul yo'li ekanligini anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy hukmdorlar bir tomondan nafaqat Buxoro, balki o'zlari bosib olgan boshqa shaharlarda ham ko'plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar qurdirgan bo'lsalar, ikkinchi tomondan, o'zidan oldin yetti iqlimni bo'ysundirib o'zining qudratini namoyish qilgan Amir Temurga g'ayrlik bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng hashamatli va ulug'vorlikda boshqa me'moriy yodgorliklardan ustun bo'lgan «Oqsaroy»ni vayron qilishga harakat qilganlar «Oqsaroy»ni XVI asrdayoq Shayboniylar xonadoniga mansub yangi hukmdorlar nafaqat a'lo sifatli g'ishti uchun, balki saroy bunyodkorining ulug'vor xotirasini unittirish uchun ham buzib tashladilar.
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy hayotda adabiy-badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom etdi. Lekin hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mutanosiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga, ayniqsa, aniq fanlar taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek diniy mutaassiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatgan. Natijada moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish oldingi davrlar – ilk Uyg'onish va temuriyiar davriga nisbatan birmuncha sust rivojlangan. Aholining ilm-fanga boigan qizikishi ham, ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya borgan.
Bu davr madaniyatining xarakterli xususiyati o'zligini anglashga bo'lgan intilishning kuchaya borganligi bilan xarakterlanadi. Natijada tarix fani taraqqiy etdi, hukmdorlarning nomlarini abadiylashtirishga bo'lgan intilishlari esa me'morchilikning rivojiga olib keldi.