O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fanidan O’quv-uslubiy majmua namangan – 2018


Xiva xonligida tarixnavislik, adabiyot



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə42/70
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152439
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Мa`ruza matnlari-fayllar.org

Xiva xonligida tarixnavislik, adabiyot.


  • Muhammad Rahimxon II davrida Xiva xonligida madaniy hayot.


  • Xiva xonligida XIX asr yangiliklari: yangi usul va rus-tuzem maktablari, litografiya va kinofotografiya.

    Xorazm o‘lkasi Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos o‘ringa ega markazlardan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda esa “Xiva yurtimiznigina ziynati bo‘lib qolmay, umumbashariy sivilizatsiya uchun ham xizmat qilgan” o‘lkalardan biri sanaladi. Shu sababli ham Xorazm vohasi, xususan, Xiva xonligi madrasalarida ilm-fan cho‘qqilarini zabt etgan, mana shu ziyo va bilim maskanlarida ta’lim olgan olim-mutafakkirlar, din peshvolari, nafaqat, O‘zbekiston va O‘rta Osiyo tarixida, dunyoning uzoq-uzoq yurtlarida ham o‘z mo‘tabar nomlarini, o‘chmas izlarini qoldirganlar. Jumladan, Pahlavon Mahmud, Sulton Vays, Nosiriddin Rabg‘uziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Bahouddin Valad va uning buyuk farzandi Jaloliddin Rumiy, Abulqosim Ali Xorazmiy, Ismoil Jurjoniy, Sirojiddin Sakkokiy, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Safo Mug‘anniy, Chokar, Sheroziy, Hojixon, Bola baxshi kabi o‘nlab va yuzlab allomalar, shoirlar va san’atkorlar ana shu yurt ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shganlar. Xiva zaminidagi bunday buyuk kishilarni yetishib chiqishi va ularning ulkan madaniy yutuqlariga erishishida Xiva hukmdorlarining ham o‘rni alohida ahamiyatga egadir. Prezidentimiz bu haqida Xiva xonlaridan Abulg‘oziy Bahodirxon, Muhammad Rahimxon (Feruz) va boshqalarning fozil insonlar, ma’rifatli va yetuk siymolar bo‘lganliklarini alohida ta’kidlab o‘tadi.



    Xiva xonligi Amudaryoning quyi oqimidagi qadimiy Xorazm voxasida 16-asr boshlarida shakllangan feodal davlat bo‘lib, 17-asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. Temuriylar davlati tarkibiga kirgan Xorazm voxasi 1505 yilda SHayboniyxon tomonidan bosib olingan bo‘lsa, 1510-12 yillarda Eron Shohi Ismoil Safaviy davlati tarkibiga qo‘shib olindi. Lekin Xorazmda eronliklarga qarshi kuchli xalq harakati ko‘tariladi. Xorazmning obro‘li shayxlari Dashti qipchoqlik o‘zbeklar yo‘lboshchisi Elbarsxonga Xorazm taxtini taklif qiladilar. Elbarsxon qo‘shinlari qisqa muddatda eronliklarni Xorazm voxasidan quvib chiqaradi. Elbarsxon (1712-1781) Xorazm poytaxti hisoblangan Urganch shahrini qo‘lga kiritib 1512 yilda amalda xonlikka asos soladi.
    16-asrning 70-yillarida Xorazm poytaxti Urganchdan Xivaga ko‘chiriladi. Poytaxt Xivaga ko‘chirilganidan so‘ng bu davlat poytaxt nomi bilan Xiva xonligi deb atala boshlagan. Xiva xonligida davlat tili o‘zbek tili bo‘lib, Buxoro va Qo‘qon davlatlaridan farqli ravishda bu erda ikki tillilik hukmron emas edi. Barcha farmonlar, davlat ishlari, hujjatlar o‘zbek tilida yozilar edi. Xiva xonligi ma’muriy jihatdan 16-18 asrlarda viloyatlarga bo‘lingan bo‘lsa, 18 asr oxiri – 19 asr boshlaridan boshlab davlatdagi asosiy ma’muriy birlik bekliklar deb yuritila boshladi. Bu davrda xonlikda 16 ta beklik va 2 ta noiblik mavjud edi. Ular: Xazorasp, Gurlan, Xonqa, Ko‘xna Urganch, Qo‘shko‘prik, Pitnak, G‘azovot, Qiyot, Shobboz, Shovot, Toshxovuz, Ambarmanak, Urganch, Xo‘jayli, Sho‘manoy, Qo‘ng‘irot bekliklari va Beshariq, Qiyot-qo‘ng‘irot noibliklaridir. Bu bekliklar va noibliklarni xon tayinlaydigan beklar va noiblar boshqarar edi. Xiva shahri esa xon va bosh vazir (inoq)ning izmida bo‘lgan. Umuman, Xiva xonligi ma’muriy jihatdan xozirgi Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Qozog‘iston va Turkmaniston respublikalarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi. Xonlikda o‘troq dehqonchilik tumanlarida asosan o‘zbeklar yashar edi va ular ko‘pchilikni tashkil qilgan. Shuningdek xonlik hududlarida turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va kam miqdorda tojiklar, eronliklar, yaxudiylar, armanlar ham istiqomat qilganlar.
    Xiva xonligi madaniyati ko‘pgina o‘ziga xosliklarga ega. Bu adabiyot, tarixnavislik, me’mochilik va madaniyatning boshqa sohalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xiva xonligida ham asosiy ilm dargohlari madrasalar edi. Quyi ta’lim, ya’ni boshlang‘ich maktablarda savodini chiqargan kishilar xonlik poytaxti Xivadagi madrasalarda, Shuningdek Buxoro madrasalarida o‘qib ta’lim olardilar. Manbalarning guvohlik berishicha, 19-asrda xonlikda 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa bo‘lgan. Xususan, Xivada 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Raxmonberdiboy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz Devonbegi madrasalari katta mavqega ega edi.
    Xorazm madaniyatining eng rivojlangan davri 19-asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrda adabiyot, tarixnavislik va xattotlik, musiqa san’ati, me’morchilik va madaniyatning boshqa sohalarida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Adabiyot sohasida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) badiiy merosi katta o‘rin tutadi. Shuningdek shoir, musiqashunos, xattot va taniqli naqqosh Komil Xorazmiy (1825-1899) o‘z o‘rniga egadir. Xorazm muhitida yaratilgan tarixiy asarlar orasida Abulg‘ozixonning “Shajarayi turk” asari etakchi o‘rin egallaydi. Ogahiy tomonidan yaratilgan “Zubdat ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”, “Jomiy’ ul-voqeoti sultoniy” kabi tarixiy asarlar ham Xorazm tarixnavislik maktabining nodir namunalaridir. Xiva xonligining tarixiga bag‘ishlangan asarlar ichida Muhammad Yusuf Bayoniy (1859-1923) ning “SHajarayi XoramShohiy” asari katta o‘rin tutadi.
    Xiva olimlari va tarixchilari o’z asarlarini yangi o’zbek tilida yozib, tarixshunoslikka katta hissa qo’shganlar. Xiva xonligida doston kuylovchilar-bahshilar ko’p bo’lgan. Xonlikda ayol ashulachilar ham bo’lgan. Ularning ko’pi faqat ashula aytish bilan bilan cheklanmay, san’atning boshqa turlaridan ham xabardor bo’lishgan. Bunday ayollar xonlikda xalfalar nomi bilan atalgan, Ularning bu nomlari arabchadan olingan bo’lib, ergashmoq, o’rnini bosmoq ma’nolarini bildirgan.
    Xiva xonligidagi me’morchilik avvalo shaharlar rivoji bilan bog‘liq ravishda taraqqiy etib bordi. Xiva eng katta shahar bo‘lib, u 3 qismdan: xon qarorgohi, saroy (Ichonqal’a, Dishonqal’a), bevosita shahar va shahar atrofi – rabotdan iborat edi. Shaharda 19-asr boshlarida 22 ta madrasa, 17 ta masjid, bir necha karvonsaroy, hammom va yopiq bozorlar mavjud bo‘lgan. Xazorasp, Gurlan, Urganch, Toshxovuz, Vazir, Shohabbos, Xonqa, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot kabi o‘rta kattalikdagi shaharlar, Pitnak, G‘azovot, Mang‘it va boshqa kichik shaharlar bor edi. Xorazm O‘rta Osiyoda o‘ziga xos uslubga, o‘z me’morchilik maktabiga ega bo‘lgan vohadir. Buni Xivada va xonlikning boshqa shaharlarida 16-19-asrlarda qurilgan ko‘plab inshootlarida ko‘ramiz. Xivadagi me’moriy obidalar ichida 1616 yilda barpo etilgan Arab Muhammad madrasasi, Anushaxon tomonidan qurilgan masjid va hammomlarni (17-asr oxiri), 1719 yilda qurilgan Sherg‘ozixon madrasasini va boshqa binolarni misol qilish mumkin. Ular Xiva me’morchilik maktabining birinchi davriga xosdir.
    Xorazm O’rta Osiyoda o’ziga xos uslublarga boy bo’lgan mehmorchilik maktabiga ega voha hisoblanadi. Bu hududda paydo bo’lgan mehmoriy inshootlar nafis bezaklari, jimjimador naqshlari bilan Xorazm mehmorchilik maktabining o’ziga hosligini ko’rsatib turadi. XVIII- XIX asrlarda Xiva xonligida ko’plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida ko’plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi mehmoriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qalhada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo’lgan Dishan (tashqi) qalha ham nodir mehmorchilik namunasi hisoblanadi. Xonlikdagi boshqa shaharlar – Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xo’jayli, Qo’ng’irot kabilar mudofaa devorlari bilan o’rab olinib, ularda ham ko’plab mehmoriy inshootlar bunyod etilgan.
    Xiva me’morchiligining eng rivojlangan davri 19-asrga to‘g‘ri keladi. Bu davr inshootlari ichida Eltuzarxon tomonidan 19-asr boshlarida qurilgan Ko‘rinishxona binosini, Olloqulixon davrida qurilgan Toshxovlini (1832), Said biy masjidini (1835), madrasani, karvonsaroy va bozorni, Muhammad Raxim birinchi davrida barpo etilgan Polvon darvozani, Muhammad Aminxon madrasasini, Polvon ota masjidini (1811) va boshqa inshootlarni aytib o‘tish mumkin.



    Yüklə 0,77 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin