O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018


Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə34/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji
Bu davr madaniyatining xarakterli jihatlaridan biri o'tmish falsafiy merosini o'rganish, ilmiy-tabiiy bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish bilan cheklanganlik, falsafa va adabiyot orqali insonparvarlik g'oyalarini ilgari surish bo'lgan. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati tarixnavislik fanining rivojlanganligidir. Buning boisi, birinchidan, millatning shakllanish jarayoni, milliy o'zlikni anglashga, ikkinchidan, o'zi mansub bo'lgan xalq, elat yoki urug'ning kelib chiqishi, ularning til, e'tiqod, ruhiyat birligi, xalq tarixida ro'y bergan hodisalarni yoritishga bo'lgan intilishning kuchaya borishi, boshqa urug'lar, elatlar bilan aloqasi va boshqa jihatlarini bilishga, uchinchidan. milliy ong, milliy g'urur va millatparvarlikning shakllana borishi natijasidir. XVI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda yashayotgan turli xalqlar, elatlar va uruglarning tarixini yorituvchi asarlar yaratish an'anaga aylana bordi. Masalan, Shayboniylar davrida tarixga oid quyidagi asarlar vujudga keldi. Muallifi noma'lum bo'lgan «Tavorixi go'zidayi Nusratnoma», Mulla Shodiyning «Fathnoma», Binoiy va Muhammad Solihlarning «Shayboniynoma»lari, Abdulloh Nasrullohiyning «Zubdat al-ason, Fayzulloh Ro'zbixonning «Mehmonnomai Buxoro», Zayniddin Vosifiyning «Badoye' ul-vaqoye'», Hofizi Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» va boshqa asarlari yozildi.
Ashtarxoniy hukmdorlardan Subhonqulixon davrida fan taraqqiyotida ozgina bo'lsa-da siljish ro'y berdi. Masalan, Mulla Tursun Faroziy, Mulla Ne'mat Samarqandiylar matematika, astronomiya va geometriya bo'yicha, Abdulla Ofarinketiy, Ali Buxoriy, Mulla Rahmat Samarqandiylar musiqashunoslik bo'yicha faoliyat ko'rsatdilar.
Subhonqulixon 1697-yilda Buxoroda 18 hujrali «Dorush-shifo» nomli madrasa-kasalxona qurdirdi. Bu maskan qoshida tashxisxona, dorixona, kutubxona va boshqa yordamchi binolar mavjud bo’lgan. «Dorush-shifo» xarajatlariga vaqf mulklaridan keladigan 40 ming tanga ajratilgan. Subhonqulixon o'z saroyiga tabiblarni yig'ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar tashkil etib turgan. Bu anjumanlarda o'sha davrda keng tarqalgan kasalliklar va ulami bartaraf etish yo'llari, tabobatga oid yangiliklar tinglangan. Subhonqulixonning o'zi tabobatga oid ikkita asar yozgan. Bu asarlar o'zbek tilida yozilgan bo'tib, ularning birinchisi «Subhon tibbiyoti» deb nomlangan va unda turli xil kasalliklarni aniqlash hamda davolash yo'llari tushunarli tarzda tasvirlab berilgan. Ikkinchi asari 8 qismdan iborat bo'lib, «Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti» deb yuritilgan. Asarning har bir qismida dorilarning sifatli tayyorlanishi va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan. Uning o'zi bu xususda Shunday deb yozadi: «O'tmishdagi tabiblar bizga arab va fors tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar. Men turk (o'zbek) tilida yozilgan tibbiy kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors tilida yozilgan kitoblardan foydalana olmaydi. Shuning uchun men o'z kitoblarimni turk (o'zbek) tilida yozdimki, undan o'zimizning odamlar foydalansinlar».
Xullas, bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turli xil etnik guruhlarning kelib chiqishi, tili, urf-odatlari, moddiy hayot shart-sharoitlari hamda taxt tepasida turgan hukmdorlar sulolalari, ulaming davlat tepasiga kelishi, zafarli yurishlari va taqdiri haqidagi turli xil tarixiy asarlar yuzaga keldi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin